Marganes va uning birikmalari

Marganes va uning birikmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Marganes va uning birikmalari - rasmi

Material tavsifi

Marganes va uning birikmalari Marganesning yadro zaryadi (Z) 25 ta teng bo'lib, uning bir barqaror tabiiy va 10 ta sun'iy izotopi bor. Marganesning tabiatda eng ko'p uchraydigan birikmasi pirolyuzit MnO2 dir. Bundan tashqari MnO3, Mn3O4, MnS, MnS2, MnCO3 kabi birikmalar holida uchraydi. Metallurgiyada qora metallarga qo'shish uchun ferromarganes olinadi, ferromarganes marganesning temir bilan hosil qilgan qotishmasi bo'lib, uning tarkibida ozgina uglerod bo'ladi, MnO2 bilan ugleroddan pirometallurgiya usulida olinadi. Toza marganes olish uchun Mn (II) tuzlarining suvdagi eritmasi elektroliz qilinadi. Laboratoriyada Mn ni MnCl2 ning konsentrlangan eritmasiga natriy amalgamasini ta'sir ettirib olinadi. Mn cho'kmasini maxsus idishda 400 C gacha qizdirib, Mn ni simobdan tozalab olish mumkin. Marganes oq tusli og'ir va qattiq metall, havoda yupqa oksid parda hosil qiladi, lekin kukun holidagi marganes oson oksidlanadi. Marganes vodorod bilan birikmaydi, galogenlar bilan oson, S, N, P va C bilan qizdirilganda birikadi. Marganes kislorod bilan temperaturaga bog'liq ravishda turli mahsulotlarni hosil qiladi. Po'lat tarkibidagi marganes muhim legirlovchi qo'shimcha hisoblanadi, tarkibida 11-14% marganes bo'lgan po'lat yedirilishga juda chidamli va qattiq bo'lgani uchun undan temir yul relslari, ekskavator qismlari, seyflar, tosh maydalagichlarning sharlari tayyorlanadi. Marganesning mis bilan hosil qilgan qotishmalari puxta va korroziyaga chidamli, undan turbinalar, samolyotlarning vintlari va boshqalar tayyorlashda foydalaniladi, uning elektr o'tkazuvchanligi temperature o'zgarishi bilan o'zgarmaydi, shu sababli elektrotexnikada ahamiyati katta. Marganes va uning birikmalariga oid Kerakli reaktiv va asboblar: o'yuvchi natriy, marganes (II)-sulfat, xlorid kislota, xlorli suv, qo'rg'oshin (IV)oksid, nitrat kislota, marganes (IV)-oksid, sulfat kisota, Texno-kimyoviy tarozi toshlari bilan, shtativ, gorelka, chinni tigel, chinni hovoncha, chinni kosacha, voronka, 100 ml li stakan, shtativ probirkalari bilan Marganes (II)-gidroksidining olinishi va xossalari a) Probirkaga ozroq marganes (II)-sulfat MnSO4 eritmasidan olib, uning ustiga o'shancha miqdorda 2n o'yuvchi ishqor eritmasidan qo'shing. Dastlab qanday rangli cho'kma Mn(OH)2 hosil bo'lishini kuzating. Probirkada hosil bo'lgan aralashmani cho'kmasi bilan chayqating. Mn(OH)2 ning havoda oksidlanishi natijasida qanday cho'kma hosil bo'ladi? Reaksiya tenglamalarini molekula va ion shaklida yozing. b) Ikkita probirka MnSO4 eritmasidan ozginadan olib, ularning ustiga o'shancha miqdorda 2n o'yuvchi natriy eritmasidan qo'shing. Birinchi probirkaga cho'kma eriguncha xlorid kislota eritmasidan ikkinchi probirkaga mo'l ishqor qo'shing.; Bu holda ham cho'kma eridimi? Marganes (II)-gidroksidining xossalar haqida qanday xulosa chiqarish mumkin. Ikki valentli marganesning oksidlanishi Ozroq MnSO4 eritmasi solingan probirkaga 2n o'yuvchi natriy va yangi tayyorlangan xlorli suv yoki bromli suv qo'shing. Aralashmani bir oz qizdiring. Cho'kmaning qo'ng'ir tusga kiritishni kuzating. H2MnO3 kislotasi hosil bo'lishini va bu kislota o'zidan bir molekula suv chiqarib MnO2 ga o'tishini nazarda tutib reaksiya tenglamasini yozing. Probirkaga ozroq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.89 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.89 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga