Melassani qayta ishlashga tayyorlash

Melassani qayta ishlashga tayyorlash

O'quvchilarga / Kimyo
Melassani qayta ishlashga tayyorlash - rasmi

Material tavsifi

Melassani qayta ishlashga tayyorlash Reja: 1. Melassani qayta ishlashga tayyorlash. 2. Melassaga kislota va antiseptiklar qo'shish. 3. Melassani sterizatsiyalash. Melassani qayta ishlashga tayyorlash Melassani spirt ishlab chiqarishga tayyorlashda u bir jinsli holatga keltiriladi (yani, gomogenizatsiyalanadi), kislota, aseptiklar va achitqi zmburug'lari uchun ozuqa moddalari qo'shiladi hamda suv bilan suyultiriladi. Mikroorganizmlar bilan o'ta ifloslangan melassa sterilizatsiyalanadi. Melassa bijg'igan bo'tqasidan non sanoatida ishlatiladigan achitqi zamburug''lari ishlab chiqarishda muallaq zarrachalardan tozalanadi. Melassani qayta ishlashda bir oqimli yoki ikki oqimli texnologik sxemadan foydalaniladi. Shuning uchun texnologik sxemadan bog'liq holda 22 %-li yoki 12 va 32 %-li quruq moddalari bo'lgan sharbat tayyorlanadi. Quruq moddalari 12 % bo'lgan sharbat achitqi zamburug''lari etishtirish uchun, 32 %-li sharbat esa asosiy sharbat xizmat qiladi. Bir oqimli texnologik sxemada ham achitqi zamburug''lari etishtirish uchun va asosiy sharbat sifatida ham quruq moddalari 22 % bo'lgan sharbat xizmat qiladi. Bir oqimli texnologik sxema spirt hamda achitqi zamburug''lari (xamirturush) ishlab chiqaradigan zavodlarda qo'llaniladi. Bir oqimli texnologik sxemada melassani o'lchashdan oldin gomogenizatsiyalanadi. Buning uchun melassani gomogenizator ostidan nasos orqali uskunaning har xil balandligiga yuboriladi. Defektli melassa kontaktli qurilma (kontaktnaya golovka) yordamida sterizatsiyalanadi, plastinkali issiqlik amashinuv qurilmasida sovutiladi, so'ngra normal melassa bilan qo'shish uchun gomogenizatorga yuboriladi. o'lchangandan so'ng melassaga maxsus aralashtirgich yordamida kislota, aseptik moddalar va achitqi zamburug''lari uchun ozuqa moddalari qo'shiladi, 35-40 %-li kontsentratsiyagacha suyultiriladi. So'ngra klarifikator yordamida muallaq zarrachalardan tozalanadi va 22%-li kontsentratsiyagacha suyultiriladi. Ikki oqimli texnologik sxemada achitqi zamburug''lari etishtirish uchun mo'ljallangan gomogenizatsiyalangan melassa tarozida tortiladi, so'ngra bir oqimli texnologik sxema singari kislota, aseptik va ozuqa moddalar qo'shiladi va 12 %-li kontsentratsiyagacha suv bilan suyultiriladi. Bir kecha-kunduzda sarflanadigan melassa miqdori zavodning 1 t shartli kraxmaldan spirt olish normasi va melassadagi bijg'itiladigan (yani achitqi zamburug''lari tomonidan o'zlashtiriladigan) shakar miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Spirt zavodining bir kecha-kunduzdagi ishlab chiqarish quvvati rektifikatsiya mahsulotlarida mavjud bo'lgan suvsiz (absolyut) spirt xom ashyosi miqdorining dekalitrdagi miqdori bilan o'lchanadi. Bunda, albatta, etilgan bo'tqadanspirtni ajratib olishdagi yo'qotishlar (0,2 %) ham hisobga olinadi. Bir kecha-kunduzda zavodda quvvati Ka % h. Bo'lgan A dal oliy toifadagi spirt rektifikati, quvvati Kv bo'lgan V dal efir-aldegid fraksiyasi, quvvati Ks bo'lgan S dal sivush moyi va quvvati Kd bo'lgan D dal sivush spirti ishlab chiqarilsin. Mos ravishda, zavodning bir kecha-kunduzdagi ishlab chiqarish quvvati Q (dal hisobida) quyidagiga teng bo'ladi: . 1 t shartli kraxmaldan V dal spirt chiqishi normalashtirilgan bo'lsin va melassa tarkibidagi saxarozaga hisoblangan (keltirilgan) achitqi zamburug''lari tomonidan o'zlashtiriladigan moddalar miqdori Σo'zl % bo'lsin. Sarflanadigan melassa miqdori quyidagiga teng bo'ladi: ; bu yerda: 0, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.25 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.25 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga