Makromolekula zanjirining tuzilishi

Makromolekula zanjirining tuzilishi

O'quvchilarga / Kimyo
Makromolekula zanjirining tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Makromolekula zanjirining tuzilishi Yuqori molekulyar birikmalar molekulasi oddiy bo'g'inlardan tashkil topgan bo'lib, ular quyidagicha o'zaro bog'langan bo'ladi: A A A A A yoki ( A )n bu yerda, A takrorlanuvchi zveno; n bo'g'inlar soni bo'lib, polimerlanish darajasini ifodalaydi. Polimerlanish darajasi polimerning molekulyar massasi (M) va monomer molekula massasi (m) , bilan o'zaro; P = M m nisbatda bog'langan bo'ladi. Bundan M = P . m, ya'ni polimerning molekulyar massasi (M) , uning oddiy bo'g'in molekulyar massasi (m) ning polimerlanish darajasi (P) ga ko'paytmasiga teng. Polimerlarni hosil qiladigan quyi molekulyar moddalarni monomerlar deyiladi (mono - bir demakdir). Agar polimer hosil bo'lishida monomer molekulasi to'liq o'zgarmagan holda makromolekula tarkibiga o'tsa, takrorlanuvchi zvenoni monomer bo'g'in deb ataladi. Bir xil tarkibli monomerlardan hosil bo'ladigan makromolekulani gomopolimerlar deyiladi. Polimer hosil bo'lishida turli xil monomerlar ishtirok etsa, turli tarkibli zvenolar ko'p marta takrorlansa, bunday polimerlarni sopolimerlar deyiladi. Masalan, tarkibi turlicha monomer zvenolarni A, B, S deb ifodalasak, ulardan hosil bo'lgan sopolimerlarning tuzilishi quyidagicha bo'ladi: A A B A B B A B A A B yoki A B B C A C C B A B B Sopolimer makromolekulasida ko'p marta qaytariladigan zvenolar joylanishining ketma-ketligi tartibsiz bo'lsa, bunday sopolimer statik sopolimer deb ataladi. Ba'zi sopolimer makromolekulasida monomer zvenolari batartib joylashgan bo'ladi. Masalan: A A A A B B B B A A A A bunday sopolimerlar blok sopolimerlar deyiladi. Makromolekulani asosiy zanjiriga ikkinchi biror - bir monomer zvenolari quyidagicha bog'langan bo'lsa, bunday sopolimerlarga payvand sopolimerlar deyiladi. Endi makromolekulada yonma - yon joylashgan monomer zvenolarini bir - biriga nisbatan turli fazoviy holatlarini (konfiguratsiyalarini) qarab chiqamiz. B B A A A A A A A A A B B B B B B Shuni eslatib o'tish kerakki, bu holatlar « yaqin tartibli » tuzilish deb yuritiladi va o'z navbatida « yaqin tartibli » konfiguratsiyalar sturuktur va fazoviy izomerlarga bo'linadi. Sturuktur izomerlar polimer makromolekulasida monomer zvenolarining bir-biriga nisbatan qanday holatda birikkanligini xarakterlaydi. Odatda bunday birikishlar uch xil bo'ladi. « boshga-bosh »; 2) « boshga-dum »; 3) « dumga-dum ». Agar CH2 = CH tipidagi monomerlarning CH2X gruppasini bosh va CH gruppasini dum deb hisoblasak, yuqorida aytilgan uch xil birikish quyidagi shaklni oladi: nCH2 = CH CH - CH2 - CH2 - CH X X X boshga - bosh birikish nCH2 = CH CH2 - CH - CH - CH2 X X X « dumga - dum » birikish nCH2 = CH CH2 - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.98 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.98 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga