Kreking. Termik kreking Reja: Termik kreking haqida tushuncha kreking vaqtida uglevodorodlarni o'zgarishi, xom ashyo va olinadigan mahsulotlar. Kreking jarayonida uglevodorodlarning termik o'zgarishi Reakstion kamerali visbreking qurilmasi Mazutni destruktiv haydash texnologik jarayoni Termogazoyl ishlab chiqarish uchun termik krekinglash Termik kreking haqida tushuncha kreking vaqtida uglevodorodlarni o'zgarishi, xom ashyo va olinadigan mahsulotlar. Termodestrukstiya jarayonlari orqali neft va neft mahsulotlarini issiqlik ta'sirida parchalanishi tushuniladi. Jarayonlar uch etapda o'tkaziladi: Suyuq neft mahsulotlari va xom ashyosini yuqori bosim ostida (20-70 at) termokrekinglash (visbreking) neft qoldiqlarini past bosimda termokrekinglash Suyuq va gaz holatidagi neft xom ashyosini yuqori haroratda (450 dan 1200 ) piroliz qilish. Yuqori bosimda olib boriladigan kreking 470- gacha nisbatan yengil xom ashyolarni (ligroin, mazut) qayta ishlab benzin olish uchun ishlatiladi. Neft qoldiqlari yarim gudron va gudronlarni qayta ishlashda asosiy mahsulot sifatida qozonxona yoqilg'isi olinadi. Bunday jarayon og'ir qoldiq xom ashyoni yengil sharoitda bir karrali termik parchalanishdir. Visbreking xom ashyosi neftni atmosferali haydashdan olingan mazut yoki vakuum gudronlari hisoblanadi. Visbreking orqali xom ashyoning qovushqoqligiga nisbatan pasaytirilgan suyuq qozonxona yoqilg'isi ishlab chiqarish uchun (1 variant), yoxud gidrokreking va katalitik kreking qurilmalari xom ashyosi bo'lgan gazoyl ishlab chiqarishni yo'naltirish uchun (2 variant) o'tkaziladi. Har ikkala variantda ham yengil mahsulotlar gaz va benzin frakstiyalari hisoblanib odatda ularni chiqishi 3 va 8% oshmaydi. Viskreking qurilmasi kompleks qurilmalar tarkibida bir sekstiyali ko'rinishda kiradi. Masalan neftni atmosferali haydash, atmosferali mazut visbreking gazoyl frakstiyasi uchun visbreking mazutni vakuumli haydash gazoyllarni ajralishi , kerosin chiqish miqdorini oshirish maqsadida gazoyl aralashmalarini terming krekinglash. Gudronlarni krekinglash jarayoni 460- harorat, 1,4-3,5 MPa bosim sharoitida o'tkaziladi. Kreking jarayoni issiqliq yutilishi (endotermik) reakstiyasi bilan kechadi. Visbrekingdan olingan benzin frakstiyalari oktan soni 58-68 oralig'ida bo'ladi. Benzin va kerosin frakstiyalari tarkibida oltingugurt miqdori xom ashyoga nisbatan kam bo'ladi. Olingan frakstiyalarni gidrotozalashga to'g'ri keladi. 2. Kreking jarayonida uglevodorodlarning termik o'zgarishi Alkenlarning o'zgarishi: alkanlarning termik reakstiyasi natijasida past alken va alkanlar hosil bo'ladi. Alkanlarning termik parchalanish reakstiyasi mexanizmi radikal - zanjirlidir. Metan termik barqarordir. Uning termodinamik jihatdan termik parchalanishi dan yuqorida boradi. Ammo 100Sda u tezroq boradi. Asosiy mahsulot sifatida etan, etilen, astetilen, uglerod va vodorod olinadi. Reakstiya zanjirli bo'lib, u quyidagi ketma - ketlikda boradi: Etanning parchalanishi da boshlanib da tezligi ortadi. S-S bog'ining uzilishi kamdan-kam hollarda kuzatiladi Propan da ikki yo'nalishda parchalanadi. 3. Reakstion kamerali visbreking qurilmasi Neftni haydash qurilmasidan qizigan mazut 1-nasos yordamida 2-zmeevikli pechga beriladi. Xom - ashyo pechdan chiqib, 1,7 MPa bosim atrofida ishlovchi 3-reakstion kamerada krekinglanadi. Olingan mahsulotlar aralashmasi 4-redukstion klapan orqali o'tib, so'ngra 8-frakstiyalovchi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
245.38 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
245.38 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:54 ]
Arxiv ichida: docx