Kuchli va kuchsiz elektrolitlar

Kuchli va kuchsiz elektrolitlar

O'quvchilarga / Kimyo
Kuchli va kuchsiz elektrolitlar - rasmi

Material tavsifi

Name of Presentation 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 27-mavzu Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Dissotsiatsiyalanish darajasi Reja: 2 3 Kuchli va kuchsiz elektrolitlar 1 Dissotsiatsiyalanish darajasi Elektrolitning dissotsiatsiyalanishi Dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining erigan modda molekulalarining dastlabki soniga nisbati elektrolitning dissotsiatsiyalanishi darajasi deb ataladi va a harfi bilan belgilanadi. Dissotsiatsiyalanish darajasi 0 dan 1 gacha bo'lgan birliklarda yoki 0 dan 100% gacha bo'lgan birliklarda ifodalanadi. Agar dissotsiatsiyalanish darajasi 0,5 bo'lsa, demak, har ikki molekuladan bittasi ionlarga ajralgan bo'ladi. Agar a = 1 bo'lsa, barcha molekulalar ionlarga ajralgan bo'ladi. Dissotsiatsiyalanish darajasi foizlar(%)da ifodalanganda 100 ta molekuladan 85 tasi ionlarga ajralgan bo'lsa a = 85% deb ko'rsatiladi. Dissotsiatsiyalanish darajasi erigan elektrolit va erituvchi tabiatiga, eritma konsentratsiyasiga, muhit haroratiga bog'liq bo'ladi. Dissotsiatsiyalanish darajasi nisbatan yuqori bo'lgan elektrolitlar kuchli elektrolitlar deb ataladi. Ular har qanday konsentratsiyadagi eritmalarda amalda ionlarga to'la dissotsiatsiyalanadi. Dissotsiatsiyalanish darajasi suyultirilgan eritmalarida ham kichik qiymatga ega bo'lgan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deb ataladi. Barcha organic va ba'zi noorganik kislotalar (H2CO3, HClO, H2S, HNO2, H2CO3, H2SiO3, HClO2 va b.q), ammoniy gidroksid, metallarning erimaydigan gidroksidlari, suv kuchsiz elektrolitlar hisoblanadi Kislorod tutuvchi kislotalarning E(OH)mOn umumiy formulasi asosida ularning kuchini aniqlash mumkin. n 2 bo'lganda kislota kuchsiz, n ≥ 2 bo'lganda kislota kuchli hisoblanadi. Elektrolitlarning kuchini elektrolit dissotsiatsiyalanish darajasiga qarab solishtirish bir xil konsentratsiyali eritmalardagina ahamiyatga ega bo'lib, boshqa holatlarda qulay usul bo'lib hisoblanmaydi. Kuchsiz elektrolitlar suvli eritmalarda qisman dissotsiatsiyalanadi. Eritmada kuchsiz elektrolit molekulalari va ionlari orasida muvozanat vujudga keladi. Elektrolitning dissotsiatsiyalanish konstantasi elektrolit va erituvchi tabiatiga hamda haroratga bog'liq, konsentratsiyaga bog'liq emas. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.8 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:54 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.8 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga