Kraxmalni fermentativ gidroliz jarayonini o'rganish Mavzuning dolzarbligi. Polisaxaridlarning bir guruhi o'simlik va hayvon organizmlarida struktura elementi vazifasini bajarsa, ularning skeletini tuzishda qatnashib, mexanik mustahkamlikni ta'minlaydi. Bu guruhga o'simliklardagi klechatka va hasharotlardagi xitin moddasi kiradi. Ikkinchi guruhiga oziqa materiali bo'lib, o'simlik va hayvonlarda monosaxariddarning metabolik rezervi rolini o'ynaydi. Bular o'simliklarda, asosan, kraxmal va inulin, hayvonlarda esa glikogendan iborat. Kraxmal oziq ovqat va yengil sanoatda eng ko'p ishlatiladigan polisaxaridlardan biridir. Polisaxaridlarning bu ikki katta guruhidan tashqari, ulardan ancha farq qiladigan, asosan, bakteriya va zamburug''larda uchraydigan boshqa polisaxaridlar ham mavjud. Ular asosan geteropolisaxaridlar sinfiga taluqlidir. Tabiatda hosil bo'ladigan kraxmal Kraxmal uglevod polisaxarid bo'lib yashil o'simliklarning asosiy, zahira moddasi hisoblanadi. Har xil manbalardan olingan kraxmal tarkibidagi amiloza 20-25% ni, amilopektin esa 80-75% ni tashkil etadi. Ushbu polisaxaridni amaliy ahamiyati juda katta bo'lganligi hamda boshoqlilar bug'doy, makkajo'xori, guruch, kartoshkadan oson ajratib olinishi, qulay bo'lganligi uchun kraxmalni o'rganish o'tgan asrdayoq boshlab yuborilgandir. Kraxmal donachalari sovuq suvda erimaydi, issiq suvda shishib yoriladi va kraxmal kleysteri deb ataladigan kolloid eritma hosil qiladi. Deyarli barcha kraxmallar ikki xil polisaxarid aralashmasidan iborat Har xil manbalardan ajratib olingan kraxmallar polimerizatsiya darajasi, yon bog'larining soni va fermentativ gidrolizga uchrashi darajasi munosabati bilan keskin farq qiladi. Kraxmalni ishlab chiqarish ko'rsatkichlaridan muhimi, uning yopishqoqligidir (kleystrilizatsiya). Kraxmalning eruvchanligi polimerizatsiya darajasiga bog'liq. Kraxmal bu individual kimyoviy modda bo'lmasdan uning tarkibida 96-97% polisaxaridlar, o'rtacha 4,5% mineral moddalar (asosan fosfat kislota va hosilalari) 0,6% gacha yuqori molekulyar yog' kislotalardan tashkil topgan. Kimyoviy xususiyatlari aniqlanib ularni boshqa moddalar bilan ta'sirlanishi, ushbu moddani kimyoviy tarkibi bo'yicha tahlili va sifat ko'rsatkichlari analiz qilish orqali aniqlanadi. Aniqlangan tarkib to'liq fizik va kimyoviy ususllar orqali tahlil qilinadi. Kraxmal - bu individual kimyoviy modda (bir xil tarkibga ega) bo'lmasdan uning tarkibida 96-97% polisaxaridlar, o'rtacha 4,5% mineral moddalar (asosan fosfat kislota va hosilalari) 0,6% gacha yuqori molekulyar yog' kislotalardan tashkil topgan. Fotosintez natijasida hosil bo'lgan kraxmal Kraxmal kislota ishtirokida asta sekin qizdirilsa, dastlab chala gidrolizga uchrab, molekulyar massasi bilan bir biridan farq qiladigan qator polisaxaridlar-dekistrinlar hosil qiladi. Kraxmal yod ta'sirida ko'k rangga bo'yaladi. Agar u sekin asta gidrolizlansa, hosil bo'lgan mahsulotlar yod bilan aralashtirilganda dastlab binafsha, qizg'ish- binafsha, qizil va nihoyat rangsiz bo'lib qoladi. Bunda oxirgi mahsulot gidrolizdan (fermentativ va kislotali) keyin glyukoza hosil bo'ladi. Barglarda kraxmalning hosil bo'lishi Polisaxarid molekulasidagi shoxlanishlar Sanoatda hosil bo'ladigan kraxmal polimeri miqdori, % Kraxmaldan patoka olish texnologik tizimi 1 - suspenziya yig'uvchi sig'im; 2 - o'lchagich; 3 - xom ashyoni fermentatsiyaga tayyorlashda yig'uvchi sig'im; 4 - aralashtirgich; 5 - ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:54
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:54 ]
Arxiv ichida: pptx