Mineral o'g'itlar. Azotli va fosforli mineral o'g'itlar ishlab chiqarish

Mineral o'g'itlar. Azotli va fosforli mineral o'g'itlar ishlab chiqarish

O'quvchilarga / Kimyo
Mineral o'g'itlar. Azotli va fosforli mineral o'g'itlar ishlab chiqarish - rasmi

Material tavsifi

Mineral o'g'itlar. Azotli va fosforli mineral o'g'itlar ishlab chiqarish Reja: Mineral o'g'itlarga umumiy tavsif. Mineral o'g'itlarning tarkibiy qismlari. Qishloq xo'jaligida mineral o'g'itlardan samarali foydalanish. Darsning maqsadi: a) ta'limiy - o'quvchilarga mineral o'g'itlar va ularni ishlab chiqarilishi haqida tushuncha berish. b) tarbiyaviy - o'z xalqining tarixan shakllangan an'analariga sodiq bo'lish, insonlar qadriga etish, vatanparvar bo'lib etishtirish. v) rivojlantiruvchi - o'quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish, mavzuni falsafiy bilimlar bilan tushuntirib, dunyoqarashini rivojlantirish. DTS talabi: Mineral o'g'itlarning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati. Mineral o'g'itlar haqida tushuncha. Eng muhim mineral o'g'itlar. Azotli va fosforli o'g'itlarni O'zbekistonda ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanish. Mineral o'g'itlar va ularning qishloq xo'jaligida ishlatilishi. Dars usuli: Zamonaviy pedagogik texnologiya usuli. Darsning jihozi: Kompyuter, proyektor, ekran. Darsning borishi: tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlikni tekshirish. O'tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1. V-guruhchasi elementlari xossalaridagi o'xshashlik va farqni ayting. 2. Fosforni tirik organizmalar hayot faoliyatidagi ahamiyatini ayting. 3. Ortofosfat kislota tuzlariga misollar keltiring. v) Yangi mavzu bayoni. Kimyo sanoatining muhim va eng asosiy vazifasi xalqning turmush farovonligini oshirish-ga qaratilgan. Bu esa bevosita qishloq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan mineral o'g'itlar ishlab chiqarishdan iboratdir. Tarkibida o'simliklar uchun zarur bo'lgan ozuqa elementlari saqlaydigan moddalar o'g'itlar deb ataladi. Ular tarkibiga ko'ra bir necha xil bo'ladi: mineral, organik va bakterial o'g'itlar. Mineral o'g'itlar kimyoviy tabiati jihatidan suvda yaxshi eriydigan tuzlar hisoblanadi. Tarkibida azot, fosfor va kaliy saqlovchi o'g'itlar makroo'g'itlar deb ataladi. Ularning har bir gektar yerga solinadigan miqdori tsentnerlarda hisoblanadi. Mineral o'g'itlar tarkibida faqat bitta ozuqa elementi saqlasa, oddiy o'g'itlar, ikki va undan ortiq ozuqa elementi saqlasa murakkab o'g'itlar deb ataladi. Eng ko'p qo'llanila-digan oddiy o'g'itlar selitralardan: ammoniy nitrat, natriy nitrat, qo'sh superfosfat, kaliy xlorid va boshqalar hisoblanadi. Murakkab o'g'itlarga kaliy nitrat (K, N), ammofoslar (N, P), nitrofoska (N, P, K) va boshqalar kiradi. Mikroo'g'itlar tarkibidagi ozuqa elementi miqdoriga qarab baholanadi. Yaqin vaqtgacha tarkibida 50 foiz atrofida R2O5 bo'lgan ko'sh superfosfat eng ahamiyatli fosforli o'g'it hisoblanar edi. Lekin hozirgi paytda 78-83 foiz R2O5 bo'lgan aralash polifosfat kislota tuzlari olinib, fosforli o'g'itlar sifatida ishlatil-moqda. Bazan mineral o'g'itlar qattiq (donador va kukun holidagi) va suyuq o'g'itlarga ajratiladi. Suyuq o'g'itlar ham aslida o'sha qattiq o'g'itlarning yoki ammiakning suvdagi eritmasidir. Suyuq o'g'itlar ko'pincha murakkab tarkibli bo'ladi. Masalan: N, P, K (nisbati 1:2:1) tarkibli murakkab suyuq o'g'it ammiak, ortofosfat kislota, mochevina va kaliy xloriddan tayyor-lanadi. Suyuq o'g'itlarning afzal tomoni shundaki, birinchidan ularni o'simliklar juda tez o'zlashtiradi. Ikkinchidan,ularda o'simliklar-ning bargidan oziqlantirishda foydalanish mumkin. O'g'itlar o'simliklarning biologik xususiyat-lariga - vegetatsiya fazasiga va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 399.11 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:57 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 399.11 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga