Metallarning tabiatda tarqalishi, olinishi va ishlatilishi

Metallarning tabiatda tarqalishi, olinishi va ishlatilishi

O'quvchilarga / Kimyo
Metallarning tabiatda tarqalishi, olinishi va ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

Metallarning tabiatda tarqalishi, olinishi va ishlatilishi 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 15-mavzu Reja: 2 3 Metallarning tabiatda uchrashi 1 Olinishi Ishlatilishi Davriy sistemadagi 118 elementning 90 dan oritig'i metallardir Hozirgi kunda turmushni metallarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, o'nlab metallar va qotishmalar xalq xo'jaligining barcha sohalarini qamrab olgan. metall nemetall Og'ir yuklarni tashuvchi va yengil mashinalar, qishloq xo'jaligi mashinalari, teplovoz, paravoz, samolyotlardan tortib oddiy igna, mix, ruchka va hoka'zolar barchasi metallardan yasalgan . Temir, mis, rux, nikel, kobalt, alyuminiy, magniy, volfram, molibden, tantal, titan, niobiy kabi metallar va po'lat, cho'yan, babbit, duralyuminiy, nixrom singari qotishmalar katta amaliy ahamiyatga egadir. Temir mis rux nikel kobalt alyuminiy Olinishi. Metallurgiyaning asosiy vazifalari metallarni birikmalaridan qaytarish va metallarni boshqa moddalardan ajratishdan iborat. Sanoatda metallarni olish usullarining barchasi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan bo'lib, hozirgi kunda quyidagi usullardan foydalaniladi: Pirometallurgik usullar Gidrometallurgik usullar. Elektrometallurgik usullar Pirometallurgik usullarda metallarni olish yuqori haroratlarda metall birikmalarini bevosita termik ishlovdan o'tkazishga (passiv metallarni olish) yoki uglerod, uglerod (II)-oksid, alyuminiy, kremniy yoki vodorod yordamida metall oksidlarini qaytarishga asoslangan Gidrometallurgik usullarda metallar olish ularning birikmalarini eritmaga o'tkazib, yuqori haroratlarsiz, elektroliz yordamida yoki boshqa metallar ta'sir ettirib qaytarishga asoslangan: CuO + H2SO4 → CuSO4 + H2O CuSO4 + Fe → FeSO4 + Cu↓ Ishlatilishi. Metallar xalq xo'jaligining barcha sohalarida ishlatiladi. Inson hayotiy faoliyati uchun foydalanish darajasi bo'yicha metallar oldingi o'rinlarda turadi Ishlatilish sohasiga qarab, metallar shartli ravishda qora va rangli metallarga bo'lingan. Qora metallar - temir va uni qayta ishlashning asosiy mahsulotlari cho'yan va po'latlardir. Rangli metallar - temirdan boshqa etallar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlaridir. Metallarning zichligi 5 kgm3 dan katta bo'lsa, og'ir va undan kichik bo'lsa, yengil metallarga farqlanadi: Yengil metallar (litiy, natriy, kaliy, kalsiy, alyuminiy, magniy, titan va b.). Eng yengil metall litiy bo'lib, zichligi 0,5 gsm3. Og'ir metallar (kadmiy, nikel, simob, qalay, qo'rg'oshin, mis, kobalt va b.). Eng og'ir metall osmiy bo'lib, zichligi 22,6 gsm3. Indiy va kumush nurni yaxshi aks ettirganligi uchun projektor va reflektorlar tayyorlashda ishlatiladi. Qadimgi vaqtlarda asl metallar: oltin va kumush hamda misdan to'lov vositalari bo'lgan pul birliklari tayyorlanib, turmushda ishlatilgan. O'zbekistonda hozirgi kunda 40 ta qimmatbaho metall konlari qidirib topilgan. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati eng yirik korxonalardan biri bo'lib, Qalmoqqir konida qazib chiqarilgan ruda asosida ishlaydi va rangli metallar ishlab chiqaradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.94 MB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:57 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.94 MB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga