Mineral homashyo resurslarini majmuasi foydalari Reja: Ekologik kimyo Mineral xomashyo resurslari Ularni tejash va to'g'ri foydalanish O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so'ng barcha sohalar qatori ta'lim sohasiga ham yuqori darajada davlat e'tibori qaratildi. Mutaxassisliklar ta'lim dasturlariga o'zgarishlar kiritildi, yani mintaqaviy shart-sharoitlar e'tiborga olinib, o'qitiladigan fan dasturlari qayta tuzildi. Jumladan, Oliy o'quv yurtlari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablarda Ekologiya alohida fan sifatida chuqur o'rganiladigan bo'ldi. Ayniqsa, Oliy o'quv yurtlarining Kimyo o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishida Ekologik kimyo ixtisoslik fanlari qatorida o'rganila boshlandi. Ekologik kimyo fani o'z oldiga talabalarga kimyo sanoati va uning atrof-muhitga, biosferaga ko'rsatayotgan ta'siri, uning oqibatlari, ekologik haloqatlarning kelib chiqishi, haloqatlarning mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotiga ta'sirini o'rgatish bilan birga ularda ekologik madaniyat, ekologik tarbiya va ekologik ong tushunchalarini chuqur singdirishni maqsad qilib qo'ygan. Chunki bugungi talaba ertangi pedagog, tarbiyachi, ya'ni o'quvchilarni, yosh avlodni to'g'ri yo'lga boshlovchi mutaxassis pedagog-kadr hisoblanadi. Inson tabiat bilan o'zaro aloqada bo'lib, uning hayotini tabiatdan alohida tasavvur qilish mumkin emas. Zaminda bitmaydigan, tugamaydigan ne'matning o'zi yo'q. Biz esa bundan ogoh bo'lishimiz zarur. Inson va jamiyat tabiatning ajralmas qismi. Inson tabiatning shunchaki bir qismi emas, balki uning ongli, aql idrokli va faol mavjudotidir. Inson hech qachon tabiatdan tashqarida, u bilan doimiy aloqa va munosabatda bo'lmasdan turib yashamagan va yashay olmaydi ham. Tabiiy resurslar, ya'ni yoqilg'i, ma'danlar, metallar, nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, is'temol qilinadigan go'sht, sut, don sarxil mevalar, daryo va ko'llardagi baliqlar, har xil shifobahsh giyohlar, turli-tuman xom ashyolar bo'lmasa, bir daqiqa ham yashay olmasligimizni juda yaxshi bilamiz, tushunamiz. Tabiiy boyliklar Ollohning odamzotga in'om etgan buyuk ne'matlaridir. Tabiatning barcha nozu-ne'matlari, tabiiy boyliklardan bahramand bo'lishning o'zi inson uchun yuksak baxtdir. Bu baxt bir necha ming yillik tarixga ega. Bu tarix Yer yuzida insoniyat paydo bo'la boshlagan kezlardanoq boshlangan. Insoniyatning tabiat bilan bo'lgan aloqasi vaqtincha emas, balki doimiy va zaruriydir. Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi aloqadorlik, jamiyatning tabiatga aksincha, tabiatning esa jamiyatga ta'siri kishilarning ongi va irodasiga bog'liq bo'lmagan obyektiv zaruriyat, qonuniyatdir. Jamiyatning tabiat bilan aloqadorligi, ta'siri va aks ta'siri kurrayi zamindagi ayrim bir xalqlar, elatlar, millatlar, davlatlar va jamiyatlarga taaluqli bo'libgina qolmay, balki barcha xalqlar va mamlakatlar uchun bir xildagi umumiy va zaruriydir. Tabiiy muhit inson hayoti va faoliyatining doimiy, abadiy va zaruriy shartidir Odamzot Koinotning gultoji sifatida ilk paydo bo'lgan davrdan, to hozirga qadar tabiatga ta'sir qilib, unga ta'sirni o'tkazib, bu ta'sirni bora-bora kuchaytirib, oqibatda tabiatni batamom o'zgartirib yubordi. Keyingi ming yilliklar davomida insonning tabiatga faol aralashishi natijasida Yer shari yuzasi iqlimi, o'simligi, hayvonot dunyosining tanib ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
532.43 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:57
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
532.43 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:57 ]
Arxiv ichida: pptx