Metallarning korroziyasi Ko'p metallar tevarak-atrofdagi havo, suv, kislota, miqdor va tuzlarning eritmalari ta'sirida yemiriladi. Bu hodisa korroziya deb ataladi. Korroziya, lotincha (corrozio) so'z bo'lib, yemirilish so'zidan kelib chiqqan. Korroziya o'zining fizik - kimyoviy xarakteri jihatdan ikki xil bo'ladi. 1) Kimyoviy; 2) Elektrokimyoviy korroziyalardir. Metallda korroziyaning qaysi turi sodir bo'lishi metallni qurshab turgan tashqi muhitga bog'liq. Metallga quruq gazlar (masalan: kislorod, sulfid angidrid, vodorod sulfid, galogenlar) ta'sir etganda kimyoviy korroziya sodir bo'ladi. Bu hodisa ayniqsa, yuqori haroratli sharoitlarda ko'p uchraydi. Shuning uchun u metallni gaz korroziyasi deb ham ataladi. Gaz korroziyasi ayniqsa, metallurgiyaga katta zarar yetkazadi. Temir va po'lat buyumlarini gaz korroziyadan saqlash uchun ularning sirti alyuminiy bilan qoplanadi. Suyuq yoqilg'ilar ta'sirida vujudga kelgan korroziya ham kimyoviy korroziya jumlasiga kiradi suyuq yoqilg'ilarning asosiy tarkibiy qismlari metallarni korroziyalantirmaydi, lekin neft va surkov moylari tarkibidagi oltingugurt, vodorod sulfid va tarkibida oltingugurt bo'lgan organik moddalarning metallarga ta'siri natijasida korroziya vujudga keladi. Suvsiz sharoitda bu ta'sir kuchli namoyon bo'ladi. Sof kimyoviy korroziya nisbatan kam uchraydi. Metallar asosan elektrokimyoviy korroziya tufayli yemiriladi. Elektrokimyoviy korroziya metallda kichik galvanik elementlar hosil bo'lishi natijasida vujudga keladi. Bunday galvanik elementlarni hosil bo'lishiga sabab: 1) Ko'p metallar tarkibida qo'shimcha holida boshqa metallar bo'lishi; 2) Metall hamma vaqt suv, havo nami va elektrolitlar qurshovida turishidir. Misol uchun po'lat korroziyasini ko'rib chiqamiz. Nam havoda po'latda ham galvanik elementlar yuzaga chiqadi, chunki po'latda hamma vaqt sementit Fe3C qo'shimchasi bo'ladi. Po'lat elektrolitlar eritmasi qurshovida bo'lganida, uning temiri - anod va sementit - katod rolini o'taydi. Bunday galvanik element ishlaganida elektronlar temirdan Fe3Cga tomon harakat qiladi va uning sirtidagi kislorod bilan suvni OH ionlariga aylantiradi. H+ ionlarni esa H2 ga qadar qaytaradi. Po'lat tarkibidagi temir OH ionlari bilan birikib, Fe(OH)2 ga aylanadi. Natijada po'lat korroziyalanadi. Temir qalayga tegib tursa, korroziya temir misga tegib turgandagiga qaraganda sustroq sodir bo'ladi. Temir ruhga tegib tursa, hech zanglamaydi, chunki temir ruhga qaraganda asl metalldir: elektrolitlar ishtirokida ruh bilan temir hosil qilgan galvanik elementda ruh anod, temir katod vazifasini bajaradi. Ruh sirtidan Zn+2 ionlar ajralib chiqadi. Ular eritmadagi OH- ionlar bilan birikib, Zn(OH)2 ga aylanadi. Metallarni korroziyadan saqlash Metallarni korroziyadan saqlashda bir qancha tadbirlar ko'riladi: 1) Metall sirtini boshqa metall bilan qoplash. Bu maqsadda ishlatiladigan metallning normal elektrod potensiali metallarning aktivlik qatorida korroziyadan saqlanishi kerak bo'lgan metallnikiga qaraganda manfiy qiymatga ega bo'lishi lozim. Temirni qalay bilan qoplaganimizda katod qoplashga ega bo'lamiz, chunki qoplovchi metall qoplanuvchi metallga qaraganda aslroq. 2) Metallni metall bo'lmagan moddalar bilan qoplash. Metallarning sirtini lak, bo'yoq, rezina, tez ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.35 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.35 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:57 ]
Arxiv ichida: doc