Kremniyning analitik kimyosi

Kremniyning analitik kimyosi

O'quvchilarga / Kimyo
Kremniyning analitik kimyosi - rasmi

Material tavsifi

Kremniyning analitik kimyosi Reja : I.Kirish . 1.1. Kremniyning xossalari va uning birikmalari. II. Asosiy qism. 2.1. Gravimetrik analiz usuli. Kremniy (IV) oksidi formasida aniqlash. 2.2. Titrimetrik analiz usullari. Kremniymolibden kislota xususiyatiga asoslangan usullar: oksidlanish qaytarilish usullari. 2.3. Silikat ionlarini aniqlash. II.Xulosa. KIRISH . Kremniy tabiatda keng tarqalishiga va juda xilma xil materiallarda qariyb hamma joyda uchrashiga qaramasdan kremniyning birikmalari analizi masalasi va bu elementni aniqlash usullari to'liq ishlanmagan. Yaqin vaqtlargacha kremniyni aniqlashni gravimetrik usuli sanoat va ilmiy tekshirishda eng samarali usul va ko'p vaqt talab qilinadi, lekin kremniy sanoatining rivojlanishi sanoatda kreniyorganik birikmalar va yarim o'tkazuvchan mahsulotlar ishlab chiqaish kremniy analitikasida yangi vazifalar tug'dirdi. Kremniyni aniqlash uchun moddalarni analizga tayyorlash namunalarni parchalash usullari keraksiz moddalarni yo'qotish bularning hammasini qayta ko'rib chiqib qayta hal qilish kerak. Kremniyni kremniy(IV)oksidi ko'rinishida tortib o'lchash usulida aniqlash- eng eski ammo aniqligi va amalga oshirishning imkoniyligi tufayli hanuzgacha o'z ahamiyatini yo'qotmagan usuldir. Gravimetrik usulda aniqlashning eng asosiy usuli uni kislotali muhitda degitratsiyalash. Tarkibida ftor saqlagan birikmalardan kremniyni ajratish uchun maxsus usul neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda o'tkaziladi. Bu holda kremniynng ko'p yo'qotilishi kuzatiladi, chunki u tetraftorid ishtirokida uchib ketadi. Kremniy kislotasini degidratsiyalash maqsadida ko'pincha HCl, bundan tashqari H₂SO₄, azot, sirka kislotalar ishlatiladi. Degidratsiya xususiyati bor bo'lgan glitserin atsetil xloridlar ham ishlatiladi. Titrimetrik analiz usullari Kremniy kislotasi kuchsiz kislota bo'lanligi uchun, uni bevosita titrlashning iloji yo'q, chunki kremniy kislotasini ekvivalent nuqtasida rangini o'zgartira oladigan indikatorni tanlash juda mushkul, shuning uchun ham kremniy kislotasi bilvosita titrlash usullari yordamida titrlab aniqlanadi. Titrimetrik analizning ko'p turlari mavjud. Shulardan kremniyni aniqlashda ko'p ishlatiladigani kremniymolibden va kremniyftoristovodorod kislotalarning xususiyatlariga asoslangan usullardir. Kremniyni titrlashda sariq kremniy molibden kislota qaytaruvchilari yordamida aniqlanishi mumkin. Molibden ko'ki hosil bo'lishiga ketgan qaytaruvchi miqdoriga qarab kremniy miqdoriga baho berish mumkin. Veytsman analiz jarayonida hosil bo'lgan kremniymolibdenni KJ bilan titrlab, undan ajralgan yodni tiosulfat yordamida titrlashni taklif qildi. Silikat ionlarini aniqlash uchun suyultirilgan vodorod xlorid, sulfat kislota va ammoniy tuzlari eritmalaridan foydalaniladi buning uchun kremniy kislota tuzlariga juda sekin tomchilatib vodorod xlorid yoki sulfat kislota qo'shiladi, bu vaqtda kremniy kislota tuzi gidrolizlanadi. Natijada kremniy kislota erkin holga o'tib, oq cho'kmaga aylanadi. Agar cho'kma hosil bo'lmasa,eritma qaynaguncha qizdiriladi, qizdirilganda gidroliz jarayoni tezlashadi. XULOSA Kremniyni miqdor va sifat jihatdan aniqlashga imkon beradigan birikmalar ko'p emas. Bularga kremniy kislota va uning kondensat polimerizatsitya mahsulotlari, eruvchan silikatlar, geteropolikislota va boshqalar kiradi. Kremniyni boshqa elementlardan ajratish uchun kremniy ftorid xossalaridan foydalaniladi. Kremniy yarim o'tkazgichlari muhim yarim o'tkazgich sifatida ishlatiladi. Uning birikmalari suvda yomon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 224.66 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:54 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 224.66 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga