Metallarning passivlanish hodisasi

Metallarning passivlanish hodisasi

O'quvchilarga / Kimyo
Metallarning passivlanish hodisasi - rasmi

Material tavsifi

Metallarning passivlanish hodisasi Reja: Metallarning passivlanishi. Passivlanish toki va potentsiali. Korroziyalanish kritik toki. o'ta passivlanish. Elektroximiyaviy korroziya qonuniyatlariga asosan metallning elektrod potentsial qiymatini musbat qiymati ortib borish tomoniga surilsa, anod jarayoni (metallning emirilishi ) tezligi ortadi. Shunday holat buladiki, bu musbat potentsialning malum qiymatida emirilish jarayoni tezligi kamaya boshlaydi va bir necha martaga kam qiymatga tushib koladi. Bu o'zgarish metallning anod jarayonida erishi vaqtida yuzaga keladigan qiyinchiliklar sababli yuz beradi. Metall emirilishining yuqori termodinamik imkoniyati bula turib, anod jarayoni tezligining keskin kamayib ketishi metallarning passivlinishi deyiladi. Bu holat metallning korroziyaga bardoshliligi ortadi. Bunday holat munosabatda, oksidlovchi qaytarilishining yoki diffuziyasining yuqori o'ta kuchlanishi qiymati bilan xam yuzaga kelishi mumkin, lekin uning passivlinishga daxli yuk. Passivlanish quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi: -- Muvozanat potentsialiga yaqin potentsiallar qiymatida uning ortishi metallning erish tezligini oshiradi, aktiv holat (1); -- Korroziya tezligi juda yuqori qiymatga ega bo'lgan kritik potentsial qiymati ( kr) dan utgandan sung korroziya tezligi kamaya boshlaydi, korroziyalanishning qo'shimcha qiyinchiliklari boshlanidigan holat (2); -- Potentsial qiymatining keyingi ortishidan katiy nazar korroziya tezligi kichik qiymatni tashkil etib, potentsial o'zgarishi bilan uzgarmay koladigan holat (3) passiv holat. Metallning aktiv holatdan passiv holatga utishi boshlanadigan potentsial qiymati passivlanishning kritik potentsiali deb aytiladi, bunga mos keladigan tokning zichligi - kritik passivlanish tok zichligi (Ikr)deyiladi. Metallning tulik passiv holatiga utish potentsiali tulik passivlanish potentsiali ( tp ) deyiladi. Passiv holatda metallning korroziyalanish tezligi passiv holat tok zichligi -i nac bilan ulchanadi. Umuman, passivlanish va tulik passivlanish potentsialining qiymatlari kanchalik kichik (yoki manfiy qiymatli) bo'lib, passivlanish toki zichligi xam kichik bulsa, ayni metall passiv holatga shunchalik oson utadi. Shu bilan birgalikda kanchalik i nac kichik bulsa, metall ayni sharoitda shunchalik sekin korroziyalanadi. Jadvaldan kurinib turibdiki, passivlanishga asosan d-metallar moyil bo'lib, bu ularning o'ziga xos ximiyaviy va adsorbtsion xususiyatlaridan kelib chikadi. Molibden kuchli passivlanadigan metall bo'lib, undan keyin Ti va xrom turadi. Temirning passivlanishga moyilligi xromga nisbatan 300 marta kamdir. Ayrim metallarning passivlanishga moyilligini ifodalovchi kattaliklar Jadval - 4 Passivlangan metall potentsialini (tashqi manba yordamida yoki oksidlovchi ta'sirida) yanada kattarok qiymat tomonga surilsa, korroziyalanish tezligi yana orta boshlaydi. Bu holatga o'ta passivlanish (anikrogi qayta passivlanish) deb aytiladi. qayta passivlangan holat passivlangan holatga nisbatan korroziya mahsuloti tarkibida metall-ionning oksidlanish darajasi yuqoriligi bilan farq qiladi. aktiv holat aktiv-passiv holat passiv holat 22-rasm. Passivlangan metallning anod polyarizatsiya diagrammasi 23-rasm. Xromning 1N N2SO4 ta'sirida korroziyalanish polyarizatsion diagrammasi (25 S) (AVSDYe); AV - aktiv holat, VS - aktiv-passiv holat, SD - passiv holat, DYe - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.13 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.13 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga