Merkaptobenzotiofenlarning kimyoviy xossalarini o'rganish mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mundarija I-Bob. Adabiyotlar sharhi 1.1. Merkaptan, sulfid, sulfoksid va sulfonlar 1.2. Tiofenlar ximiyasi 1.3. Alkilbenzo [b] tiofen va ularning 2, 3-digidrohosilalari kimyosi 1.4. Benzo[s]tiofenning alkilhosilalari. 1.5. Digidrobenzo[s]tiofenning arilhosilalari. II-Bob Tajribalar qismi 2.1. Digidrobenzo[s]tiofenni sintezlash 2.2. Digidrobenzo[s]tiofenni oksidlash 2.3.1,3-Digidrobenzo[c]tiofen-2,2-diokso-5-sulfokislotaning xlorangidridigni sintezlash 2.4. 5 Merkapto1,3-digidrobenzo[c]tiofen-2,2-dioksidni hosil qilish II Bob Natijalar tahlili 3.1. Geterohalqali birikmalarda aromatiklik va benzotiofen hosilalarining spektral analizi hamda elyektr o'tkazuvchanligi 3.2. Benzol halqasi bilan kondensirlangan besh a'zoli geterosiklik birikmalar 3.3. Benzo[s]tiofen molekulasini sintezlash usullari. 3.4. 1,3-Digidrobenzo[s]tiofenni oksidlash 3.5. 1,3-Digidrobenzo[s]tiofen-2,2-dioksid molekulasida elektrofil o'rin almashinish reaksyasi. 3.6. Merkaptanlar va ularning xossalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2001 yil 16 avgustda tasdiqlangan Davlat ta'lim standarti, O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risida gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi xalq ta'limi Vazirligining buro'qlari va boshqa ko'pgina hujjatlarda bakalavr(magistr) darajasiga va bilim, o'quv va malakalariga bo'lgan talablarni to'liq yoritgan. Ushbu hujjatlar bizga ta'lim, iqtisodiyot, fan va texnika taraqqiyoti hamda ijtimoiy sohalarda ilg'or va dolzarb masalalarni belgilab olishimizga imkon yaratadi.[1,2 ] Oltingugurtli organik birikmalarning halqali tuzilishli birikmalari o'zining nazariy va amaliy jihatlari bilan hozirgi vaqtda ko'pchilik organik ximiklarning diqqat markaziga aylanib bormoqda. Bunday tadqiqotlarning asosida va oltingugurtning geterohalqali birikmalarini sintezlash orqali ularning reaksion qobiliyatini, biologik faol birikmalarni sintezlash va jarayonlarning stereoximiyaviy yo'nalishini o'rganish kabi masalalar yotadi. Oltingugurtli birikmalardan xar tomonlama foydalanish uchun ularning tuzilishi, tarkibi, fizikaviy va kimyoviy xossalarini chuqur bilish lozim bo'ladi. Bu esa nafaqat berilgan tuzilishga ega bo'lgan birikmalarni sintez qilishning metodlarini ishlab chiqish, balki ularni har tomonlama kimyoviy o'zgarishlarni ham bilish zarurligin bildiradi. Bu yo'nalishdagi sintetik ishlarning rivojlanishidan ma'lumki, xalq xo'jaligining oltingugrtli birikmalardan tashkil topgan biologik faol birikmalarga bo'lgan talabi ortib bormoqda. Ta'kidlash joizki, olingugurtli organik birikmalar asosida yangi organik reaksiyalar va yangi effektiv reagentlar soni ortib bormoqda va ular organik sintezda keng doirada qo'llanilmoqda Bu yo'nalishdagi barcha yutuqlar nafis organik sintezni va zamonaviy organik sintezni ma'lum bir darajada o'z metodlari bilan to'ldirib bormoqda. Mavzuning dolzarbligi. Yuqorida keltirilgan ayrim ma'lumotlardan va adabiyot tahlililaridan ma'lumki, benzotiofen yo'nalishidagi maqsadli sintezlar orqali bir qator yangi perspektiv biologik faol moddalar olish imkoniyati ochilgan. Ma'lumotlarga ko'ra benzotiofen fragmenti tutgan ko'pgina hosilalari turli xil maqsadlarda tadqiqot obyekti sifatida o'rganib chiqilgan. Jumladan, ushbu birikmalar asosida turli xil tuzilishli fungitsidlar, akaritsid va insektitsidli birikmalar olingan bo'lsa, boshqalari esa neft va neft mahsulotlari mikroorganizmlariga qarshi ingibitorlar sifatida qo'llanilmoqda. Bundan tashqari ayrim hosilalari o'z xossasiga ko'ra bakteritsid va baktereostatik xossalarga ega ekanligi ham aniqlangan. Shuning uchun benzotiofen fragmenti tutgan birikmalarning ximiyasini o'rganish ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
679.63 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
679.63 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:56 ]
Arxiv ichida: doc