Markaziy va endokrin bez gormonlarini ta'sir qilish mexanizmi va biologik funksiyalari

Markaziy va endokrin bez gormonlarini ta'sir qilish mexanizmi va biologik funksiyalari

O'quvchilarga / Kimyo
Markaziy va endokrin bez gormonlarini ta'sir qilish mexanizmi va biologik funksiyalari - rasmi

Material tavsifi

Markaziy va endokrin bez gormonlarini ta'sir qilish mexanizmi va biologik funksiyalari Reja: 1. Qalqonsimon va qalqonsimon oldi bez gormonlari. .2. Oshqozon osti bezi. Insulinning ta'sir mexanizmi. 3. Buyrak usti bezi gormonlari va biologik funksiyalari. 4. Jinsiy bez gormonlari 5. Gipotalamo - gipofizar sistema gormonlari 6. Prostaglandinlar. .1. Qalqonsimon va qalqonsimon oldi bez gormonlari. Qalqonsimon bez moddalar almashinuviga turlicha ta'sir etadigan ikki guruh gormonlarni sekretsiya qiladi: 1) Yodtironinlar - tiroksin va triyodtironin energiya almashinuvini boshqaradi va hujayraning bo'linishi hamda differensiyalanishiga ta'sir etib, organizmning rivojlanishini belgilaydi. 2) Kaltsiotonin fosfor-kaltsiy almashinuvini boshqaradi ( u qalqonsimon oldi bez gormonlari bilan birga ko'rib chiqiladi.) Yodtironinlar sintezi. Qalqonsimon bez qovushqoq kolloid suyuqlik bilan to'lgan ko'pgina maxsus bo'shliqlar - follikulalardan iborat. Ushbu kolloid tarkibiga yuqori molekulyar massaga ega bo'lgan maxsus yod saqlovchi glikoprotein - yod- tireoglobulin kiradi; u qalqonsimon bez follikulyar qismining asosiy gormoni - tiroksinning zahira shaklidir. Gormon sintezlanishi uchun qalqonsimon bez epiteliysiga qondan faol tashilish yo'li bilan kiradigan yodid va epiteliyda hosil bo'lib, follikula bo'shlig'ini to'ldiradigan tireoglobulin bo'lishi shart. Sintez jarayoni bir necha bosqichda boradi: Yodiddan yodidperoksidaza ishtirokida faol yodning hosil bo'lishi: I- - e- (2e-) → I0 (I+) H2O2 elektronlar manbai bo'lib hisoblanadi. Faol yod tirozinni yodlash xususiyatiga ega. Tireoglobulin tarkibida tirozinni tirozinyodinaza ishtirokida yodlanishi. Bunda monoyodtirozin yoki diyodtirozin hosil bo'ladi. Tireoglobulin molekulasida mono- va diyodtirozinlarning oksidlanishli kondensatsiyalanishidan triyodtironin va tiroksinning hosil bo'lishi. Jarayon tirozin-yodinazaning yuza qismida boradi. Tireoglobulinning kolloiddan epiteliy hujayralari orqali o'tishi va uning hujayra tashqi suyuqligi yuvib o'tadigan membrananing yuza qismida joylashishi. Bu jarayon endositozni eslatadi. Yodtironinlarning sekretsiyasi - tireoglobulin proteazalari gidrolizi hisobiga borib, ulardan qonga tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) ajralib chiqadi. T4 va T3 larning sintezi va sekretsiyasi tireotronin nazorati ostida amalga oshadi. Sutka davomida odamda 55 mkg atrofida T3 va 110 mkg T4 sintez qilinib, ajraladi. Qonda yodtironinlar tiroksin bog'lovchi globulinlar, albuminlar bilan kompleks hosil qilib, periferik to'qimalarga tashiladi. T3 plazma oqsillari bilan taxminan 3-5 marta T4 ga nisbatan kam bog'langan. Shu sababli T3 ning biologik effekti T4 ga nisbatan 3-5 marta kuchliroq. Yodtironinlarning ta'sir qilish mexanizmi. Yodtironinlar organizmning ko'p to'qimalariga ta'sir qiladi, ammo unga nisbatan jigar, yurak, buyrak, skelet muskullari va kamroq darajada yog' va nerv to'qimalarida sezgirlik bo'ladi. Tireoid gormonlar ko'proq hujayraning bo'linishi va differensiallanishiga hamda organizmning energetik almashinuviga ko'proq ta'sir qiladi. Ular moddalar almashinuviga 2 tomonlama: sitozol retseptorlari orqali yadro xromosomalariga va sAMF orqali ta'sir qiladi. Shuningdek, yodtironinlar mitoxondriyaning oksidlovchi fermentlarini va vodorodni sitoplazmadan mitoxondriya matriksiga tashuvchi mokki mexanizmi fermentlarini faollaydi. Energetik almashinuvga ta'sir etishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.68 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.68 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga