Mashina detallari uchun xomashyo turlari

Mashina detallari uchun xomashyo turlari

O'quvchilarga / Kimyo
Mashina detallari uchun xomashyo turlari - rasmi

Material tavsifi

Mashina detallari uchun xomashyo turlari. Mexanik ishlov berishda qo'yimlar Reja: 1. Xomashyo turlari. 2. Mexanik ishlov berishda qo'yimlar. Xomashyo turlari. Mashina detallari uchun xomashyo quyidagi ko'rinishlardan iborat bo'lishi mumkin: 1) cho'yan, po'lat, rangli metall va plastmassalardan tayyorlangan quymalar; 2) bolg'alangan va shtamplangan xomashyo; 3) po'latdan sovutilgan va qizdirilgan hollarda tayyorlangan prokatlar va rangli metall-prokatlari. Xomashyoning turi uning materialiga, shakliga, detalningng xizmat vazifasiga va mashinalarda yig'ilgan holda ishlash shartsharoitlariga bog'liq bo'ladi. Shakldor detallar ishlash jarayonida cho'zilish va egilish ta'sirida bo'lmasa odatda cho'yanlardan tayyorlanadi. Bolg'alash yordamida egilishga, cho'zilishga buralishga ishlovchi va ko'ndalang kesimi bo'yicha o'lchamlarida farq bo'lgan metallarning xomashyolari tayyorlanadi. Bolg'alash bilan katta o'lchamli detallar uchun donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida yoki boshqa hollarda kichik detallar uchun xomashyo tayyorlanadi. Shtamplangan xomashyo shtamplash mashinalarida olinadi. Shtamplangan metallning strukturasi bir xilligi bilan ajralib turadi. Shatmplangan xomashyoning shakli detal shakliga juda yaqin bo'lib, ayrim hollarda mexanik ishlov berilmaydi (detallarning ayrim yuzalari nazarda tutilmoqda) . Bu o'z navbatida metall sarfini kamaytiradi. Shtamplash jarayonining ish unumdorligi bolg'alashga nisbatan ancha yuqori. Ishchining malakasi ham bolg'alashga nisbatan past bo'lishi mumkin. Shtamplash yo'li bilan seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida qo'l keladi. Aylana, kvadrat, olti burchakli prokatlardan tayyorlangan xomashyo o'z shakli bo'yicha yuqoridagi ko'rinishlarga yaqin bo'lgan detallar tayyorlashda qo'llaniladi. Qaysi turdagi xomashyoni tanlash uni texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini hisoblab chiqilgandan so'ng amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.9, 10, 11-rasmlarda quyma, shtamplangan va prokatdan tayyorlangan xomashyolar aks ettirilgan. 9-Rasm. Quyma ko'rinishdagi cho'yandan tayyorlangan vtulka xomashyosi. 10-rasm. Shtamplangan podshipniklarning ichki halqasini xomashyosi. 11-rasm. Prokatdan olingan vint xomashyosi. Mexanik ishlov berishda qo'yimlar. Mashinasozlikda talab etilgan aniqlik va sifat ko'rsatgichlariga javob beradigan detallarni tayyorlash xomashyodan ma'lum bir kattalikdagi metall qatlami-qo'yimni kesuvchi asboblar yordamida kesib olib tashlash usullari yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib qo'yim - bu xomashyoga mexanik ishlov berish jaryonida talab etilgan o'lchamlarini ularni chetlanishlar doirasida va yuza g'adir-budirligini ta'minlash maqsadida olib tashlandigan metall qatlami. Detal chizmasida ko'rsatilgan o'lchamlarini chetlanishlariga va yuza g'adir-budirligiga qo'yilgan talab qancha yuqori bo'lsa, shuncha ko'p marta mexanik ishlov berish (texnologik o'tishlar) shart bo'ladi, o'z navbatida har bir texnologik o'tish uchun qo'yimlar miqdori hisoblanadi. Detal yuzasining talab etilgan tozaligin va aniqligini ta'minlash maqsadida har bir texnologik o'tishda olib tashlangan qo'yimlarning yig'indisi umumiy qo'yim miqdorini tashkil qiladi. Qo'yimlar miqdori analitik usulda va jadvallar yordamida aniqlanadi. Analitik usul bilan qo'yimlar miqdori aniq hisoblanadi va bu usulda quyidagi formulalardan foydalaniladi: a) tekis yuzalarga ishlov berishda: bu yerda: Rz-yuzaning g'adir-budirligi, mkm; N-nuqsonli qatlam kattaligi, mkm; r- detal shaklining fazoviy chetlanishlar miqdori, mkm; - bajarilayotgan amalda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 109.26 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 109.26 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga