Mineral o'g'itlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyolar materiallari

Mineral o'g'itlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyolar materiallari

O'quvchilarga / Kimyo
Mineral o'g'itlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyolar materiallari - rasmi

Material tavsifi

Mineral o'g'itlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyolar materiallari Azotli o'g'itlar ishlab chiqarishdagi xom ashyolar Fosforli o'g'itlar xom ashyolari Kaliyli o'g'itlar xom ashyolari haqida ma'lumotlar Azotli o'g'itlar Azotli o'g'itlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgunga qadar faqatgina Chili selitrasi - NaNO3 qishloq xo'jaligida o'simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatib kelingan. hozirgi paytda kimyo sanoati karxonalarida turli xildagi azotli o'g'itlar ishlab chiqarilmoqda. Azotli o'g'itlarning asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli (ammoniy tuzlari -fosfat, sulfat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli (NH4NO3), nitratli (nitrat kislotaning kaltsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) va amidli (karbamid - (NH2)2 KO, kaltsiy sianamid -KAKN2 va boshqalar) o'g'itlar hisoblanadi. Bundan tashqari, bu tuzlar asosida aralash va murakkab o'g'itlar, suyuq azotli o'g'itlar - ammiak, ammiakli suv, aminlar va boshqa tuzlarning suvli eritmalari ishlatiladi. Ammoniyli va nitratli tuzlarning ko'pchiligi hamda karbamid suvda yaxshi eriydi. Ulardagi azot o'simliklarga yaxshi singiydi (ayniqsa, NO3 - ning tuproqda harakatchangligi yuqori bo'ladi). Ammoniyli o'g'itlar uchun xom ashyo sifatida ammiak, nitratli o'g'itlar uchun esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular esa atmosferadagi behisob miqdordagi azotdan olinadi. Karbamid (mochevina) Olim A.I.Bozarov tamonidan 1968 yilda ammiakning karbonat angidrid bilan o'zaro ta'sirida sodir bo'ladigan qaytar jarayon kashf etilgan: Natijada ammoniy karbonat va uning parchalanishi natijasida karbamid, halq tili bilan aytilganda mochevina deb ataladigan modda hosil bo'ladi. hozirgi paytda bu jarayondan butun dunyo amaliyotidan foydalaniladi. Karbamidning xossalari Karbamid - karbonat kislotaning diamid tuzi bo'lib, mochevina deb ham ataladi. U rangsiz, xidsiz kristall modda bo'lib, 25 0S dagi zichligi 1330 kgm3 ga teng, 132,7 0S suyuqlanadi. Texnik mahsulot esa oq yoki sarg'ich rangli ignasimon rombik pirizmatik shakldagi kristallardan iboratdir. Suyuqlanish haroratigacha atmosfera bosimida qizdirilganda ammiak gazi ajralib chiqishi bilan parchalanadi. Bu jarayonda dastavval ammoniy sianat hosil bo'ladi, so'ngra sianat kislota va ammiakgacha parchalanadi: (NH2)2CO→ NH4CON→HOCN+NH3 Cuyuq azotli o'g'itlar Suyuq azotli o'g'itlar sifatida suyultirilgan ammiak, ammiakli suv va ammoniy nitrat, ammoniy karbonat va boshqa komponentlarning suyuq yoki ammiakli suvdagi eritmalari ko'rinishidagi suyuq amminlar ishlatiladi. Shuningdek, ammiaksiz azot bo'lgan suvli eritmali moddalar - ammoniy nitrat, karbamid va boshqalar xam ishlatiladi, suyuq o'g'itlar olishda ularning kristallanish (muzlash) haroratlarining past bo'lishini, amminlar uchun esa - undagi azotning kantsentratsiyasi yuqori bo'lganda eritma ustidagi ammiak bug'larining bosimi kam bo'lishini ta'minlanishi zarurdir. Suyuq azotli o'g'itlar o'simliklarga xuddi qattiq o'g'itlardagi kabi o'zlashsada ularni ishlab chiqarish soddaligi va arzonligi qattiq o'g'itlardan ustun turadi. Fosfor oksidlari Fosfor kislorod bilan aktiv bog'lanadi va bir qator oksidlar hosil qiladi. Bu oksidlardan 3 tasi: fosfor (II)- oksid yoki fosfit angidrid (P4O6), fosfor (IV) -oksid yoki difosfor tetroksid (P2O4) va fosfor (V) -oksid ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 26.93 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:57 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 26.93 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga