Kremniyning xossalari. Muhim birikmalari 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 13-mavzu Reja: Fizik va kimyoviy xossalari Eng muhim birikmalari. Metakremniy kislota va uning tuzlari Fizik va kimyoviy xossalari. Kremniy tashqi ko'rinishidan metallarga o'xshab ketadi. Kristall kremniy kulrang - po'lat rangli, metall yaltiroqligiga ega modda. Suyuqlanish harorati 1 420°C, qaynash harorati 2 355°C; zichligi 2 329 kgm3; izotop soni 11 (24→34); Uglerodga qaraganda kremniyda metallmaslik xossalari kuchsizroq namoyon bo'ladi, chunki uning atom radiusi kattaroq va tashqi elektronlar yadrodan uzoqroqda joylashgan. Kuchli qizdirilganda kremniy havoda yonib ketadi va kremniy (IV)-oksidni hosil qiladi: Si+O2=SiO2 Qizdirilganda kremniy xlor, brom va oltingugurt bilan ham ta'sirlashadi: Si+2Cl2=SiCl4 Si+2Br2=SiBr4 Si+2S=SiS2 kremniy (IV)-xlorid kremniy (IV)-bromid kremniy (IV)-sulfid Karborunddan silliqlash va pardozlash toshlari tayyorlanadi. Qizdirilganda kremniy ko'plab metallar (Mg, Ca, Cr, Mn, Fe va b.) bilan silitsidlar hosil qilib birikadi: Si+2Mg=Mg2Si Eng muhim birikmalari. Kremniy (IV)-oksid SiO2 - qattiq, qiyin suyuqlanuvchan, atom kristall panjarali, suvda erimaydigan modda. Tabiatda kvars minerali holida uchraydi. Kvarsning tiniq, rangsiz kristalli tog' xrustali deb ham ataladi. Kremen, agat, yashma, qum - kvarsning shakl o'zgarishlari hisoblanadi. Kislotali oksid xossasiga ega bo'lib, ishqorlar, ishqoriy metallar karbonatlar va asosli oksidlar bilan qo'shib suyuqlantirilganda kremniy kislota tuzlari - silikatlarni hosil qiladi: SiO2+2NaOH=H2O+Na2SiO3 SiO2+Na2CO3=CO2+Na2SiO3 SiO2+CaO=CaSiO3 silikatlar Suyuqlantirilgan kvarsdan ultrabinafsha nurni o'tkazuvchi va kichik kengayish koeffitsiyentiga ega bo'lgan kvars oynasi ishlab chiqariladi. Kvarsning suyuqlanish harorati 1 500°C atrofida. Shuning uchun kvars oynasini yuqori haroratli sharoitlarda ishlatish mumkin. Kvarsdan simob lampalari va kimyoviy laboratoriya idishlari tayyorlanadi. Metakremniy kislota va uning tuzlari. Metakremniy kislota H2SiO3 ikki negizli kuchsiz kislota bo'lib, karbonat kislotadan ham kuchsizdir. Shuning uchun karbonat kislota yoki karbonat angidrid uni tuzlari eritmasidan siqib chiqarishi mumkin: Na2SiO3+H2O+CO2=Na2CO3+H2SiO3↓ Metakremniy kislota suvda erimaydi va gelsimon cho'kma holida ajralib chiqadi. U faqat ishqorlarda eriydi va tuzlar hosil qiladi: 2NaOH+H2SiO3=Na2SiO3+2H2O Qizdirilganda metakremniy kislota osonlik bilan suv va kremniy (IV)oksidga parchalanadi: H2SiO3=SiO2+H2O Metakremniy kislota uning tuzlariga boshqa kislotalarni ta'sir ettirib olinadi. Uning tuzlari silikatlar deb ataladi. Faqat ishqoriy metallar silikatlari suvda eriydi. Natriy va kaliy silikatlari (Na2SiO3 va K2SiO3) eritmalari suyuq shisha deb ataladi. Suyuq shisha kislotaga chidamli sement, beton, yelim, surtmalar tayyorlashda, gazlama va g'ovak toshlarga singdirishda, qurilish ishlarida ishlatiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.76 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:54
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.76 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:54 ]
Arxiv ichida: pptx