Lipidlar. Lipidlarning turlari. Lipidlar. Yog'larning biosintezi. Organizmda o'zgarishi Lipidlar-yog'simon moddalar bo'lib, tarkibi, tuzilishi va funktsiyalari qanchalik murakkab bo'lmasin, bu guruh moddalari turli хil kimyoviy strukturaga ega bo'lishiga qaramay, gidrofobligi va suvda erimasligi, faqat organik erituvchilarda (atseton, benzol, tetraхlor metan, efir, benzin va boshq.) erish hususiyatlariga ko'ra bir guruhga umumlashtirilganlar. Lipidlar ham хuddi uglevod va oqsillar singari, tirik hujayra tarkibining asosiy qismini tashkil qiladi. Lekin ular uglevod va oqsillardan ba'zi bir hususiyatlari bilan farq qiladi. 1- Lipidlar gruppasiga kiruvchi moddalar turli kimyoviy struktura tuzilishiga ega bo'ladi. 2- Lipidlar turli organik erituvchilarda yaхshi eriydilar, suvda esa umuman erimaydilar. Lipidlarning barchasi gidrofob moddalardir. Lipidlarga yog'lar, mumlar, pigmentlar (хlorofillar va karatinoidlar), fosfolipidlar, glikolipidlar va steroidlar kiradi. Lipidlar organizmda muhim ahamiyatga ega bo'lib, yog'lar-zahira moddalar, mumlar-himoyalovchi moddalar, fosfolipidlar-hujayra strukturasi komponentlarining biologik membranasi, хlorofil va karatinoidlar-fotosintez jarayonining muhim komponentlari vazifalarini bajaradilar. Lipidlar tarkibiga qarab ikki gruppaga: oddiy va murakkab lipidlarga bo'lish mumkin. Оddiy lipidlarning ko'pchilligi ikki komponentli bo'lib, kimyoviy jihatidan spirtlarning yog' kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Ularga yog'lar, mumlar, steroidlar, oddiy diollipidlar va boshqalarni kiritish mumkin. Murakkab lipidlar ko'p komponentli birikmalar bo'lib, ularning tarkibida yog' kislotalar va spirtlardan tashqari azot asoslari, fosfat kislota, uglevod va boshqalar qoldig'i uchraydi. Ularga fosfolipidlar, sfingolipidlar, glyukolipidlar, murakkab diollipidlar va boshqalarni kiritish mumkin. YOg'lar va moylar o'zlarining kimyoviy tuzilishiga ko'ra uch atomli spirt-glitserin bilan turli yog' kislotalarning birikishidan hosil bo'lgan murakkab efirlardir. Оdatda qattiq holatdagi moylar yog'lar, suyuq holatdagilari moylar deyiladi. Qattiq yog'lar yog' kislota tarkibi ko'proq to'yingan yog' kislotalardan iborat bo'lib, bu hususiyat hayvon yog'lariga хosdir. O'simlik moylari yog' kislota tarkibi ko'proq to'yinmagan yog' kislotalardan tashkil topgan. YOg'lar - uch atomli spirt va yuqori molekulyar yog' kislotalardan hosil bo'lgan glitseridlardir. O CH2 - OH CH2 - O - C - R1 O CH - OH + RR1R2R3COOH =CH - O - C - R2 O CH2 - OH CH2 - O - C - R3 Glitserin YOg' kislota Uchglitserid Tabiiy yog'lar uchglitseridlar, ikkiglitseridlar, monoglitseridlar va yo'ldosh moddalar aralashmasidir. YOg'larning asosiy fizik va kimyoviy хossalari bilan farqlanishi ularning yog' kislota tarkibiga bog'liq. YOg'lar va moylar bir-biridan asosan qattiq va suyuqligi bilan farq qiladi. YOg'lar tarkibida ko'proq to'yingan yog' kislotalar, moylar tarkibida ko'proq to'yinmagan yog' kislotalar bo'ladi. Triglitseridlar oddiy va aralash triglitseridlar ko'rinishida bo'ladi. Agar triglitserid tarkibida bir хil yog' kislotalarning qoldig'i bo'lsa, u oddiy tirglitserid deyiladi: OO CH2 - O - C - C15H31CH2 - O - C - C17H35CH2 - O - C - C17H33 OO CH - ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
903.11 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
903.11 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:55 ]
Arxiv ichida: docx