Kremniy. Kremniyning davriy sistemadagi o'rni va atom tuzilishi 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 12-mavzu Reja: Kremniyning davriy sistemadagi o'rni Tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati Olinishi va ishlatilishi. Kremniy davriy sistemaning uchinchi davri to'rtinchi guruh bosh guruhchasida 14-tartib raqami bilan joylashgan, p-elementlar oilasiga kiradi. Nisbiy atom massasi 28,086 ga teng. Tashqi elektron pog'onasida to'rtta elektron tutadi. Davriy sistemada kremniy elektronlarni oson beruvchi va elektronlarni oson qabul qiluvchi elementlar orasida joylashgan. O'zining birikmalarida (SiH4) kremniy to'rt valentlilikni namoyon qiladi. Atomlarning nisbatan yaqin elektrmanfiylikka ega ekanliklari natijasida Si-H bog'ining kam qutblanganligi, molekulaning qutbsizligi beshinchi, oltinchi, yettinchi guruhlar bosh guruhchalari elementlaridan farqli ravishda kremniyning vodorodli birikmasi kislotali yoki asosli xossalarni namoyon qilmasligiga sabab bo'ladi. Tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati. Yer qobig'ida tarqalish jihatidan kisloroddan keyingi ikkinchi o'rinda turgan kremniyning massa ulushi 27,6% ni tashkil etadi. kremniy Ko'pchilik tog' jinslari (gneyslar, granitlar, bazaltlar) va minerallar (kvars, dala shpatlari, qum, gillar) kremniy birikmalaridan tashkil topgan. gneyslar granitlar bazaltlar Kremniy ayrim o'simliklar poya va barglari, qush patlari va hayvon junlari tarkibiga kiradi. Olinishi va ishlatilishi. Kremniy (IV)-oksidni magniy, alyuminiy yoki uglerod bilan qaytarib, kremniy olinadi: SiO2+2Mg=2MgO+Si SiO2+2C=2CO+Si Kremniy ko'plab qotishmalar olishda ishlatiladi. 4% kremniy tutgan po'lat oson magnitlanish xususiyatiga ega bo'lib qoladi. Undan transformatorlar, dvigatellar, generatorlar (elektrotexnik po'lat) tayyorlanadi. transformator generator Kristall holidagi toza kremniy radio- va elektrotexnikada yarim o'tkazgich sifatida ishlatiladi. Ular Quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiradi. Kremniyli quyosh batareyalari kosmik qurilmalarda energiya manbasi sifatida qo'llanadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.8 MB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:54
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.8 MB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:54 ]
Arxiv ichida: pptx