Kraxmaldan qand moddalari olish texnologiyasi

Kraxmaldan qand moddalari olish texnologiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Kraxmaldan qand moddalari olish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

KRAXMALDAN QAND MODDALARI OLISh TYeXNOLOGIYaSI KRAXMAL (nem. kraftmehl) - o'simlikning asosiy uglevod zahirasi. Umumiy formulasi (S6N|()O5)g. Rangsiz amorf modda. Fotosintez jarayonida o'simliklarning barglarida hosil bo'ladi. Kraxmalni to'la gidrolizlab, glyukoza olinadi. U o'simliklarning turli qismlarida, ayniqsa, kartoshka tuguvagida, ildizida, bug'doy, sholi va makkajo'xori donida dovachalar shaklida tuplanadi. Kraxmal miqdori bug'doyda 75%, makkajo'xorida 72%,guruchda 80%,kartoshkada 12 - 24% ga etadi. Turli o'simliklardan olingan Kraxmal dovachalarining shakli va hajmi har xil. Mas, kartoshka Kraxmal do-vachalari nisbatan yirik (kundalangi 25-100 mk), guruch K. dovachalari esa mayda (kundalangi 3-7 mk). Kraxmal dovachalari suvda isitilganda parchalanib, kleyster hosil qiladi. Deyarli barcha Kraxmallar ikki xil polisaxarid - amiloza vaamilopektindan iborat. Kraxmal sovuq suv, spirt, efir va b. organik erituvchilarda erimaydi. Kislotalar ta'sirida gidrolizlanib, avval dekstrinlarga, so'ngra to'la gidroliz natijasida D-glyukozaga aylanadi. Fermentlar ta'sirida ancha tez gidrolizlanadi. Kraxmal gidrolizini katalizlovchi fermentlar amilazalar deb ataladi. Tabiatda hosil bo'ladigan kraxmal Kraxmal uglevod polisaxarid bo'lib yashil o'simliklarning asosiy, zahira moddasi hisoblanadi. Har xil manbalardan olingan kraxmal tarkibidagi amiloza 20-25% ni, amilopektin esa 80-75% ni tashkil etadi. Ushbu polisaxaridni amaliy ahamiyati juda katta bo'lganligi hamda boshoqlilar bug'doy, makkajo'xori, guruch, kartoshkadan oson ajratib olinishi, qulay bo'lganligi uchun kraxmalni o'rganish o'tgan asrdayoq boshlab yuborilgandir. Kraxmal donachalari sovuq suvda erimaydi, issiq suvda shishib yoriladi va kraxmal kleysteri deb ataladigan kolloid eritma hosil qiladi. Deyarli barcha kraxmallar ikki xil polisaxarid aralashmasidan iborat Sanoatda hosil bo'ladigan kraxmal polimeri miqdori, % QAND, qand moddasi, shakar moddasi - uglevodlar (monosaxaridlar va oligosaxaridlar) sinfining quyi molekulali vakillari. Suvda yaxshi erishi va kristallanishi Qand moddasining o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. U qaysi manbadan ilk bor olingan bo'lsa, o'shaning nomi bilan ataladi. Mas, glyukoza - uzum qandi, laktoza - sut qandi, maltoza - solod qandi, saxaroza - shakarqamish yoki lavlagi qandi. Qand moddasi deganda Q bo'lmagan tabiiy va sintetik monosaxaridlar ham tushuniladi. Bunday moddalar odatdagi Qand moddasidan o'ziga xos tomonlari bilan ajratadi. Ularning molekulasida gidroqsil guruh (-ON) o'rniga boshqa guruh, mas, vodorod atomi (dezoksisaxar), aminoguruh N11, (aminosaxar), merkaptoguruh §N (tiosaxar) va h. k. bo'ladi; tarmoqdangan uglerod skeleti (tarmoqlangan Qand moddasi) yoki 7 va undan ko'p atomdan iborat utlerod zanjiriga (yuqori Qand moddasi) ega; qo'shimcha kislorod gutuvchi sikli (angidrosaxar) yoki qo'shaloq uglerod bog'i (to'yinmagan Qand moddasi) bo'ladi. Kraxmaldan qand moddalari olish texnologiyasi asosida biotexnologik usullardan foydalanilgan holda yuqori molekulyar polisaxarid kraxmalni fermentativ gidrolizlash natijasida birinchi mahsulot sifatida kraxmal bo'laklari, yani dekstrinlar olinadi (dekstrin, axrodekstirin, maltodekstrin va eritrodekstrin), gidrolizlash mahsulotini davomiyligi natijasida disaxarid maltoza va monosaxarid glyukoza hosil bo'ladi. Ushbu yuqoridagi barcha snab o'tilgan ishlab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 632.22 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:54 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 632.22 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga