Makromolekulalar hosil bo'lishi Reja: Asosiy ta'rif va tasniflari Sopolimerlarda ham monomerlarning joylashishi tartibli yoki tartibsiz bo'lishi Polimer deb ko'plab atom guruhlar yoki quyi molekulyar birikmalarning (monomer yoki elementar) takroranuvchi zvenolarni zanjirsimon chiziqli va to'rsimon shakllarda reaksion birikib, hosil qilgan turli konfiguratsiya, konformatsiya va yuqori massali ulkan makromolekulaga aytiladi. Bunday yuqori molekulyar birikmalar tabiiy sharoitlarda va kimyoviy reaksiyalar asosida hosil bo'ladi va ular mos ravishda tabiiy va sintetik polimerlar deb yuritiladi. Polimerlarda poli - ko'p va mer - qism degan ma'noni anglatadi va poli old qo'shimchasi monomer nomi oldiga quyiladi, masalan, monomer etilen asosida sintez qilingan polimer polietilen deyiladi. Polimer so'zi kimyoviy sintez qilingan yuqori molekulyar birikmalarga nisbatan qo'llanishi o'tgan asrning 30- yillarida Shtaunger tomonidan tavsiya etilgan. Tabiiy polimerlarni aksariyatini nomlanishi nisbatan oldinroq boshlangan bo'lib, ular turli tabiatshunoslar tomonidan kiritilgan. Masalan, sellyuloza, fibroin, keratin, kollagen, pektin va h.k. Shuni ta'kidlash lozimki, polimer makromolekulasida takrorlanadigan zvenolar to'liqligicha zanjir tarkibiga kirsa monomer (mono - bir) deyiladi va aksincha, zvenolar birikishida qo'shimcha turli elementlar yoki quyi molekulyar birikmalar ajralib chiqsa takrorlanadigan zvenolar monomer emas, balki elementar zveno deb yuritiladi. Monomerlardan farqli elementar zvenolar murakkab tuzilishli, tarkibli va o'lchamli quyi molekulyar birikmalar bo'lib, odatda ular tabiiy polimerlar, jumladan, polisaxaridlar va oqsillarning molekulalari tashkil etadi. Umumiy hollarda elementar zvenolar deyilganda monomer zvenolar ham nazarda tutiladi va aksincha. Polimerdagi monomer (elementar) zvenolar soni n bilan belgilanadi va polimerlanish darajasi (PD) deyiladi. Aynan sintetik polimer polietilen uchun quyidagi monomer asosidagi formula o'rinli bo'ladi [-CH2 - CH2 -]n shuningdek, tabiiy polimerlar tipik vakili polisaxarid sellyuloza uchun Odatda monomer zveno nisbiy molekulyar massasi (Mo) deb belgilanadi va n ga bo'yicha polimerning nisbiy molekulyar massasi (M), ya'ni M = nMo topiladi. Bunda n ning miqdori bir necha donadan 100 va undan ortiq bo'lishi mumkin. Demak, n ga, ya'ni polimerlanish darajasiga bog'liq holda polimerning molekulyar massasi turlicha bo'ladi va shartli ravishda quyidagi toifalarga bo'linadi: M = 500 ÷ 100 bo'lsa oligomer, undan yuqori M = 100 ÷ 500 bo'lsa yuqori molekulyar birikma deyiladi. Yuqori molekulyar birikmalar ham molekulyar massalarga nisbatan quyi molekulyar massali (M = 100 ÷ 500), o'rtacha molekulyar massali (M = 500 ÷ 500), yuqori molekulyar massali (M = 500 ÷ 500), polimerlar ham deb yuritiladi. Eng yuqori molekulyar massali polimerlar sirasiga DNK molekulasi kiradi va hozirda ushbu ulkan makromolekulagina shaklini elektron mikroskopiyada ko'rishga erishilgan. Polimerlar molekulasida bir xil monomerlar takrorlanib kelsa, bunday birikma gomopolimer, agar har xil monomerlar bo'lsa - sopolimer deyiladi. Shuningdek, monomerlarning birikishiga qarab makromolekula chiziqli, tarmoqlangan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:55 ]
Arxiv ichida: doc