Kumarinlar kimyosi va texnologiyasi

Kumarinlar kimyosi va texnologiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Kumarinlar kimyosi va texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Kumarinlar kimyosi va texnologiyasi Reja: 1. Kumarinlar ta'rifi. 2. Kumarinlar tasnifi. 3. Kumarinlarning fizik va kimyoviy xossalari. 4. Kumarinlarning tibbiyotda ishlatilishi. 5. Psoralen, furalen olish texnologiyalari. Tarkibida kumarinlar va ularning unumlari bo'lgan dorivor o'simliklar Kumarin (sis-orto-oksidolchin) kislotaning unumlari bo'lgan o'simliklardan olinadigan laktonlar kumarinlar deb ataladi. Sis-orto-oksidolchin kislota va uning unumlari tabiatda deyarli sof holda uchramaydi. Bu kislotalar o'zidan bir molekula suv ajratib, tezda tegishli laktonlarga aylanadi. SHuning uchun kumarinlar benzo -b-piron unumi deb ham qaraladi. Kumarinning o'zi sis-orto- oksidolchin kislotaning laktonidir. snqsn-soon 0 0 on d-piron Kumarin (sis-orto- Kumarin -oksidolchin) kislota benza-d-piron Kumarinlarning boshlanich birikmasi - kumarin birinchi marta 1820 yilda Fogel tomonidan Dipteryx odorata Willd. (Coumarouna odorata, dukkakdoshlar oilasiga kiradi) o'simligining mevasidan ajratib olingan. O'simlikning tarkibida kumarinning odatdagi oksi- va- metoksi unumlaridan tashqari, ularning furan unumlari bo'lgan furokumarinlar ham ko'p uchraydi. Furokumarinlar molekulasidagi, furan halqasi kumarinning 6- va 7- (psoralen tip) yoki 7 va 8- nomerli (angelitsin tipi) uglerod atomlari bilan birlashishi mumkin. Kumarinlar tasnifi (klassifikatsiyasi) Hozirgacha ma'lum bo'lgan kumarinlar o'zining kimyoviy tuzilishiga qarab quyidagi 7 guruhga bo'linadi. Kumarin va uning oddiy unumlari (degidrokumarin, kumarin glikozidlari). Oksi-, metoksi- va metilendioksikumarinlar. Bu kumarinlarning benzol yoki b-piron halqalarida turli guruhlar (-ON,-OSN3 va boshqalar) bo'ladi. Mana shu turli guruhlar qaysi halqada joylanishiga qarab bu guruh yana o'z navbatida mayda guruhchalarga bo'linadi. Furokumarinlar yoki kumaron b-pironlar. Firokumarinlar o'z molekulasidagi furan halqasining joylashishiga qarab psoralen (21, 31,6,7-furokumarinlar) va angelitsin (21,31,7,8-furokumarinlar) unumlariga bo'linadi. Piron-kumarinlar yoki xromen- b-pironlar. Bu guruhga kumarin bilan turli holatda (5:6:6,7: yoki 7,8 nomerlardagi uglerod atomlari orqali) birlashgan piron birikmalar kiradi. 3,4- benzokumarinlar. Tarkibida benzofuran sistemasi bo'lgan (kumarinning 3,4-uglerod atomlariga birlashgan) kumarinlar (masalan, kumestrol va boshqalar). Tarkibida kumarin sistemasi bo'lgan ba'zi murakkab birikmalar (masalan, antibiotik novobiotsin, aflatoksin va boshqalar.) Kumarinlarning o'simliklar hayotidagi ahamiyati Kumarinlarning o'simliklar hayotidagi ahamiyati to'risida eksperementlarga asoslangan fikrlar hali etarli emas. hozirgi vaqtgacha bo'lgan ba'zi bir ma'lumotlarga qaraganda ba'zi kumarinlar o'simliklarni o'sishdan to'xtatsa (o'sish ingibitorlari), ba'zilari uruining unishini kuchaytirish (o'sish stimulyatorlari), mumkin. Kumarinlar o'simliklarni ba'zi kasalliklardan saqlashi mumkin degan fikrlar ham bor. Kumarinlarning fizik va kimyoviy xossalari O'simliklardan ajratib olingan kumarinlar rangsiz kristall modda bo'lib, suvda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi, spirtda osonroq, organik erituvchilar (efir, xloroform va boshqalar) da yaxshi eriydi. Kumarinlar glikozid xolida bo'lsa, ularning suvda erishi kuchayadi. Lekin glikozidlarning suyultirilgan sulfat kislota ta'sirida gidrolizlanib olingan aglikonlari suvda erimaydi, spirt va organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. Ko'pchilik kumarin furokumarinlarni spirtdagi neytral eritmalari hamda ishqor va konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmalari ultrabinafsha nurida o'ziga xos fluoressensiya (zangori, ko'k binafsha, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.85 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.85 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga