Kovalent bog'lanish nazariyasi Lyuis nazariyasiga muvofiq kovalent bog'lanish hosil bo'lganida o'zaro birikuvchi atomlar orasida umumlashgan elektron juftlar hosil bo'ladi. Koordina- sion kovalent bog'lanishda esa, elektron juftlar reaksiyadan oldin o'zaro birikuvchi zarrachalarning birida bo'ladi, keyin keyin umumiy bo'lib qoladi (donor-akseptor bog'lanish). Masalan, ammiak kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda ammiakning azot atomidagi elektron jufti vodorod ioni bilan ammiak o'rtasida umumiy bo'lib qoladi. NH4+ dagi barcha N-H bog'lanishlar bir-biridan sira farq qilmaydi. Bu reaksiyada ammiak molekulasidagi azot atomi donor, vodorod ioni esa akseptor vazifasini bajaradi. Ammiak molekulasi o'zining elektron juftini vodoroddan boshqa ionlarga ham berishi mumkin. Masalan: G. Lyuis bu reaksiyalarni kislota bilan asosning o'zaro ta'sirlanish reaksiyasi deb qaradi. G. Lyuis nazariyasiga muvofiq, kislota deganda o'ziga elektron juftlarni qo'shib olish qobilyatiga ega bo'lgan moddani tushunish kerak; asos esa o'zidan elektron juftlar berishga qobil moddadir. Yuqoridagi misolda Cu2+ kislota va NH3 asos rolini bajaradi. Lyuis nazariyasining koordinatsion birikmalarga oid qismlarini Sidjvik rivojlantirdi. Uning fikricha, koordinatsion birikmalar hosil bo'lganda markaziy ionning barcha ionlari bilan ligandlar bergan barcha elektronlar yig'indisi (bu yig'indi effektiv atom raqami nomini olgan) ayni markaziy ionga yaqin turgan inert gazning tartib raqamiga teng bo'lishi kerak. Masalan, K4[Fe(CN)6] dagi Fe2+ ionining 24 elektroni bor, unga birikkan 6 ta CN- ionida 12 elektron bor, ularning yig'indisi 24+12=36 dir. Bu son kriptonning tartib raqamiga teng. Sidjvik nazaryasi juda sodda va tushunarli bo'lib ko'rinsa ham juda ko'p koordinatsion birikmalarning tuzilishini to'g'ri izohlay olmadi va uning o'rnini valent bog'lanishlar nazariyasi egalladi. Valent bog'lanishlar nazaryasiga muofiq, koordinatsion birikmalarda markaziy ion bilan ligandlar orasida donor-akseptor bog'lanish hosil bo'ladi: markaziy ion akseptor, ligandlar donor vazifasini bajaradi, bu nazarya markaziy ion orbitallarining gibridlanishi ham nazarda tutiladi.Nazarda tutiladi ham emas, hatto muhim ahamyatga ega.Gibridlanish konsepsiyasi koordinatsion birikmalar uchun L.Poling tomonidan rivojlantirildi. Bu konsepsiya, koordinatsion birikmalarning struktur formulalarni valent bog'lanishlar usuli asosida izohlashga imkon beradi. Metall atomidagi elektron juftning ligand atomiga o'tishi natijasida hosil bo'lgan bog'lanish donor-akseptor bog'lanish ko'rinishining bir turi bo'lganligi uchun uni dativ p-bog'lanish (yoki p-donor bog'lanish ) deb ataladi. Dativ p-bog'lanish p-orbitallar ishtirokida ham borishi mumkin. Lekin d-orbitallar ishtirokida borgan p-donor bog'lanish birmuncha pishiq bo'ladi. Endi [Co(NH3)6]3+tarkibli koordinatsion ionning hosil bo'lishini ko'rib chiqamiz: bu ion hosil bo'lishida ham Co3+orbitallari gibridlanadi; bu holda ikkita 3d-, bitta 4s-, va uchta 4p orbitallar bir-biri bilan qo'shilib oltita yangi d2sp3 gibrid orbitallarni hosil qiladi va ularni har biriga bittadan ammiak taqsimlanmagan elektron juftlari joylashib, Co3+ ion olti juft elektron qabul qiladi. Bunday koordinatsion ion hosil bo'lishida markaziy ionning sirtqi qavatidagi s- va p-orbitallari bilan birga ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.03 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.03 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:54 ]
Arxiv ichida: doc