Kristall panjaralar 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 20-mavzu Reja: 2 3 Kristall panjaralar 1 Kristall panjara turlari Molekular kristall panjaralar Odatdagi sharoitda moddalar turlicha fizik xossalarga ega va ular har xil agregat holatda: qattiq, suyuq yoki gaz ko'rinishda bo'ladi. Gaz Suyuq Qattiq holat Qattiq moddalarni tashkil qiluvchi molekulalar gaz moddalarning tashkil qiluvchi molekulalardan farqli ravishda sochilib ketmaydi, suyuq moddani tashkil qiluvchi molekulalardan farqli ravishda esa siljib modda shaklini o'zgartirmaydi Qattiq moddalarning tashqi ko'rinishi va fizik xossalari moddani tashkil etuvchi zarrachalar orasidagi kimyoviy bog'lanishlar tabiatiga bog'liq bo'ladi. Kristallarda shu kristallni hosil qiluvchi zarrachalarni muntazam ravishda joylashuvi kristall panjaralar deb ataladi. Kristall panjara turlari 1. Ionli kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida musbat va manfiy ionlar joylashgan va ular orasida ionli bog'lanish mavjud bo'lgan tuzilmalar ionli kristall panjaralar deyiladi. 2. Atom kristall panjaralar. Kristall panjara tugunchalarida alohida atomlar joylashgan va ular orasida kovalent bog'lanish mavjud bo'lgan tuzilmalar atom kristall panjaralar deb ataladi. Kristall panjara tugunlarida alohida molekulalar joylashgan tuzilmalar molekular kristall panjaralar deyiladi. 3. Molekular kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida alohida atomlar va musbat ionlar joylashgan va ular orasida metall bog'lanish mavjud bo'lgan tuzilmalar metall kristall panjaralar deyiladi. Metall kristall panjaralar. Metall kristall panjaralar Xossalari. Ionli kristall panjaralar hosil qiladigan moddalar, masalan, osh tuzi kristallari tugunlarida natriy (Na+) va xlor (Cl-) ionlari bo'ladi. Ionlarni muntazam joylashuvi oqibatida osh tuzi kristallari kubsimon holatda bo'ladi. Ionlar bir-biri bilan ionli bog'lanish vositasi bilan kuchli darajada bog'langan bo'ladi. Atomli kristall panjaralarni hosil qiladigan moddalar, masalan, olmos kristallari tugunlarida uglerod atomlari bo'ladi. Molekulalar kristall panjaralarda esa kristallarning tugunlarida molekulalar turadi va bu molekulalar bir-biri bilan molekulalararo tortishuv kuchi bilan tortilib turadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.66 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:54
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.66 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:54 ]
Arxiv ichida: pptx