Mahmud Temurovich Primqulov

Mahmud Temurovich Primqulov

O'quvchilarga / Kimyo
Mahmud Temurovich Primqulov - rasmi

Material tavsifi

Mahmud Temurovich Primqulov Turon Fanlar akademiyasining akademigi, texnika fanlari doktori, professor Mahmud Temurovich Primkulov 1939 yil 14 martda xizmatchi oilasida tug'ilgan. U o'rta maktabni bitirgandan so'ng Toshkent To'qimachilik institutining kimyo - texnologiya fakultetiga o'qishga kiradi va uni 1966 yilning yanvar oyida muvafaqqiyatli bitiradi. Unga kimyogar -texnolog mutaxassisligi beriladi. Institutni bitirgandan so'ng Toshkent-dagi Paxta tsellyulozasi kimyosi va texnolo-giyasi ilmiy-tekshirish institutiga (NIIXTTs) ishga yuboriladi. 1966 yilning dekabrida shu institut aspiranturasiga qabul kilinadi. Bir Yildan so'ng Moskvadagi «Kimyoviy tolapar» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga (NPO ximvolokno) ilmiy ishini davom ettirish uchun yuboriladi. U yerda professor A.T. Serkov rahbarligidagi polinoz va kord viskoza tolasi ilmiy bo'limida aspiranturani tugatib, 1972 yilda -«Viskoza kord tolasini shakllantirishda strukturlanish kinetikasini tadqiq qilish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoklagan. So'ngra Paxta tsellyulozasi kimyosy va texnologiyasi ilmiy-tekshirish institutida dastlab kichik, katta ilmiy xodim, sektor, laboratoriya, budim mudiri, bosh injener, tajriba zavodi asosida tashkil etilgai «Tsellyuloza enterprays» ko'shma korxonasida direktor lavozimlarida ishlagan. Shu vaqtlarda ilmiy izlanish ishlarini davom ettirib, «Razrabotka intensifitsirovannix protsessov formovaniya niti i jguta iz atsetatov tsellyulozi» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini Moskvadagi «NPO ximvolokno»da 1989 yilda yoklagan. NIIXTTs institutida ishlab yurgan vaqtlarda M. Primkulov rahbarligida atsetat tolalarini olish texnologiyasinn takomillashtirish natijasida (1980 - 1990) bir qancha yangi assortiment iplar yaratildi: hajmdor ip, «Traytselon», «Daytselon» nomli atsetokapron aralash iplarini olish texnologiyasi yaratildi va sanoatga tatbik etildi. Akademik Kurcxatov nomidagi Atom instituti talabiga binoan tabiiy gazlardagi metan, etan, propan aralash gazlarini bir-biridan ajratish maqsadida yarim o'tkazgich membrana vazifasini bajaruvchi, naysimon atsetat tolasini olish texnologiyasi yaratilib, naysimon tola olindi va institut sharoitida yaratilgan qurilmada keng sinovdan o'tkazish maqsadida talabgorga jo'iatildi (M.T. Primkulov, A.Yu. Otajonov, T.G'. G'ulomov). 1980 - 1990 yillarda atsetat tolalari ishlab chiqarishda atsetat tsellyulozaning kontsentrlangan eritmasini filtrlashda avval paxtadan tayyorlangan «gamdja» (marlya+paxta+marlya) filtr materiali qo'llanilar edi. Bu materialdan yangi noto'qima (viskoza tolasi asosida) material olish texnologiyasi Serpuxov shahridagi VNIINM instituti xodimlari bilan birgalikda ishlab chikildi va Kirovakan, Farg'ona, Engels, Serpuxov, Kaunas shaharlaridagi atsetat tolalari ishlab chiqaruvchi zavodlarda ishlab chiqarishga tatbik etildi (M.T. Primkulov, H.U. Mahsudxonov). Atsetat tolalarini olish mashinalarining tezligini oshirish, iplarni kalavaga qabul qiluvchi qismlaridagi o'ralgan ip massasini 1,5-2 baravargacha oshirish ustida ilmiy-tadqiqot va texnologik ishlar olib borildi. Natijada o'ta ingichka tolali ip olish uchun yangi filera yaratildi, ip olish mashinasining tezligi 450 dan 550 - 600 mmin ga etkazildi. Fargona kimyoviy tolalar zavodida 100 dan ortik yangi yaratilgan ipni qabul qiluvchi veretyonalar yaratilib (Vinitsa elektrotexnika zavodi bilan birgalikda) keng miqyosda sinovdan o'tkazildi (M.T. Prim qulov, H.U. Mahsudxonov). Kirovakan kimyoviy tolalar zavodidagi sigaret ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.88 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.88 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga