Metall - organik birikmalar, oqsillar, nuklein kislotalar, lipid ferment, vitamin, garmon

Metall - organik birikmalar, oqsillar, nuklein kislotalar, lipid ferment, vitamin, garmon

O'quvchilarga / Kimyo
Metall - organik birikmalar, oqsillar, nuklein kislotalar, lipid ferment, vitamin, garmon - rasmi

Material tavsifi

Metall-organik birikmalar oqsillar nuklein kislotalar lipid ferment vitamin garmon birikmalarning tadqiqotlari Reja: 1. Metall-organik birikmalar va ularning ahamiyati. 2. Oqsillar va ularnng strukturalari haqida tushuncha. 3. Nuklein kislotalar va ularning turlari. 4. Lipidlarning tuzilishi. 5. Fermentlarning funksiyalari. 6. Vita'minlar va ularning sintezi. 7. Garmon birikmalari to'g'risidagi tushuncha. Metallar tashqi elektronlarini berish xususiyatiga ega bo'lgan ximiyaviy elementlardir. Qadim va O'rta asrlarda 7 ta metall malum edi: oltin, kumush, mis, qalay, qo'rg'oshin, temir, simob. Alximiklar ko'p asrlar davomida metallarni oltinga aylantirish yo'llarini izlashda katta izlanishlar olib borishgan. Organik moddalarni tarkibida, asosiy element bo'lgan ugleroddan tashqari, ko'pincha, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt, va galogenlar uchraydi. Ular tipik organlar deyiladi. Lekin tabiiy, ayniqsa sun'iy hosil qilingan mahsulotlar tarkibida organogen bo'lmagan elementlar: natriy, kaliy, allyuminiy, rux, magniy, qo'rg'oshin metallari ham uchraydi. 1949 yilda Frankland organik birikmalar tarkibida birinchi marta metall bor bo'lgan birikmalarni topgan. Bu birikmalar reaksiya kirishish qobiliyati kuchli bo'lgani uchun tezda katta ahamiyat qozondi va metall-organik birikmalar gruppasi qilib ajratildi. Bu birikmalarning hosil bo'lishi esa 1853-54 yillarda Franklandning valentlik tushunchasini kiritishga xissa qo'shdi. Metall-organik birikmalarning taraqqiy etishiga xissa qo'shgan Yevropaolimlari Frankland, Grinxer, Shinek, Tsigler, Norman va Gilmanlar hisoblanadi. Franklandning shogirdi fransuz ximigi Grinxyar 1902-1903 yillarda ustozini ishini davom etkizdi. 1912 yillarda Grinxyar magniy-organik birikmalarni topgani uchun Nobel mukofoti olgan. Metall-organik birikmalar bilan shug'ullangan rus kimyogarlari Butlerov, Zaytsev, Shashgin, Nesmyanov, Adryanov, Mendeleevlar hisoblanadi. Grinxyar ham Zaytsevning rux-organik birikmalarga tajriba qiladi. Organik ximiyaning tarqqiy etishi bilan tarkibida metall bo'lgan birikmalar hosil qilindi va ular element-organik birikmalar deb ataldi. Tarkibidagi metall-organik (yoki metallmas) atomi to'g'ridan-to'g'ri uglerod atomi bilan bog'langan organik birikmalar element-organik birikmalar deyiladi. Oqsillar yoki proteinlar aminokislotalardan tuzilgan yuqori molekulyar tabiiy birikmalarning asosiy qismi. Protein so'zi grekcha «Protos» - «Birinchi» eng muhim so'zidan olingan bo'lib, hayot jarayonida roli kattaligini takidlaydi. Oqsillar bazan esa R atomlarini o'z ichiga oladi. Bu birikmalarni molekulalar og'irligi o'n minglardan bir millongacha va undan ham katta bo'ladi. Oqsillarning molekulasidagi aminokislotalar o'zaro peptid bog'lari orqali birikkan. Oqsillar barcha tirik organizmlarning asosi bo'lib xizmat qiladi. Organizmdagi fermentlar, garmonlar xattoki toksinlar ham oqsillar jumlasiga kiradi. Oqsillar - odam ovqatining zaruriy tarkibiy qismi. Ularni ovqatda yo'qligi yoki yetishmasligi og'ir kasalliklarga keltirib chiqaradi. Oqsillarning qimmati ovqat tarkibidagi aminokislotalarning miqdori bilan aniqladi. Oqsillaring strukturalari 4 xil darajada bo'ladi. 1 lamchi strukturasi berilgan oqsilning palipeptid zanjirida aminokislota qoldiqlarining navbatlashib kelish izchilligi bo'lib, ularni ximiyaviy va fermentativ reaksiyalardan foydalanib o'rganiladi. 2 lamchi strukturasi palipeptid ayrim qismlaridagi fazoviy konfiguratsiyasi bo'lib turli fizik qismlarini o'rganishdi. 3 lamchi struktura yoki molekulasining uch ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.07 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.07 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga