7-sinf Kimyo darsligi asosida 14-mavzu Massaning saqlanish qonuni Reja: Massaning saqlanish qonuni Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi Kimyoviy reaksiyalarda atomlar Juda ko'plab kimyoviy reaksiyalarning amalga oshish shart-sharoitlari o'rganilganda reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi reaksiya mahsulotlari massasiga miqdoran teng bo'lishi aniqlangan. Bu kabi hodisalarni ulug' ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlar tajribahonalarida og'zi payvandlangan idishlarda olib borgan qizdirish ishlarida kuzatishgan. 1748-1760-yillarda rus olimi M.V.Lomonosov ham og'zi payvandlangan kolba - retortada tajriba olib borib, bu hodisani izohlashga harakat qilgan. 1772-1789-yillarda fransuz olimi A.Lavuazye ham yopiq idishda olib borilgan tajribalarda umumiy massa o'zgarmasligini kuzatgan va bu o'ziga xos yangilik - yangi qonun ekanligini tushunib yetgan. Shunday qilib, tabiatning asosiy qonunlaridan biri - massaning saqlanish qonuni ochilgan. Massaning saqlanish qonuni Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlarining umumiy massasiga teng. A.Lavuazye bu qonun asosida muhim xulosa chiqarib, reaksiyada qatnashayotgan har bir element atomi massasi reaksiya davomida o'zgarmasligini ta'kidlagan. Bu esa kimyoviy reaksiyada bir element atomining boshqa element atomiga aylanib ketmasligini bildiradi. Kimyoviy reaksiyalarda atomlar yo'qolib ketmaydi, yo'qdan bor bo'lmaydi, atomlarning umumiy soni o'zgarmaydi. Har bir atom massasi kimyoviy reaksiyalarda o'zgarishsiz qoladi. Yer qa'ridan temir rudalari qazib olinib, zaruriy buyumlar tayyorlanganda sayyoramizdagi temir atomlari soni kamaymaydi, balki bir ko'rinishdan boshqa ko'rinishga o'tadi. Masalan, temirdan yasalgan buyumlar zanglaydi, natijada sarflangan temirning 50% ini ham qaytarib olish imkoni bo'lmaydi. Albatta, zarur energiya sarf qilib, har qanday kimyoviy o'zgarishni amalga oshirish mumkin. Massaning saqlanish qonunidan tabiatning quyidagi qonuni kelib chiqadi: Moddalar yo'qdan bor bo'lmaydi, bordan yo'q bo'lmaydi, faqat bir turdan ikkinchisiga o'zgaradi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.47 MB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:56
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.47 MB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:56 ]
Arxiv ichida: pptx