Lipidlarning umumiy tasnifi. Lipidlarning hazm bo'lishi

Lipidlarning umumiy tasnifi. Lipidlarning hazm bo'lishi

O'quvchilarga / Kimyo
Lipidlarning umumiy tasnifi. Lipidlarning hazm bo'lishi - rasmi

Material tavsifi

Lipidlarning umumiy tasnifi. Lipidlarning hazm bo'lishi Reja: 1. Lipidlarning umumiy tavsifi va tasnifi. 2. Lipidlarning asosiy sinflari. 3. Yog'larning hazm bo'lishi va ichakda so'rilishi 4. Yog'larning qonda tashilish shakllari. 1. Lipidlarning asosiy sinflari. Lipidlar (yunoncha Lipos-yog'lar) o'simlik va hayvonot olamida keng tarqalgan moddalarning eng asosiy guruhlaridan biri. Lipidlar sinfiga tegishli birikmalarning asosiy umumiy xususiyati shundaki, ular qutblanmagan erituvchilarda(masalan, etanol, xloroform, efir, aseton, benzol, dixloretan, petroley efiri va boshqalarda) yaxshi erib, suvda deyarli erimaydi, suv molekulalari bilan bog'lanmaydi. Shuning uchun ular gidrofob - suvdan qo'rqadigan moddalar qatoriga kiritiladi. Lipidlarning turli xil tasniflari mavjud: strukturali, fizik-kimyoviy va biologik yoki fiziologik. 1.Strukturasi bo'yicha lipidlar quyidagicha bo'linadi: I. Oddiy lipidlar qatoriga yog'lar, moylar va mumlar kiradi. Ular lipidlarning eng ko'p tarqalgan va sodda vakillaridir. Yog'lar va moylar ximiyaviy tuzilishiga ko'ra uch atomli gliserin bilan turli yog' kislotalarning birikishidan hosil bo'lgan murakkab efirlardir. Ular faqat oddiy sharoitdagi konsistensiyalari bo'yicha bir-biridan farqlanadi: ko'pincha qattiq konsistensiyali vakillari esa moy deb yuritiladi. Mumlar yuqori molekulali yog' kislotalarni yuqori yog' deb, suyuq konsistensiyali molekulyar bir atomli spirt bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. II.Murakkab lipidlar guruhi bir-biridan ancha farqli ko'p komponentli geterogen birikmalarni o'z doirasida birlashtiradi. Murakkab lipidlarning eng muhim katta guruhi fosfolipidlar tarkibida murakkab efir shaklida birikkan yog' kislotadan tashqari, azot tutuvchi komponent va fosfat kislota mavjud. Ularning strukturasi fosfoasilgliserinlarning azot asoslaridan xolin yoki kefalin bilan bog'lanishidan hosil bo'ladi. Tarkibida azot sifatida sfingozin saqlovchi sfingolipidlar fosfolipidlar guruhiga yaqindir. Murakkab lipidlarning yana bir turi tarkibida uglevod komponenti tutuvchi glikolipidlar-serebrozidlar va gangliozidlar guruhidir. Yog'lar, mumlar, fosfolipidlar va sfingolipidlarning murakkab efir bog'lari ishqor ta'sirida oson gidrolizlanadi. Ishqor ta'sirida gidrolizlanmaydigan guruhlariga-ko'p halqali spirtlar-sterinlar va ularga yaqin birikmalar-steridlar, xlorofill, karotin va karotinoidlar deb atalgan o'simlik pigmentlari, A, D, E va K vita'minlar kiradi. Lipidlarning ko'plari qon plazmasida oqsil bilan bog'langan kompleks lipoproteinlar shaklida bo'ladi. Bu komplekslarning asosiy lipid komponentini xolesterin va fosfolipidlar tashkil qiladi. 2.Lipidlarning fizik-kimyoviy xossalari bo'yicha bo'linishida ularning qutblilik darajasi hisobga olinadi. Bu belgisiga ko'ra lipidlar neytral(qutbsiz) va qutblilarga bo'linadi. Birinchi turga zaryadga ega bo'lmagan lipidlar kiradi. Ikkinchisiga esa zaryadga ega va qutblangan lipidlar, masalan, fosfolipidlar, yog' kislotalari kiradi. 3.Fiziologik ahamiyatiga ko'ra lipidlar rezerv va struktura lipidlarlarga bo'linadi. Rezerv (zahira) lipidlar katta miqdorda to'planadi va keyin organizmning energetik ehtiyojiga ko'ra sarflanadi. Rezerv lipidlarga asilgliserinlar kiradi. Boshqa hamma lipidlar esa struktura lipidlarlarga mansub. Ular biologik membranalar qurilishida, o'simlik va hayvonlarning tashqi himoya qoplamida va umurtqalilar terisining tuzilishida ishtirok etadi. Lipidlar odam orgnizmi massasining o'rtacha 10-20 % ini tashkil qiladi. O'rtacha katta odam tanasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.61 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.61 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga