Metallmaslarning umumiy xossalari

Metallmaslarning umumiy xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Metallmaslarning umumiy xossalari - rasmi

Material tavsifi

Metallmaslarning umumiy xossalari 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 32-mavzu Reja: Metallmaslarning xossalari Metallmaslarning o'zaro ta'sirlashuvi Inert elementlarning atomlari Normal sharoitda ba'zi metallmaslar gazsimon (vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor), ba'zilari suyuq (brom), qolganlari qattiq (oltingugurt, uglerod, yod, fosfor va bosh.) holda uchraydi. Metallmaslar nozik tuzilmali bo'lib, ko'pchiligi organik erituvchilarda eriydi. Issiqlik va elektr tokini yomon o'tkazadi. Metallmaslar Tipik metallmaslar metallar bilan ion bog'li birikmalar hosil qiladi (NaCl, MgO, Na2S). Metallmaslarning o'zaro ta'sirlashuvidan kovalent bog'li birikmalar hosil bo'ladi. Masalan, suv H2O, ammiak NH3 molekulalarida atomlar orasidagi qutbli kovalent bog', metan CH4 da esa qutbli kovalent bog' bo'lib, molekulasi qutbsiz. Metallmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar, vodorod bilan uchuvchan vodorodli birikmalar hosil qiladi. Vodorod atomining tashqi qavatida 1 ta elektron bo'lganligi uchun (vodorodning faqat 1 ta elektroni bor) ishqoriy metallarga o'xshab davriy jadvalning birinchi guruhida joylashgan. Shuningdek, vodorod odatdagi sharoitda gaz bo'lganligi, molekulasi ikki atomli va bu atomlar kovalent qutbsiz bog'langanligi sababli galogenlarga o'xshaydi. Shuning uchun vodorod VII guruh elementlari qatoriga ham yozilishi mumkin. Vodorod atomi 1 ta elektron qabul qilib olib (oksidlovchi xossasi), tashqiqavatini, geliy atomiga o'xshash barqaror holatga o'tkaza oladi: Sakkizinchi guruh bosh guruhchasi elementlari geliy, neon, argon, kripton, ksenon va radon metallmaslarga mansub bo'lib, inert gazlar deb ataluvchi alohida elementlar guruhini tashkil etadilar. Inert elementlarning atomlari tashqi elektron pog'onalarida 8 tadan (geliyda 2 ta) elektron tutadi va bu to'lgan tashqi elektron qobiqlar juda barqaror. Shuning uchun inert gazlar atom holida uchraydi va kimyoviy jihatdan juda barqaror. Ular o'zaro birikmaydi va vodorod hamda metallar bilan o'zaro ta'sirlashmaydi. 1962- yilda XeF4 ksenon tetraftorid olinishi bilan ularning ba'zi kislorodli va ftorli birikmalarini sintez qilib olish imkoniyati vujudga keldi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3 MB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:57 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3 MB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga