Marganets. Davriy jadvaldagi o'rni. Atom tuzilishi. Ayrim xossalari

Marganets. Davriy jadvaldagi o'rni. Atom tuzilishi. Ayrim xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Marganets. Davriy jadvaldagi o'rni. Atom tuzilishi. Ayrim xossalari - rasmi

Material tavsifi

Marganes. Davriy jadvaldagi o'rni. Atom tuzilishi. Ayrim xossalari 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 30-mavzu Reja: Olinishi. Fizikaviy xossalari. Kimyoviy xossalari. Kaliy permanganat Olinishi. Marganes oksidini elektr pechlarida kremniy bilan qaytarib, marganes olinadi (alyuminotermiya usuli bilan ham olinadi): Mn3O4 + 2Si → 3Mn + 2SiO2 (3Mn3O4 + 8Al → 9Mn + 4Al2O3) Fizikaviy xossalari. Marganes kumushsimon oq rangli qattiq metall Kimyoviy xossalari. Marganes metallining sirti yupqa oksid parda (Mn2O3) bilan qoplangan holda bo'lganligi sababli, hatto qizdirilganda ham havoda oksidlanmaydi. Suv bilan qizdirilganda tez reaksiyaga kirishadi: Mn + 2H2O = Mn(OH)2 + H2↑ Kislorod bilan haroratning o'zgarishiga qarab MnO, MnO2, Mn2O3, Mn3O4 larni hosil qiladi: 4Mn + 3O2 = 2Mn2O3 Galogenlar, oltingugurt, azot bilan ham reaksiyaga kirishib, MnCl2, MnS, Mn3N2 larni hosil qiladi: Mn + Cl2 = MnCl2 Mn + S = MnS 3Mn + N2 = Mn3N2 Konsentrlangan sulfat va nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganda, vodorod emas, SO2 yoki NO2 ni hosil qiladi: Mn + 2H2SO4 = MnSO4 + SO2 + 2H2O Mn + 4HNO3 = Mn(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O Uni olish uchun kaliy permanganatga sulfat kislota ta'sir ettiriladi. Natijada, hosil bo'lgan Mn2O7 qizdirilganda, MnO2 va O2 ga parchalanib ketadi: 2KMnO4 + H2SO4 = Mn2O7 + K2SO4 + H2O 2Mn2O7 = 4MnO2 + 3O2 KMnO4 - kaliy permanganat. Kaliy permanganat - to'q-qizil rangli kristall modda bo'lib, suvda juda yaxshi eriydi. Tibbiyotda ishlatiladi. Kuchli oksidlovchilik xossasiga ega. Kislotali muhitda: 2KMnO4 + 10KCl + 8H2SO4 = 6K2SO4 + 2MnSO4 + 5Cl2 + 8H2O Ishqoriy muhitda: 2KMnO4 + K2SO3 + 2KOH = K2SO4 + 2K2MnO4 + H2O Neytral muhitda: 2KMnO4 + 3K2SO3 + H2O = 2MnO2 + 3K2SO4 + 2KOH Kaliy permanganat qizdirilganda parchalanadi va bu usuldan laboratoriyada kislorod olish maqsadida foydalaniladi: 2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2 Marganes (VII)-oksidiga mos keluvchi permanganat kislota (HMnO4) kuchli kislota bo'lib, beqaror va u suvda osongina parchalanib ketadi. Marganes va uning birikmalarining xalq xo'jaligida ishlatilishi: Po'lat ishlab chiqarishda Mn Metall buyumlar sirtini qoplashda Qotishmalar tayyorlashda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.23 MB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:55 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.23 MB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga