Ma'danli tuzlar va o'g'itlar ishlab chiqarish

Ma'danli tuzlar va o'g'itlar ishlab chiqarish

O'quvchilarga / Kimyo
Ma'danli tuzlar va o'g'itlar ishlab chiqarish - rasmi

Material tavsifi

Madanli tuzlar va o'g'itlar ishlab chiqarish Reja: Mineral o'g'itlarning ahamiyati, olinishi. O'g'itlarning sinflarga bo'linishi. Azotli o'g'itlar ishlab chiqarish Ammoniy nitrat ishlab chiqarish Kabamid (mochevina) ishlab chiqarish. Fosforli o'g'itlar ishlab chiqarish. Fosfat kislota va qo'sh superfosfat ishlab chiqarish. Kompleks o'g'itlar Kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarish. Mikroo'g'itlar. 1. Mineral o'g'itlarning ahamiyati, olinishi. Yer shari yuzasining 10% ga yaqin qismiga qishloq xo'jalik ekinlari ekiladi. Ekin maydonlarining bundan kengaytirishning iloji yo'q hisobi. Ammo planetamiz aholisi to'xtovsiz o'sib bormoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun hosildorlikni ancha oshirish zarur. Buning eng muhim yo'llaridan biri mineral o'g'itlardan foydalanishdir (ularni to'q ham deyiladi ). O'g'it-bu o'simliklar oziqlanishini yaxshilashga va tuproq unimdorligini oshirishga mo'ljallangan modda. Mineral o'g'it deb tarkibida o'simlikni rivojlanishi va tuproq unumdorligini oshirish uchun zarur bo'lgan element saqlovchi, barqaror va yuqori hosil olish maqsadida foydalanadigan tuzlar va boshqa anorganik, sanoat va qazilma mahsulotlarga aytiladi. O'simlik to'qimalarining hosil bo'lishi, uning o'sishi va rivojlanishida 70 dan ortiq kimyoviy element ishtirok etadi. Ulardan eng asosiysi uglerod, kislorod vavodorod bo'lib,o'simlik quruq massasining 90% ni tashkil etadi; ulardan eng asosiysi uglerod kislorod va vodorod bo'lib o'simlik kuruk massasining 90%ni tashkil etadi; 8-9% o'simlik massasinin esa azot fosfor,kaliy, magniy,oltingugurt natriy kaltsiy tashkil etadi. Bu unta element mikro elementlar deyiladi. Qolgan 1-2%ni bor, temir, mis, marganets, rux, molebden, kobalt va boshqalardan iboratdir.Bular o'simliklarga juda kam miqdorda (0,001%-0,001%) kerak bo'ladi. Shuning uchun ularni mikroelementlar deyiladi. O'simliklar bu elementlardan uglerod, kislorod va vodorodning ko'p qismini xovo va suvdan olsa kolganlarini tuproqdan oladi. O'simlik olgan elementlarining ko'pgina qismi tuproqqa qaytmaydi,hosil bilan olib ketiladi. Masalan, 1tonna makkajo'xori 14 kg azot, 2,5 kgfosfor,3,5 kg kaliy, 1,5 kg oltingugurtni tuproqdan o'zi bilan birga olib ketadi. Tuproq elementlarining ancha qismi suv bilan yuvilib ketadi va tuproq komponentlari bilan o'zaro ta'sirlashib o'simlik o'zlashtiraolmaydigan holatga keladi. Natijada ekiladigan erlarda o'simlik oziqasi takchilligi paydo bo'ladi, tuproq unumdorligi kamayib ketadi. Agar anashu yo'qotilgan elemenetlar o'rni tuproqqa o'g'it solish bilan to'ldirib turilmasa, hosildorlik keskin kamayib ketadi. Shuning uchun ham o'g'it ishlob chiqarishga katta etibor beriladi. O'g'it ishlatish tufayli qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligi 50-60% gacha oshirish mumkin bo'ladi. Masalan, planetamizda olinadigan oziq-ovqatning taxminan chorak qismi, paxtaning teng yarmi faqat o'g'itlar evaziga olinmoqda. O'g'itlar tarkibidagi oziqa elementlari, ayniqsa azot, o'simliklarni mineral oziqlanishida katta rol o'ynaydi. U oqsil va nuklein kislotalari tarkibiga kiradi.Azot o'simliklarda fotosintez jarayonini amalga oshiradigan modda-xlorofill tarkibiga ham kiradi. Qaysikim o'simliklar uning yordamida anorganik moddalardan organik moddalrni sintezlaydi. Fosfor o'simliklarning nafas olishi va ko'payishida katta rol o'ynaydi. U o'simlikning hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan moddalar (fermentlar, vita'minlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 77.94 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 77.94 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga