Matolarga oxiri pardoz berish Reja: Yakunlovchi pardozning maqsadi, turlari. Mexanik yakunlovchi pardoz berish jarayonlari. Kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayonlari. Umumiy maqsadda ishlatiladigan pardoz yordamida to'qimachilik materiallarining xossalarini yaxshilash. 5. Matolarga maxsus pardoz berish turlari. to'qimachilik materiallariga yakunlovchi pardoz berish. Yakunlovchi pardoz- to'qimachilik materiallarini tashqi ko'rinishini va uni ishlatishda kerak buladigan xossalarini yaxshilash maqsadida bajariladigan texnologik jarayonlar yig'indisidan iborat. Bundan tashqari yakunlovchi pardoz tufayli materiallarning xizmat qilish vaqti xam uzayadi. to'qimachilik materiallariga beriladigan pardoz 2 xil bo'ladi: Umumiy maqsadda kilinadigan yakunlovchi pardoz. Maxsus holda kilinadigan yakunlovchi pardoz. Umumiy maqsadda kilinadigan pardoz natijasida to'qimachilik materiallaridan uzida bor bo'lgan xossalari yaxshilanadi. Masalan tashqi ko'rinishi chiroyli bo'ladi, yaltiroklik va xiralik paydo kilinadi. Malum miqdorda yumshoqlik, dagallik berishi mumkin, ishqalanishga chidamliligini oshirish mumkin, gijimlanmaydigan, kirishmaydigan qilish mumkin. Maxsus maqsadda kilinadigan yakunlovchi pardoz yordamida to'qimachilik materiallariga uzida yuk bo'lgan yangi xossalar beriladi. Masalan, gidrofoblik xossalari, oleofoblik, mikroorganizmga chidamlilik, yonishga qarshi, olovga chidamlilik xossalarini berish mumkin. Yakunlovchi pardoz turi gazlamaning ishlatiladigan o'rniga karab aniklanadi. Masalan, turmushda ishlatiladigan gazlama uchun yaltiroklik, gijimlanmaslik, kirishmaslik xossalari kifoya bo'ladi. Xonada ishlatiladigan gazlamalar uchun esa yonginga chidamlilik va yorug'likka chidamlilik xossalari zarur. Gazlamalarga yakunlovchi pardoz turini aniklashdan oldin, shu gazlama qanday toladan olinganligiga xam ahamiyat berish kerak. Masalan paxta, jun va lyon toladan olinadigan gazlamalarga yakunlovchi pardoz berish oson, ipak tolasi nozik bo'lganligi uchun unga beriladigan pardoz xam nozik bo'lib, fakat kimyoviy ta'sirlardan iborat. Jun tolasi uchun beriladigan pardoz bug bilan ishlov berish va mexanik ishlov berishdan iborat. Paxta tolasidan olinadigan materiallarga pardoz berish ancha murakkab. Ularga ta'sir etadigan preparatlar soni xam, ta'sirlashish mexanizmi xam xilma-xil bo'ladi. Lekin xar qanday preparat ishlatilganda xam gazlamaning mexanik xossalarini saqlanib qolishiga etibor berish kerak. Kupincha paxta tolasiga beriladigan pardoz natijasida bu gazlamadan tashqi ko'rinishi va xossalarini ipakdan bo'lgan (tolasidan) gazlamalarga yaqinlashtirishga harakat kilinadi. Yakunlovchi pardoz berish uchun ishlatiladigan jarayonlarni barchasini 2 xilga bo'lish mumkin: Mexanik yakunlovchi pardoz jarayonlari. Kimyoviy yakunlovchi pardoz jarayonlari. Mexanik yakunlovchi pardoz jarayonlari kuyidagilardan iborat: Kuritish. Gazlamalarni eniga kengaytirib, standart o'lcham berish. Gazlamani arkok va tanda iplarini bir-biriga perpendikulyar holatga keltirish. Gazlamani turli kalandrlarda tekislash, silliklash. Gazlama sirtini tukini kirkish, kuydirish. Kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayoniga kuyidagilar kiradi: o'ijimlanishga qarshi pardoz. Kirishishga qarshi pardoz. Olovga chidamlilik uchun pardoz. Suvni itaruvchi pardoz. Ifloslanishga qarshi pardoz va x.k. Ana shu kimyoviy pardoz berish uchun ishlatiladigan moddalarning umumiy nomi appret deyiladi. Pardozlash uchun ishlatiladigan appretlarni 2 turga bo'lish mumkin: Yuvilib ketadigan. Yuvilib ketmaydigan. Yuvilib ketadigan appretlar birinchi yuvilgandan keyin ketib koladi. Yuvilib ketmaydigan appretlar esa ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.87 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.87 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:56 ]
Arxiv ichida: doc