Metallar korroziyasi. Korroziya mexanizmi. Elektrod potensiyalar Metallarni olishning asosiy usullari Sanoatda metallar asosan ularning tabiiy birikmalaridan ya'ni ma'danlaridan olinadi. Sanoat miqyosida sof metallar olish uchun yaroqli tabiiy xom ashyoning har xil turlari ma'danlar deyiladi. Ma'danlardan metallar ajratib olish hamma vaqt oksidlanish-qaytarilish jarayonidir. Hamma metallar (tug'ma-metallardan boshqalari) tabiiy birikmalarida oksidlangan shaklda bо'ladi, ularni birikmalardan ajratish uchun ular qaytariladi. Metallarni ularning tabiiy birikmalaridan olishning umumiy prinsiplari quyidagicha: ayni metall qanchalik aktiv bо'lsa, uni ajratish uchun shuncha kuchli qaytaruvchidan foydalaniladi. Metallurgiyada tipik qaytaruvchilar sifatida: vodorod, uglerod, aktiv metallar (Al, Zn, Mg, Ca, ishqoriy metallar) dan foydalaniladi. Kо'pchilik о'tuvchan d-metallarni ularning oksidlaridan uglerod bilan qaytariladi. Biroq uglerod bir qator metallar bilan mо'rt va issiqlikka chidamli faza hosil qiladi. Ayrim hollarda bu effektdan maxsus foydalanib, masalan karbotermik usullarda temir rudalari qaytarilib, chо'yan olishda foydalaniladi. Sulfidli ma'danlar kuydirilib, oksidlar holiga о'tkaziladi va oksidlari qaytariladi. Nihoyat eng aktiv ishqoriy va ishqoriy-yer metallari, alyuminiy, magniylar galogenidli tuzlarni suyuqlanmalarini elektroliz qilib olinadi. Mo, W, Re va boshqa metallarni ularning oksidlaridan vodorod bilan qaytarilib olinadi. Vodorod ancha yumshoq qaytaruvchidir. Karbotermik qaytarilish bilan Fe, Pb, Sn, Cu, Zn, Ni, Co, Mn…metallar olinadi. Cr, Mn, Fe kabi metallarni olishda alyumotermiya usulidan keng foydalaniladi. Quyidagi jadvalda metallarning asosiy olish usullari keltirilgan. Metallarni asosiy olinish usullari Usul Dastlabki shakli Olinadigan metallar Fizik usullar Aralashmalarni ajratish Oddiy moddaning tug'ma holati Au, Pt, Hg, Ag va platina metalari Qaytarish: vodorod bilan Oksidlar, galogenidlar, tuzlar Ga, Jn, Ge, Mo, W, Re Karbotermiya (S bilan) Oksidlar, tuzlar Fe, Co, Ni, Cr, Mn, Pb, Sn, Zn, Cd, Cu, Sb, Bi, Mo, W Metallotermiya: alyumotermiya Oksidlar Cr, Fe, Co, Ni, Mn, ishqoriy c (B) Tj-0.10metallari Sinktermiya Galogenidlar, tuzlar Ag, Au Magniy termiya Oksidlar galogenidlar Be, Ti, Zr, Hf Kalsiy termiya Oksidlar, galogenidlar U, V Nb, Ta, Sc, Y, La va lantanidlar Ishqoriy metallar bilan Oksidlar, tuzlar Nb, Ta, Ti, Zr, Hf Elektroliz katodda Galogenidlar, tuzlar ishqorlar Ishqoriy va ishqoriy-yer metalari, Al, Ga, Jn, Tl, Be, Mg, Zn, lantanidlar, Pb, Nb, Ta, Mn, Cu, Parchalash va disproporsionirlash Galogenidlar. Subgalogenidlar. Karbonillar. Iodidlar. Azidlar. Ge, Ti, Zr, Hf, Mo, W, V, Nb, Ta, Al, G'ye, Co, Ni, Mn Misollar: 2TiCl2 t0 TiCl4+ Ti 2TiJ2 t0 2Ti + 2J2 2AgN3 t0 2Ag + 3N2 ↑ Pb(N3)2 tPb + 3N2 ↑ Fe(CO)5 t0 Fe + 5CO ↑ Ni(CO)4 t0 Ni + 4CO ↑ Ayrim о'tuvchan d- metallarning atom radiuslari (A) Gruppalar IV Ti 1,47 Zr 1,60 Hf 1,59 V V 1,35 Nb 1,47 Ta 1,47 ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.65 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.65 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:57 ]
Arxiv ichida: doc