Malik Nabiev (1913-1992) Malik Nabiev - o'zbek xalqining ajoyib farzandi, yetuk olim, mohir pedagog, I faol jamoat arbobi, o'g'itlar, defoliantlar, qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan kimyoviy birikmalar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi olimlarning mehribon ustozi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti lauriyati, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi, texnika fanlari doktori, professor, O'zbekiston FA akademigi. M. Nabiev 1913 yilning yanvar oyida Toshkentda kambag'al dehqon oilasida dunyoga keldi. O'rta Osiyo Politexnika institutining ikkinchi bosqichini tugatgan yosh Malik muxandie-kimyogar mutaxassisligi bo'yicha Toshkentda o'qituvchilar yetishmasligi tufayli, Ivanovo shahriga yo'l oladi. U yerda qo'shimcha imtihonlar topshirib, uchinchi bosqichga qabul qilinadi. Alo o'qib diplom olgan M. Nabiev yullanma bilan Chirchiq kimyo kombinatiga ishga keladi. Lekin yetuk muhandis- kimyogar bo'lishi uchun bilimi stishmasligini sezgan yosh mutaxassis Moskvaga yo'l oladi. Bir necha kun vokzaplarda yotib yurib og'ir sanoat narkomi (S. Orjonikidze) kabuliga kirib. hakiqiy muhandis tayyorlaydigan korxonaga yuborishini so'raydi. Narkom uning qatiyatliligini sezib Donbasdagi Gorlovka «Azotli o'g'itlar ishlab chiqarish» zavodiga ishga yo'llaydi. U 1935 - 1940 yillar davomida katga muhandis lavozimida ishladi. M. Nabiev 1938 yili birinchilardan bo'lib «Kimyo sanoati xalq komiteti alochisi» nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu zavod ishchi jamoasidagi besh yillik faoliyat M. Nabievnpng kelajakda yetuk mutaxassis bo'lib etishishida muhim asos bo'ldi. 1940 yil yanvarida 27 yoshida M. Nabiev «Chirchiq elektrokimyo kombinati» ning ishga tushirilishi munosabati bilan Toshkentga yuborildi va ushbu kombinatda bosh muqandis sifatida ish boshladi. Bu yerda u asosiy etiborini malakali ishchi mutaxassislar tayyorlashga qaratdi. Ikkinchi jahon urushi yillarpda frontga ketgan ishchilar o'rpiga yosh mutaxassislarni tayyorlashda, shu bilan bir qatorda kombinatning birinchi va ikkinchi bosqichlarini ishga tushirishda faollik ko'rsatdi. Bu vaqtga kelib, kombinat jamoasi Toshkent shahridagi oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlari, kolaversa, ko'chirib kelingan Xarkov Politexnika instituti, GIAP va boshqa ko'pgina birlashmalar jamoasi bilan qamkorlakda hamda Ukraina FA akademigi V.I.Atroshenno, Pedagogika fanlari Akademiyasi akademigi D.A. Epshgeyn, FA muxbir a'zolari I.A. Kazarnovskiy va N.A. Izgarishev ishtirokida front uchun kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish borasida izlanishlar olib bordi. M. Nabiev 1944 - 1945 yillarda 31 yoshida o'rindoshlik asosida O'rta Osiyo Industrial instituti (hozir TDU) «Ioorganik moddalar texnologiyasi» kafedrasini boshqardi, keyinchalik ushbu kafedrada dotsent lavozimida ishladi. Ushbu davrda olim tomonidan ammiakli selitra qovushqoqligiga qo'shimchalarning ta'sir etish mexanizmining nazariy asoslari ishlab chikildi. Qaratau fosforitlarini va apatit kontsentratami azot kislotasi bilan ishlov berish orqali olingai 1'AP va RFM moddalarini ammiakli selitraning fizik - kimyoviy va mexanik xossalariga ta'sirini o'rganish natijalari 1949 yilda Chirchiq Elektrokimyo kombinatida ishlab chiqarishga joriy qilindi. Ko'rsatilgan ishlanma M.N.Nabievning nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi bo'ldi va uni 1951 yilda himoya ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.65 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.65 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:55 ]
Arxiv ichida: docx