Metallarning fizik va kimyoviy xossalari

Metallarning fizik va kimyoviy xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Metallarning fizik va kimyoviy xossalari - rasmi

Material tavsifi

Metallarning fizik va kimyoviy xossalari 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 17-mavzu Reja: Fizik xossalari. Metall bog'. Kimyoviy xossalari. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori. Fizik xossalari. Metallar (fransiy va simobdan tashqari) odatdagi sharoitda qattiq agregat holatdagi moddalardir. Kristall holatidagi metallar nurni yaxshi aks ettirganliklari uchun yaltiroqlikka ega. Alyuminiy va magniydan boshqa barcha metallar maydalangan (kukunsimon) holda qoramtir yoki to'q kulrang bo'ladi. Oltin va misdan boshqa metallar oq yoki kulrangning turli tuslarida tovlanadi. Barcha metallar elektr tokini va issiqlikni yaxshi o'tkazadi. Kumush va mis bu sohada dastlabki o'rinlarni egallaydi. Metallar bolg'alanuvchanlik va plastiklik xossasiga ega. Bolg'alanuvchanlik - jismlarning tashqi ta'sirlar natijasida osongina shaklini o'zgartirish qobiliyati. Metall bog'. Metallarda doimiy ravishda atomlardan elektronlarning ajralishi va ionlarga birikishi sodir bo'lib turadi. Metallarda musbat ionlar va umumiy elektronlar orasida vujudga kelgan kimyoviy bog' metall bog' deb yuritiladi. Kimyoviy xossalari Metallarning kimyoviy xossalari ular atomlarining valent elektronlarini oson berib, tegishli ionlarga aylanish qobiliyatlari bilan aniqlanadi. Natriy xlor bilan birikkanda elektronlarini xlorga beradi, rux sulfat kislota bilan ta'sirlashganda, uning bergan elektronlarini vodorod qabul qiladi. rux sulfat kislota Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori. Metallarning qaytaruvchanlik xossasi turlicha namoyon bo'ladi. Rux qo'rg'oshin nitratidan qo'rg'oshinni siqib chiqaradi: Zn + Pb(NO3)2 → Pb↓ + Zn(NO3)2 Lekin, qo'rg'oshin xuddi shu sharoitda rux nitratidan ruxni siqib chiqara olmaydi. Demak, rux qo'rg'oshinga nisbatan kuchli qaytaruvchi. Vodorodgacha chap tomonda joylashgan metallar uni kislotalar eritmalaridan siqib chiqaradi (litiy va magniy oralig'idagi metallar vodorodni suvdan odatdagi haroratda siqib chiqaradi). Vodoroddan keyin o'ng tarafda turgan metallar uni kislotalarning suvli eritmalaridan siqib chiqara olmaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.73 MB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:57 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.73 MB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga