Liofob zollarni barqarorligi Reja: Liofob zollarni barqarorligi Kolloid sistemalarning koagulyatsiyasi. koagulyatsiya tezligi dlfo nazariyasi Liofob zollarni barqarorligi Kolloid sistema dispers fazasining solishtirma sirti katta bо'lganligi sababli sistemaning erkin sirt energiyasi ham katta bо'ladi. Shuning uchun kolloid sistemalar termodinamik jihatdan barqaror bо'lmaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq, erkin energiya minimumga intiladi. Kolloid zarrachalar bilan suyuqlik orasidagi chegara sirt kamaygandagina kolloid sistemada erkin sirt energiyasi minimumga erisha oladi. Dispers sistemalarni vaqt davomida о'zining dastlabki holatini (ya'ni о'z tarkibini, dispers faza konsentratsiyasi va zarrachalarining о'lchamini) va asosiy xossalarini saqlab turish xususiyatiga barqarorlik deyiladi. Dispers sistemalarning barqarorligi kolloid kimyoning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi va u juda katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki, kolloid sistemalarning asosiy qismini liofob kolloidlar tashkil qiladi. Dispers fazasi bilan dispers muhit orasida kuchsiz о'zaro ta'sir mavjud bо'lgan liofob kolloid sistemalar beqaror bо'lib, vaqt о'tishi bilan ularning disperslik darajasi о'zgaradi, ya'ni yiriklashadi. Yiriklashish jarayonining tezligi turli kolloid sistemalarda turlicha bо'ladi. Misol tariqasida disperslik darajasi 2030 yil davomida о'zgarmaydigan oltin zollarini (7.1-rasm) va biror modda qо'shilganida bir necha sekund mobaynida yemirilib, kolloid holatini yо'qotadigan sistemalarni keltirish mumkin. 7.1 - rasm. 1857 yilda Faradey tomonidan olingan qizil tusli oltin zoli mana 150-160 yillardan beri barqaror holda Angliyaning Qirollik institutining muzeyida saqlanib kelinmoqda. Liofob zollarda disperslik darajaning kamayishi ikki yо'l bilan sodir bо'lishi mumkin: - biri qayta kristallanish natijasida mayda zarrachalarning yirik zarrachalarga birikishi yoki singish jarayoni bо'lsa, -ikkinchisi - dispers faza zarrachalarini molekulyar kuchlar ta'sirida o'zaro bir-biriga yopishib yiriklashuvidir, ya'ni koagulyasiyalanishi. Kolloid zarrachalarining molekulyar kuchlar ta'sirida о'zaro birikib yiriklasha borish jarayoni koagulyatsiya deyiladi. Yiriklashish jarayoni ba'zi kolloidlarda juda tez, ba'zilarida esa ancha uzoq vaqt davomida sodir bо'ladi. Koagulyatsiyaga uchragan sistemada dispers faza zarrachalari suyuqlik va qattiq jismning solishtirma massalariga qarab idish tubiga chо'kishi (sedimentatsiya) yoki ikkita bir-birida aralashmaydigan suyuqliklardan iborat kolloid sistemaning dispers fazasi va dispers muhitini bir-biridan ajralib qolishi - koalessensiyaga (koatservatsiya) uchrashi mumkin. Dispers fazasi zarrachalari og'irlik kuchi ta'sirida sezilarli darajada chо'kmaydigan dispers sistemalar sedimentatsion barqaror sistemalar deyiladi. Demak, dispers sistemalarning barqarorligi deganda dispers faza zarrachalarini dispers muhitning hajmida bir xilda tarqalishi va ularning orasidagi o'zaro ta'sir kuchlarini vaqt o'tishi bilan o'zgarmay qolishi ko'zda tutiladi. Sistemaning barqarorligini oshirish uchun maxsus stabilizatorlar ishlatiladi. Faqat shu usullardan foydalanib ko'p materiallarni olish va ishlatish mumkin. Jumladan, shunday yo'llar bilan dori turlarini, aerozollarni olish va sanoatda qo'llash mumkin. Kolloid dispers sistemalar termodinamik beqaror bo'lishiga qaramay, ularni ko'p vaqt barqaror holda saqlab turish mumkin. Bunga sabab ulardagi mavjud barqarorlik omillaridir. 1920 yilda N.P. Peskov dispers sistemalarning barqarorligini 2 ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
392.55 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
392.55 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:55 ]
Arxiv ichida: docx