MAVZU: Mineral o'g'itlarni qo'llashning fiziologik asoslari REJA: I.KIRISH I.1. Mineral elementlar o'rganilish tarixi II.Asosiy qism: II.1. Mineral elementlarning fiziologik ahamiyat II.2. Organik azot II.Xulosa O'g'itlarni qo'llashning fiziologik asoslari O'simliklar tuproqdan juda ko'p mineral moddalarni ya'ni davriy sistemada uchraydigan deyarli barcha elementlarni u yoki bu ko'rinishda suv bilan birga qabul qilib, o'z tanasini qurishga va organik moddalar to'plashga sarf qiladi. Bundan kelib chiqadiki, tuproqning tarkibi va xususiyatlari o'simliklarning o'sishi va rivojlanishida alohida ahamiyatga ega. Tuproq tarkibidagi kul va chirindi moddalarning o'simliklar hosildorligiga ijobiy ta'sir qilishi avvaldan malum. Ammo bu fikrga birdaniga kelinmagan. Masalan, gollandiyalik olim Ya.B. Van-Gelmont (1629) 91 kg quruq tuproq sig'adigan chelakga massasi 2,25 kg bo'lgan tol qalamchalarini ekgan va uni doimiy ravishda yomg'ir suvi bilan sug'orib turgan. Besh yil o'tganidan so'ng tuproq va tolning og'irliklari alohida-alohida o'lchab ko'rilganida tolning og'irligi 77 kg.ni (75 kg qo'shilgan) tashkil qilgani holda tuproq og'irligi 0,56 kg.ga kamaygan xolos. Demak, har yili to'kiladigan barglarni hisobga olmagan holda ham o'simlik massasi 33 baravar ortgan. Shunga asoslanib Ya.B. Van Gelmont o'simliklar gavdasi suvdan tuziladi degan noto'g'ri xulosa qilgan va buning asosida o'simliklar oziqlanishining Suv nazariyasi paydo bo'ldi. Agrokimyoning asoschilaridan biri nemis kimyogar olimi Yu. Libix gumus nazariyasini inkor qildi va tuproq unumdorligi mineral elementga bog'liq deya tuproqga o'g'it sifatida toza mineral tuz solishni taklif kilgan. Yu. Libix o'zining «Kimyo dehqonchilik va fiziologiya xizmatida» (1840) asarida o'simliklarni mineral oziqlanish nazariyasini yaratdi. Shuningdek u o'simlik azotni havodan ammiak holida oladi degan xato fikrga kelgan, ammo keyinchalik (1856) o'z xatosini anglaydi va o'simliklar azotni ildiz orqali nitrat ko'rinishida qabul qiladi degan fikrga kelgan hamda o'zining minimum qonuni va qaytarilish qonuniyatini taklif etdi. Libixning «minimum qonuni» ning mohiyati shundaki, mineral o'g'itlarning har qanday miqdori ham o'simliklar hosilining oshishiga olib kelmaydi, chunki o'simliklarning mutlaq hosildorligi tuproqdayetishmayotgan moddaga bog'liqdir. Mineral elementlarning o'simliklardagi miqdori. O'simliklar atrof muhitdan u yoki bu miqdorda deyarli barcha davriy sistemada uchraydigan elementlarni o'zlashtiradi. Ammo, boshqa kimyoviy elementlar bilan almashtirib bo'lmaydigan, o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi uchun o'ta zarur bo'lgan 19 ta element alohida ahamiyatga ega. Ular C, H, O, N, P, S, K, Ca, Mg, Fe, Mn, Cu, Zn, Mo, B, CI, Na, Si, Co kabi elementlardir. Bulardan faqatgina 16 tasi mineral elementlardir. Chunki, C, H va O o'simliklarga asosan CO2, O2 va H2O holida o'zlashtiriladi. Ushbu elementlarning keyingi uchtasining o'simliklar rivojlanishi uchun zarurligi hozircha o'z tasdig'ini to'la topgani yo'q. Masalan natriy elementining ayrim o'simliklar masalan, lavlagi va sho'rlanishga moslashgan o'simliklar tomonidan o'zlashtirilishi kuzatilgan xolos. Kremniy esa sholi ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
100.92 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:57
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
100.92 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:57 ]
Arxiv ichida: ppt