Ligandlar maydon nazariyasi

Ligandlar maydon nazariyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Ligandlar maydon nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

Ligandlar maydon nazariyasi Koordinasion birikma shunday birikmaki, uning molekulasi yoki ioni markaziy ion yoki atomga ega bo'lib, buni bir necha ion yoxud molekulalar, ya'ni ligandlar qurshab turadi. Akademik Yu. N. Kukushkin kompleks birikmalarga quyidagi ta'rifni berdi: Kompleks birikma deganda kristall holatda bo'lmasin, eritmada bolmasin, tarkibida ligandlar bilan qurshalgan markaziy atomi mavjud birikmalarni tushunmoq kerak. Kompleks hosil bo'lish hodisasi ayrim elementlardagina uchramasdan, balki D. I. Mendeleyev davriy sistemasining ko'pchilik elementlariga xos hodisadir. Tassir 1798-yilda birinchi bo'lib, kompleks CoCL2.6NH3 ni hosil qildi. Kompleks birikmalarni o'rganish shuni ko'rsatadiki, kompleks hosil bo'lishi hodisasi ayrim elementlardagini uchramasdan balki D.I.Mendeliyev davriy sistemasidagi ko'pchilik elementlarga mansub bo'lgan muhim hodisadir. Kompleks birikma shunday birikmaki, uning molekulasi markaziy atomga ega bo'lib, buni bir necha ion, yoxud molekulalar, ya'ni ligandlar qurshab turadi. Ligand markaziy atom atrofida bitta yoki bir necha o'rin egallashi mumkin. Masalan: Cl-, Br-, I-, CO, H2O, NH3 kabi ligandlarning har biri bittadan o'rin oladi. Ular monodentat ligandlar deyiladi. Oksalat ioni, shuningdek etilendiamin ikkitadan o'rin egallaydi. Bunday ligandlar bidentat ligandlar deyiladi. Dietilentriamin uch dentatli ligand hisoblanadi. To'rt dentatli ligand uchun esa, triaminotrietilamin misol keltirish mumkin. Kompleks birikma hatto eritmalarda ham o'zining mustaqilligini saqlab qolishga intiladi. Ionlarga oz darajadagina dissotsiyalanadi. Agar markaziy ionning musbat zaryadi uni qo'rshab turgan ligandlar manfiy zaryadlarining yig'indisidan ortiq bo'lsa, bunday kompleks-kation kompleks ; markaziy ionning zaryadi uni qo'rshab turgan ligandlar manfiy zaryadlarining yig'indisidan kam bo'lsa, u holda anion kompleks; markaziy ionning zaryadi bilan ligandlar zaryadlarining yig'indisi orasidagi ayirma nolga teng bo'lsa, neytral kompleks birikmalar deb ataladi. Kompleks birikmalar texnikada, meditsinada, qishloq xo'jaligida, ilm-fanda katta ahamyatga egadir. Kompleks birikmalar tabiatda ko'p tarqalgan. Masalan, o'simliklarning yashil qismida bo'ladigan va fotosintezni amalga oshiruvchi modda xlorofill magniyning kompleks birikmasidir.Tirik hujayralarni kislorod bilan ta'minlab turuvchi modda qon gemoglabini temirning kompleks birikmasidir. Juda ko'p minerallar alyuminosilikatlar kompleks birikmalardan iborat. Kompleks birikmalar hosil qilish uchun birikish, almashinish, oksidlanish, qaytarilish reaksiyalaridan foydalaniladi. Hosil qilingan kompleks birikmani reaksion aralashmadan ajratib olish ham katta ahamyatga ega. Buning uchun: 1) Erituvchini bug'latish orqali konsentrlangan reaksion aralashma hosil qilib, uni muz va tuz aralashmasi bilan sovutib, shu moddalar aralashmasidan kompleks birikmani kristallga o'tkazishdan; 2) Reaksion aralashmaga kompleks birikmani eritmaydigan, lekin kompleks hosil bo'lishida ishtirok etgan erituvchi bilan yaxshi aralashadigan boshqa biror erituvchidan oz-oz qo'sha borishdan va ekstraksiya usulidan foydalaniladi. Ba'zan kompleks birikma juda tez hosil bo'ladi. Masalan: CuSO4 eritmasiga NH4OH eritmasi qo'shilishi bilanoq, to'q zangori tusli kompleks [ Cu(NH3)4SO4] birikmasi hosil bo'ladi. Reaksion aralashmaga etil spirit qo'shib, bu kompleks birikmani kristal holda ajratib olish mumkin. Bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 997.18 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 997.18 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga