Metallar - rasmi

Material tavsifi

Metallar 1. Metallarning umumiy xossalari 2. Metallarning ichki tuzilishi 3. Metallarning tabiatda uchrashi 4. Metallarning olinishi 5. Metallarning fizikaviy va kimeviy xossalari 6. Metallar korroziyasi D.I.Mendeleyev davriy sistemasidagi elementlarning 85tasini metallar tashkil qiladi. Metallarning 12 tasi S-elementlar, 32 tasi d-elementlar, 28 tasi f-elementlar va kolgani R-elementlardir. Simobdan tashqari xamma metallar oddiy haroratda qattiq moddalardir. Metallarning o'ziga xos belgilari kuyidagilardan iborat. 1. Xar qanday metall o'ziga xos yaltiroklikka ega, buning sababi shuki, ular yero'g'lik nurini spektrning kuzga kurinuvchan sohasida qaytarish xususiyatiga ega. 2. Metallar issiqlik va elektrni yaxshi o'tkazadi. Metallarning elektr o'tkazuvchanligi harorat ortishi bilan pasayadi va aksincha, qarshiligi harorat ortishi bilan ortadi. 3. Kupchilik metallar odatdagi sharoitda kristall holatida bo'ladi, ularning koordinasion soni katta qiymatga ega (8 va 12 ga teng) 4. Metallar chuziluvchan va yassilanuvchi bo'ladi. 5. Metallar elektr musbat elementlardir, ya'ni ularning oksidlari kupincha suv bilan birikib asoslar hosil qiladi. Metallarda bu 5 xususiyatning borligiga asoslanib, metallarning ichki tuzilishi haqida ma'lum tasavvur yaratish mumkin. Masalan, metall yero'g'likni qaytarish xususiyatiga ega bo'lgani uchun juda yo'pka metall plastinka xam shaffof (tinik) bo'lmaydi. Bunga asoslanib, metall juda zich tuzilgan (ya'ni metallarning xajm birligida juda ko'p atomlar bor) deyish mumkin. Metallarning issiqlik va elektrni yaxshi o'tkazishi - zaryadlangan zarrachalar metallning kristallari orasida oson harakatlanishi haqida ma'lumot beradi. Nixoyat, metallarning elektromusbat elementlar jumlasiga kirishi-valent elektronlarning metall atomidan osongina chikib keta olishini kursatadi. Lekin bu (metallar) xususiyatlarining xech qaysisi oddiy moddalarning metall yoki metallmaslari sinfiga ajratish uchun asos bula olmaydi. Oddiy moddalarni «metall» yoki «metallmaslarga» ajratish uchun kimeviy bog'lanishlar tipini asos qilib olish, ko'p masalalarni izox qilib olishda juda to'g'ri xulosalarga olib keladi. Demak, zarrachalar orasida metall bog'lanishli oddiy moddalarni metallar jumlasiga,kovalent bog'lanishli oddiy moddalarni esa metallmaslar jumlasiga kiritish kerak. Oddiy moddalarni bunday 2 turkumga ajratish bir tomondan mutlak va ikkinchi tomondan nisbiy xarakterga ega. Ayni sharoitda oddiy moddalarni metall va metallmaslarga ajrata olamiz,lekin ba'zi oddiy moddalarning metallar turkumiga kiritilishi tashqi sharoitning o'zgarishiga bog'liq bo'ladi.Masalan,surma metallmaslar turkumiga kiritiladi, lekin surmaning elektr o'tkazuvchanligi harorat ortishi bilan kamayadi. Buni etiborga olganimizda surmani metallar turkumiga kiritishga to'g'ri keladi. Kalay 13,2oS dan yuqorida metall, lekin harorat pasayib -40 oS ga yetganda ok kalay kulrang kalayga aylanadi. Kulrang kalayning kristall katagi xuddi olmos, kremniy va germaniylarning kristall katagi singaridir. Kulrang kalayda atomlar o'zaro kovalent bog'lanishlar hosil qiladi; u yarim o'tkazuvchanlik xossalariga ega; uning elektr o'tkazuvchanligi, xuddi metallmaslarniki kabi, harorat pasayishi bilan kamayadi. Ximiyaviy bog'lanishlar tipiga ko'ra oddiy moddalar metall va metallmaslar ga ajratish yarim o'tkazgichlarning xossalarini to'g'ri izoxlashga imkon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.9 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.9 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga