Makromolekulyar fraksiyalar Polimerda bir xil molekulyar massali makromolekulalar to'plami fraksiya tashkil etadi va bunday fraksiyalar soni o'nlab bo'lishi mumkin. Ayrim tabiiy polimerlanish reaksiyalarini hisobga olmasak, odatda, barcha chizig'iy polimerlarni sintezi paytida massalari bir xil bo'lgan makromolekulalar bilan bir qatorda, massalari turlicha bo'lgan makromolekulalar ham hosil bo'ladi. Sintez mahsulidan yakka polimer molekulasini ajratib olish ancha mushkul, ammo bir xil massali makromolekulalar to'plamini ajratish mumkin. Bunday makromolekulalar to'plamini ajratib olish polimerni fraksiyalash deyiladi. Sintez mahsuli fraksiyalanmagan polimer hisoblanadi va uni 10-15, ayrim hollarda bundan ham ko'proq fraksiyalarga ajratish mumkin bыladi. Bu fraksiyalar bir biridan o'zining hajmiy yoki massaviy ulushi, hamda makromolekularining ma'lum massa miqdoriga ega bo'lishi bilan farq qiladi. Ayni paytda fraksiyalar molekulyar massalarini nisbiy farqi polimer molekulalarining polidispersligini belgilaydi. Bu esa polimer molekulalarining massasini o'rtacha qiymatini aniqlashga va uni polimerning molekulyar massasi deb amaliyotga qo'llashga imkon beradi. Polimerlar eruvchanligi molekulyar massalariga, ya'ni fraksiyalariga bog'liq bo'ladi. Preparativ fraksiyalashning ko'pgina usullari mavjud bo'lib, ular ichida eng ko'p joriy etilgani bu turli molekulyar massali polimerlarni eruvchanligi bo'yicha farqi orqali frakqiyalarga ajratishdir. Polimerlarning eruvchanligini o'zgarishiga erituvchining sifatini o'zgartirish orqali erishish mumkin. Buning uchun yaxshi erituvchiga yomon erituvchi qo'shish yoki haroratni o'zgartirish usulini qo'llanadi. Umuman olganda fraksiyalashning asosiy uch usuli mavjud: fraksiyalarga bo'lib cho'ktirish,fraksiyalaberitish va haroratni o'zgartirishbilan fraksiyalash. Bundan tashqari keyingi paytlarda fraksiyalashni tezkor usuli bo'lgan xromatografiya keng qo'llanilmoqda. a) Fraksiyalarga bulib cho'ktirish. Buning uchun odatda polimerning to'liq yaxshi erigan 1 % shaffof eritmasi tayyorlanadi. Eritmaga oz-ozdan cho'ktiruvchi qo'shib jadal tarzda aralashtirib boriladi va bu jarayon eritma xira tusga kirguncha davom ettiriladi. Bu hol eng yuqori molekulyar massali fraksiyani erigan holatidan erimagan, ya'ni cho'kma holatiga o'tayotganidan dalolat beradi. Eritma barqaror xira tusga kirgach, aralashtirish to'xtatiladi va doimiy haroratda ushlab turiladi. Eritma shaffof va cho'kma fazalarga ajraladi hamda cho'kma ajratib olinadi va u eritmadagi polimer molekulalarning yuqori massali fraksiyasi hisoblanadi. Qolgan shaffof eritmaga yana oz-ozdan erituvchi qo'shib boriladi va keyingi esa yuqoridagi singari fraksiya ajratib olinadi. Bu jarayon ko'plab marta takrorlanib, o'nlab fraksiyalar olinadi. Odatda 30 tagacha fraksiyalar olinadi. Fraksiyalarni massalari va o'rtacha molekulyar massalari aniqlanadi hamda molekulyar-massali taqsimoti tuziladi. b) Fraksiyalaberitish. Tarkibi har xil molekulyar massali, polimolekulyar polimer ketma-ket tarzda erituvchi va cho'ktiruvchidan iborat binar suyuqlikda bo'ktiriladi hamda polimerni nisbatan kichikroq molekulyar massali fraksiyasini erishi amalga oshiriladi. Erigan fraksiya binar suyuqlik tarkibidan cho'ktirib ajratib olinadi. Shu tariqa keyingi molekulyar massasi yuqoriroq bo'lgan fraksiyalarni ajratib olish uchun binar suyuqlikdagi cho'ktiruvchi miqdori kamaytirib boriladi. Buning natijasida erituvchining termodinamik sifati yaxshilanib boriladi va borgan sari yuqori molekulyar massali fraksiyalarni ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.34 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.34 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:55 ]
Arxiv ichida: doc