MAVZU: Lizin aminokislotasini ishlab chiqarish texnologiyasini mikrobiologik usuli Ishning maqsadi: Texnologiyalar va biotexnologik hamda hozirgi zamon so'nggi yutuqlaridan foydalanilgan holda mikrobilogik usul asosida lizin aminokislotasini ishlab chiqish texnologiyasini tuzish Ishning vazifalari: Aminokislotalarning qo'llanilish sohalari; Aminokislotalarni olishning mikrobiologik usuli; Mikroorganizmlarning aminokislota hosil qilish hususiyatlari; Lizin olishning texnologik jarayonlari bosqichlar; Lizin ishlab chiqarishning texnologik chizmasi. Xalq xo'jaligi va tibbiyotda turli xil aminokislotalar keng miqyosda qo'llanilmoqda. Aminokislotalarni qishloq xo'jaligida hayvonlar oziqalarida qo'llashdan tashqari oziq ovqat sanoatida ham keng foydalanish mumkin. Ular qator polimer xom-ashyolar tayyorlashda masalan, sintetik teri, qator maxsus tolalar va oziq ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun plyonkalar tayyorlashda foydalaniladi. Ba'zi bir aminokislotalar yoki ularni ishlab chiqaruvchilarning insektisid ta'siri o'rganilgan. Metionin yoki -aminomoy kislota dorivor vositalar sifatida keng qo'llaniladi. Ayni vaqtda jahon miqyosida aminokislotalar ishlab chiqarish yiliga bir necha million tonnani tashkil etmoqda. Jahon miqyosida L-glutamin kislota, L-lizin, DL-metionin, L-asparagin va glisin ishlab chiqarish yetakchi rol o'ynaydi. Mikrobiologik sintez asosida ko'plab aminokislotalarni olish ayni vaqtda istiqbolli va iqtisodiy samarali usul hisoblanadi. Aminokislotalarni mikrobiologik usulda sintez qilish ko'pchilik mikroorganizmlarning oziqa muhitida ushbu mahsulotlarni yuqori darajada to'plashiga asoslanadi. Mikroorganizmlar orasida yuqori darajada glutamin kislota hosil qilish xususiyatiga ega bo'lgan qator bakteriyalar, achitqi va zamburug' turlari mavjud. O'rganilgan ko'pchilik mikroorganizmlarning shtammlari, ularning sistematik holatiga bog'liq bo'lmagan holda L-alanin va glutamin kislotani ko'p miqdorda sintez qilishi aniqlangan. Juda ko'plab shtammlar esa asparagin kislota, leysin, valin, izoleysin va lizinni juda kam miqdorda sintez qilishi o'rganilgan. Sanoat asosida lizin va boshqa xil aminokislotalarni olish, qat'iy rejimdagi aseptik sharoit, steril oziqa muhiti va produtsentning toza kulturasidan foydalanishni talab etadi. Mikroorganizmlarning aminokislotalar to'plash xususiyatlari Mikroorganizmlarning aminokislotalar to'plash xususiyati va turlararo korrelyatsiyasi qat'iy ko'rinishda bo'lmaydi. Aminokislota produtsentlarining ko'pchiligi grammanfiy sporasiz bakteriyalar bo'lib, ular Corynebacterium, Micrococcus, Arthrobacter, Brevibacterium turkumlariga mansubdir Brevibacterium Micrococcus Arthrobacter Corynebacterium Lizin olishning texnologik jarayonlari quyidagi bosqichlardan iborat: ekish materialini olish; oziqa muhitini tayyorlash va sterillash; barcha uskunalar, kommunikatsiya va havoni tayyorlash hamda sterillash; fermentatsiya; L-lizinni ajratish. Lizin ishlab chiqarishning texnologik chizmasi ЭВЦ- 6.3-1 K rusumli fermentyor 1- Maxsulot 2- Jarayon 3- Cho'kma 4- Idish 5-Кorpus 6- Bug' 7-Nasos 8- Uzluksiz 9- Lizin Oziqa muhitini isitish kolonkasi 1- Bug' taqsimlagich 2- Тroynik 3- Prokladka 4- Qopqoq 5- Кorpus 6- Tarqatish zonti Process Engineering Company firmasi tomonidan ishlab chiqilgan barbatyorli fermentyor barbatyor 2. Issiqlik almashinuv Turbinali ko'p yariusli aralashtirgich Pastki qism Aeratsiyalovchi qism Кo'pik o'chirgich 7. Fermentyorni tutgich XULOSALAR Zamonaviy mikrobiologik usullardan foydalanib hozirgi davrda oziq-ovqat sanoati tibbiyot va farmasevtika uchun va shu bilan birga qishloq xo'jaligi sanoatlari uchun ko'p miqdorda ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
788.95 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:55
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
788.95 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:55 ]
Arxiv ichida: pptx