Kremniy va uning birikmalari. Ishqoriy metallar va ishqoriy-yer metallari Kremniyning atom massasi 28,09 (z=14) ga teng. Kremniyning baqaror izotoplari: 28Si(92,3%), 29Si(4,7%) va 30Si(3,09%). Kremniy og irlik jihatidan yer po'stlog ining taxminan 27% ini tashkil etadi, tabiiy qum kremniy (IV) - oksid, tuproq esa silikat kislotaning tuzidir. Shuningdek, tog' jinslari va minerallar ham silikat kislotaning tuzlaridan iborat. Organizm uchun uglerod qanday ahamiyatga ega bo'lsa, yer po'stlog i uchun kremniy ham shunday ahamiyatga ega. Kremniy hayvonlarning sovutlarida, junlarida, g alla o'simliklarining poyalarida, ba'zi daraxtlarda va dengiz o'simliklarida uchraydi. Silikatlar formulasini uning tarkibiga kirgan elementlarning oksidlari tarzida yozish ancha qulaydir: albit - Na2OAl2O3-6SiO2, ortoklaz-Al2O3- -K2O6SiO2, kaolin-Al2O3-2SiO2-2H2O, kaliyli slyuda -K2O2Al2O3-6SiO2-2H2O, asbest-3MgO2SiO2-2H2O, kvaro'-(SiO2)n. Kremniyning kristall va amorf allotropik shakl o'zgarishlari ma'lum. Texnikada qumni yuqori temperaturada koks bilan qaytrarish orqali kristall kremniy olinadi: SiO2 + 2C = Si + 2COt Yarim o'tkazgichlar sanoati uchun kerak bo'ladigan toza kremniy olish uchun tozalanmagan kremniyga xlor ta'sir ettiriladi, natijada SiCl 4 hosil bo'ladi. Olingan modda uchuvchan bo'lgani uchun u fraksion haydash orqali tozalanadi va vodorod bilan qaytrariladi: SiCl4 + 2H2 = 4HCl + Si Laboratoriyada kremniy (IV)-oksidga magniy qo'shib qizdirilsa, amorf kremniy hosil bo'ladi: SiO2 + 2Mg = 2MgO + Si Amorf kremniy qo'ng ir tusli kukun, uning kimyoviy aktivligi kristall kremniynikiga qaraganda bir muncha katta. U odatdagi temperaturada ftor bilan 400 C da kislorod va suyuqlanmalarda metallar bilan reaksiyaga kirishadi: Si + 2F2 = SiF2; Si + O2 = SiO2; 2Mg + Si = Mg2Si Amorf kremniy, metallarning silitsidlari va silanlarning olinishi va xossalariga oidlar Kerakli reaktiv va asboblar. Toza qum, magniy kukuni, magniy oksid, o'yuvchi natriy, kaliy karbonat, marmar yoki bur, natriy karbonat, filtr qog'oz, lakmusli qog'oz, sulfat kislota (kons), xlorid kislota (kons va 1:1), ammoniy xlorid, Texnokimyoviy tarozi toshlari bilan, Kipp apparati, halqali va qisqichi bor shtativ, gorelka, chinni hovoncha, 250 ml li stakan, probirkalar qo'yilgan shtativ, shisha tayoqcha. a) Tarozida 5 g toza va maydalangan qum, 4 g magniy kukuni va 2 g magniy oksid tortib olib, ularning hammasini qog'oz ustida yaxshilab aralashtiring. Hosil bo'lgan aralashmani o'ta chidamli probirkaga soling, himoya ko'zoynakni taqing va probirkani qisqich bilan tutgan holda alangada qizdiring. Dastlab probirkani hamma tomonidan, keyin esa probirkani tik holda ushlab, uning tagidan qizdiring. Bunda sodir bo'ladigan reaksiya kuchli ekzotermik bo'lgani uchun probirka qizdirilganda aralashma cho'g'lanib ketadi. Shu paytda qizdirishni to'xtating. Aralashmaning cho'g'lanishi tugagandan keyin qaynoq probirkani sovuq suvli idishga tushiring. Probirka yoriladi. Singan probirkani sovuq suvdan olib, qog'oz ustiga qo'ying va pinset yordamida uning ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.67 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.67 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:54 ]
Arxiv ichida: doc