Lizin ishlab chiqarish texnologiyasi

Lizin ishlab chiqarish texnologiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Lizin ishlab chiqarish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Lizin ishlab chiqarish texnologiyasi Reja: 1. Aminokislotalar ishlab chiqarish 2. Lizin ishlab chiqarishda xom-ashyo 3. Lizin olish texnologiyasi Keyingi yillarda xalq xo'jaligida, meditsinada, kimyo sanoatida, oziq-ovqat sanoatida turli xil aminokislotalar keng miqyosda qo'llanilmoqda. Yildan yilga o'rni qoplanmaydigan aminokislotalarga talab oshib bormoqda. Turli xil aminokislotalarga talab oshganligi sabali ularni qiymati va qimmatlilik darajasi ortmoqda. Ba'zi bir oziq ovqat va ozuqa mahsulotlari o'zida almashinmaydigan aminokislotalarni xususan, lizinni etarli miqdorda saqlamaydi. LOREM IPSUM Aminokislotalar olishning asosiy usullari, ya'ni ular o'simlik xom ashyolari oqsili gidrolizatlaridan. ekstraksiyalash, kimyoviy sinez, o'suvchi hujayralardan mikrobiologik sintez, mikroorganizmlardan ajratilganfermentlar yoki immobillangan mikrob hujayralaridan foydalanish va boshqalar. Ko'plab aminokislotalami mikrobiologik sintez asosida olish ayni vaqtda istiqbolli va iqtisodiy samara bermoqda. Aminokislotlarni mikrobiologik sintezdan tashqari yuqorida keltirilganidek, o'simlik va hay von xom ashyolari saqlagan tabiiy oqsillar gidrolizi yo'li orqali olish mumkin. Bu usulning asosiy kamchiliklaridan biri oqsilli oziqa yoki oziq ovqat mahsulotlari sifatida foydalanish mumkin bo'lgan xom ashyolardan foydalanilishidir. Lizin aimnokislotasini ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo vazifasini mikroorganizmlar, bakteriyalar sintez qiladi. Aminokislotalarni tayyor oqsillarni sintez qilish orqali ham olinadi. Oqsillarni ferment prorotein gidrolaza ta'sirida gidrolizlash natijasida ham olinadi, Pepsin fermenti oqsillarni tez fermentativ gidroliz qiladi. Natijada hosil bo'lgan aminokislotalar fraksiyalash orqali bir biridan ajratib olinadi. Aminokislotalarni biosintezi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini har xil taksonomik guruhga mansub bo'lgan mikroorganizmlardan foydalaniladi. Masalan, lizin va glyutamin kislotasini sintezi uchun Corunebacterium glutamicum va Brevibasterium flavum bakterialari ishlatiladi. Lizin ishlab chiqarish boshoqli o'simliklarni (bug'doy, arpa, makkayjo'hoxori va boshqalar) urug'laridan olinadigan oqsillar almashinmaydigan aminokislotalar miqdori bo'yicha, ayniqsa lizin miqdori bo'yicha FAO (Food and Agriculture Organization) etaloni talablariga javob bera olmaydilar. Shuning uchun ham bir qator mamlakatlarda (Yaponiya, AQSH, Frantsiya, Ispaniya, Rossiya, Latviya) bu aminokislotani (lizinni) sanoat asosida ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Ma'lumki, lizinning ikki xil optik faollikdagi D-L-shakllari mavjud .Lizin odam va hayvonlar organizmida qator o'ta muhim biokimyoviy funksiyalarni bajaradi, hujayrada kalsiy transporti, ovqat hazm qilish fermentlari sekretsiyasini va umumiy azot nisbatini oshirishni ta'minlaydi. Aminokislotalar sintez qiluvchi mikroorganizmlarning ko'pchiligi klassik mikrobiologiya usullaridan foydalanib, tanlab olinganlar, ya'ni ular mutantlar hisoblanadilar. Past molekulyar og'irlikga ega bo'lgan birikmalarni superprodutsentlarini yaratish strategiyasi unchali yaxshi yo'lga qo'yilmagan bo'lsada, ba'zi aminokislotalarni produtsentlari gen-muhandislik usullari yordamida yaratilgan va ulardan ishlab chiqarish miqyosida foydalanib kelinmoqda. Kimyoviy yo'l bilan, sintez orqali olinadigan aminokislotalarni qismi hozircha ko'proq. Masalan, keng miqyosda ishlatiladigan aminokislotalardan glitsin va metionin asosan kimyoviy sintez yo'li bilan ishlab chiqiladi. Hayvonlar ozuqasini me'yoriga keltirish uchun ba'zi bir aminokislotalar sof holda qo'shilishi shart, chunki ularni miqdori ozuqalar tarkibida me'yoridan juda ham oz. Dunyoda har yili 300 ming ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.56 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:55 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.56 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga