Mendeleyevning gidratlanish nazariyasi

Mendeleyevning gidratlanish nazariyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Mendeleyevning gidratlanish nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

D.I.mendeleyevning gidratlanish nazariyasi Reja: 1.D.I.Mendeleyevning davriy sistemasi haqida 2.Mendeleyevning gidratlanish nazariyasi 3.Mendeleyevning gidratlanish nazariyasidan kelib chiqadigan xulosalar 4.Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Gidratlanish - kimyoviy moddalar (molekula, atom yoki ionlar)ning suv bilan birikishi. Gidratlanishda moddalar suvda eriydi. Tuzlarning gidratlanishi ko'p uchraydigan hodisadir, chunki tuzlar ionlardan iborat, ionlar esa kattagina elektr maydoniga ega bo'lgani uchun suvning qutbli molekulalarini o'ziga tortadi. Suvda erigan tuzning ayrim ionlari ham gidratlangan bo'ladi. Ionlar gidratlanganda anchagina issiqlik ajralib chiqadi. Ionlarning Gidratlanishi issiqligi eriyotgan tuz kristalining yemirilishiga ketgan issiqlik o'rnini bemalol qoplaydi,shuning uchun ko'p tuzlar eriganda issiqlik ajralib chiqadi. Ionlarning elektrokimyoviy harakatchanligi va tuz eritmalarining boshqa ko'p xossalari ionlarning gidratlanishiga bog'liq. Gidratlanish reaksiyalari tabiatda keng tarqalgan, undan labaratoriya ishida va texnikada, qurilishda keng foydalaniladi (masalan, sementning gidratlanishi, sementning suv bilan kimyoviy reaksiyaga kirishish jarayoni, bu reaksiya natijasida sement toshi yuzaga keladi). Sement Gidratlanish jarayonida suvsiz klinkerli minerallar - kalsiy silikatlar, kalsiy alyuminatlar va kalsiy alyumoferitlar, mos ravishda kristall gidratlarga - kalsiy gidrosilikatlar, gidroalyuminatlar va gidroferritlarga aylanadi. Sementning gidritlanishi tezligi uning tuyilish mayinligiga, qotish haroratiga, suv-sement nisbatiga, klinkerning mineralogik va kimyoviy tarkibiga, qorish uchun ishlatiladigan suv tarkibidagi qo'shimchalarga bog'liq bo'ladi. Yuqori molekulyar moddalarning spirali eritmalari - oqsillar, uglevodlar va boshqalar bir vaqtning o'zida haqiqiy va kolloid eritmalarning ko'plab xususiyatlariga ega. Diyenlardan triyenlardan (masalan, СН3С≡С-С≡С-С≡С-СН3) o'tilganda kislotalar (katalizator) ishtirokida ketadigan gidratlanish reaksiyasining tezligi keskin kamayadi. Tetra va poliyenlar (masalan, СН3-(С≡С)4-СН3 ) esa umuman gidratlanish reaksiyasiga uchramaydi, keskinroq sharoitda atsetilen uglevodor umuman smolaga aylanib qoladi. Tutashgan uch bog'lar sonining oshishi bilan elektrofil birikish tezligi kamayadi va uch bog'lar soni 3 dan ortiq bo'lganda umuman reaksiya ketmaydi. Mendeleevning gidratlanish nazariyasi Ayrim moddalar bilan solishtirganda, eritmalar tuzilish jihatidan murakkabroqdir. Erigan moddaning suv bilan kimyoviy o'zaro ta'siri gidrat deb ataladigan birikmalar hosil bo'lishiga olib keladi. Ularning formulalari belgisi bilan bog'langan erigan va suv formulalari yordamida ifodalanadi. Eritmalarning gidratlanish nazariyasini rus olimi D.I.Mendeleyev taklif qilgan. Gidratatsiya- erigan moddaning suv bilan o'zaro ta'siri jarayoni. Kristalli gidratlar- suv molekulalarini o'z ichiga olgan kristallar; kristalli gidratlar tarkibidagi suv - kristallanish. Ko'pincha eritma suyuq moddani, masalan, suvdagi tuz yoki spirtli eritmani (yoki hatto oltin eritmasi) anglatadi. Erish - modda molekulalarining bir fazadan ikkinchi fazaga o'tishi ( erigan holat). Bu erituvchi va erigan moddaning atomlari (molekulalari) ning o'zaro ta'siri natijasida yuzaga keladi va qattiq moddalarning erishi paytida entropiyaning ko'payishi va gazlarning erishi paytida uning kamayishi bilan kechadi. Eritish vaqtida interfeys yo'qoladi, eritmaning ko'plab fizik xususiyatlari (masalan, zichlik, yopishqoqlik, ba'zan rang va boshqalar) o'zgaradi. Erituvchi va erigan moddaning kimyoviy o'zaro ta'siri ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 51 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:56 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 51 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga