Matematik modellash uslubi. Kuch maydonlari yordamida molekulyar modellashtirish uslublari

Matematik modellash uslubi. Kuch maydonlari yordamida molekulyar modellashtirish uslublari

O'quvchilarga / Kimyo
Matematik modellash uslubi. Kuch maydonlari yordamida molekulyar modellashtirish uslublari - rasmi

Material tavsifi

Matematik modellash uslubi. Kuch maydonlari yordamida molekulyar modellashtirish uslublari Reja: Model tushunchasi. Modellashtirish tushunchasi. Matematik model tushunchasi. Matematik modelni ko'rish bosqichlari. Matematik modellarni sinflash. «Model» so'zi lotincha modulus, so'zidan olingan bo'lib, o'lchov, me'yor, obraz, namuna, analog, «o'rinbosar» degan ma'nolarni bildiradi. Model tushunchasini ta'riflash juda qiyin. Bir manbada uning 31 ta ta'rifi sanab o'tilgan. Shunday bo'lsada bu tushuncha har birimizga tanish:o'yinchoq samolyot--samolyotning modeli, globus-Yerning modeli, planetariy ekrani-osmon va undagi yulduzlar modeli, S=vt formula- jism harakati modeli. Bu bayon qilingan predmetlar grafik tasvirlar, formulalar bir «model»so'zi bilan birlashadilar Model ta'riflaridan birini yuqorida bayon qilgan edik. Yana turli shaklda berilgan ta'riflardan ba'zilarini keltiramiz. Keng ma'noda model biror obyekt yoki obyektlar sistemasining obrazi yoki namunasidir. N. N. Moiseev ta'rifi bo'yicha «Model deganda biz predmet (hodisa ) haqida uning u yoki bu ayrim xossalarini aks ettiruvchi ma'lum bir chegaralangan ma'lumotni beruvchi soddalashtirilgan bilimni tushunamiz. Modelni ma'lumotni kodlashning maxsus shakli sifatida qarash mumkin. Oddiy kodlashda bizga barcha dastlabki ma'lumotlar ma'lum bo'ladi va ularni biz faqat boshqa tilga o'tkazamiz, model esa, qaysi tildan foydalansa ham, kishilar ilgari bilmagan ma'lumotni ham kodlaydi». Endi modellashtirish tushunchasi haqida gapiramiz. Modellashtirishning ham turli shakllardagi bayonini keltiramiz. Modellarni yasash kishilar faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Modelni ko'rish jarayonini modellashtirish deyiladi. Modellashtirish deganda obyekt (sistema) ning modeli yordamida Shu obyektning xossalarini tadqiq qqilish jarayonini tushuniladi. Modellashtirish o'qilish obyektlarini ularning modellari yordamida tadqiq etish, kuzatilayotgan predmet va hodisalarning modellarini yasash va o'rganishdir. obyektni uning modeli yordamida o'qilish modellashtirishdir. Har qanday o'qilish modellashtirishdan iborat, chunki bunda tegishli obyekt bosh miyada nerv hujayralari majmui yordamida ideal ko'rinishda aks etadi, ya'ni biz obyektning modeli bilan ish ko'ramiz. Modellashtirish-turli jarayon va hodisalarni o'rganishning eng keng tarqalgan metodlaridan biri. Model tushunchasi biologiya, meditsina, kimoya, fizika, iqtisodiyot, sotsiologiya, demografiya va boshqa fanlarda xam qo'llaniqladi. Matematik model, fizik model, biologik model, iqtisodiy model va boshqa modellar turlari mavjud. Iqtisodiy sistemalarni modellashtirishda matematik modellar keng qo'llanilmoqda. Bu sohadagi matematik modellar iqtisodiy-matematik va iqtisodiy -statistik guruhlarga ajraladi. Biz matematik modellar haqida so'z yuritamiz. Matematik modellarni tuzish sistemaviy taxhlilining asosidir. Bu ixtiyoriy sistemani tadqiq qilishning markaziy bosqichidir. Keyingi taxhlilning natijasi modelning sifatiga bog'liq. Matematik model tushunchasiga ham turli ta'riflar berilgan. Ulardan ba'zilarini keltiramiz. Jarayonning matematik tavsifini, ya'ni jarayonni matematik tilda bayonlashni matematik model deb yuritamiz. Matematik model olamning ma'lum hodisalari sinfining matematik belgilar bilan ifodalangan takribiy ifodasidir. Real sistemaning (aniqrogi sistema ishlashi jarayonining) matematik modeli deganda biz sistema parametrlariga, kirish signallariga, boshlang'ich shartlar va vaqtga bog'liq sistema holatlari xarakteristikalarini (bular orqali chiqish signallarini) aniqlovchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.58 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.58 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga