Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash

Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash

O'quvchilarga / Kimyo
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash - rasmi

Material tavsifi

Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash Reja: 1. Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash uchun dastlabki ma'lumotlar. 2. Mexanik ishlov berish rejasi. 3. Metall kesish dastgohlari, moslamalar, kesuvchi va o'lchovchi asboblar tanlash. 4. Kesish ma'romlarini aniqlash. Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlari ishlab chiqarishni unumli tashkil qilgan holda metall kesish dastgohlari, kesuvchi asboblar, moslamalarning texnologik imkoniyatlari to'la foydalanilib, kam mehnat va vaqt sarflab mahsulotni minimal tannarxda tayyorlashga qaratilgan bo'lishi kerak. Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash uchun dastlabki ma'lumotlar. Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash uchun har bir detalning yillik ishlab-chiqarish dasturi asos bo'ladi. Xuddi shuningdek, detalningng ishchi chizmasi, uning tayyorlash bo'yicha texnik shartlari ham texnologik jarayon loyihalash uchun dastlabki ma'lumot bo'lib xizmat qiladi. Detalningng ishchi chizmasida quyidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak: a) xomashyo turi; b) xomashyo materiali va markasi; v) ishlov beriladigan yuzalar; g) tozaligi to'g'risida ma'lumot (shartli belgilar yordamida); d) ishlov berish aniqligi va qo'yimlar maydoni; e) termik ishlov berish turi. Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarni loyihalashda quyidagi asosiy masalalar hal etiladi: a) texnologik jarayonni bajarish uchun ishlab-chiqarish turi va ishni tashkil qilish shakli belgilanadi; b) partiyadagi detallar soni aniqlanadi va ishlab-chiqarish takti o'rnatiladi; v) xomashyo turi va uni olish usuli va o'lchamlari aniqlanadi. g) detal yuzalariga mexanik ishlov berish ketma-ketligi, rejasi tuziladi. d) metall kesish dastgohi, kesuvchi asbob va moslamalarning turi texnik ko'rsatkichlari aniqlanib, belgilangan ishni bajarish uchun ularni soni topiladi; e) ishlov beriladigan yuzalarni o'lchamlari hisoblanadi (qo'yim miqdori hisoblanadi); j) kesish ma'romlari hisoblanadi; z) amalni bajarish uchun sarflangan vaqt me'yorlari belgilanadi; i) ishchining malakasi aniqlanadi; k) loyihalangan texnologik jarayoni texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari aniqlanadi; l) texnolgik jarayoning hujjatlari rasmiylashtiriladi. Ko'rib chiqilgan masalalarning aksariyat qismini biz avvalgi mavzulardan o'rgandik. SHuning uchun ularni ayrimlari ustida to'xtab o'tamiz. Mexanik ishlov berish rejasi. Mashina detallari yuzalariga mexanik ishlov berish rejasi ularni tayyorlashning eng ma'qul variantini tuzishdan iborat. Reja mexanik ishlov berishni har-bir qismini o'zida mujassamlashtirishi zarur: amallar ketma-ketligi, ularning tarkibi va bajarish tartibi. Mexanik ishlov berish rejasini tuzishda quyidagilarga e'tibor berish zarur: 1) birinchi navbatda detalning shunday yuzalariga ishlov berish kerakki qaysiki ular boshqa amallarda o'rnatish bazasi bo'lib xizmat qiladi; 2) keyingi navbatda eng katta metall qatlami olib tashlanishini zarur bo'lgan qatlamli yuzalarga ishlov beriladi, chunki shu holda xomashyodagi mavjud ichki nuqsonlar aniqlanadi; 3) mexanik ishlov berishning murakkabligi yoki materialni xususiyatiga bog'liq ravishda nuqson kutilayotgan operatsilar bajariladi; 4) keyinchalik bajariladigan amallar talab etilayotgan aniqlik va yuza tozaligiga bog'liq ravishda olib boriladi. Shu nuqtai nazardan, yuza qancha aniq va toza bo'lsa shuncha kech ishlov beriladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.27 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.27 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga