Minerallarning suv va unda erigan moddalar bilan ta'sirlashishi

Minerallarning suv va unda erigan moddalar bilan ta'sirlashishi

O'quvchilarga / Kimyo
Minerallarning suv va unda erigan moddalar bilan ta'sirlashishi - rasmi

Material tavsifi

Minerallarning suv va unda erigan moddalar bilan ta'sirlashishi Reja: Suvning flotatsiya jarayonidagi ahamiyati Suv va uning xossalari Minerallarni suv bilan ta'sirlanishi Gaz va minerallarni suvda eritish Suvni mineral yuzaga ta'sirlanishida juft elektr qatlamini hosil bo'lishi Minerallar yuzalarining har xilligi Mineral durlik panjarasida izomorf o'rin almashinishning flotatsiyaga ta'siri Turli minerallarni birga uchrashi, ularni kislorod va suv bilan reaksiyaga kirishish natijasiga ta'siri Gaz va minerallarni suvda eritish Suvning flotatsiya jarayonidagi ahamiyati Suv va uning xossalari Suv tabiatda keng tarqalgan bo'lib, qattiq, suyuq va gaz holatda bo'ladi. Sayoramizning 71 foiz maydoni suv bilan qoplangan. Yerdagi umumiy suvning miqdori 1454300 km3 bo'lib, 94 foizi okean va dengiz suvlariga, 2 foizi chuchuk suvga to'g'ri keladi. Umumiy suvning 0,025 foizidangina inson ichishi, ekinlarni sug'orishi va sanoatda foydalanishi mumkin. Suv oddiy, ammo noyob suyuqlikdirdir. Uning sirini o'rganish eramizdan oldin yashab o'tgan Platon va uning shogirdi Aristoteldan boshlangan bo'lsa, 200 yildan ko'proq vaqt o'tibdiki, suvning ochilmagan sirlari juda ko'p. Suv vodorod bilan kislorodning birikmasi bo'lib, N2O shaklda belgilanadi. Uning o'rtacha molekulyar massasi 18 ga teng. U vodorodning 1N va kislorodning 16O izotoplaridan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda vodorodning uchta izotopi: 1N, 2N(D), 3N(T) va kislorodning uchta tabiiy 16O, 17O, 18O, beshta sun'iy 13O, 14O, 15O, 19O, 20O izotoplari malum. Agar kislorodning har bir izotopi oddiy suvga o'xshab, 1:2 nisbatda vodorod izotoplari bilan har xil kombinatsiyalarda birikmalar hosil qilsa, 48 xil suv bo'lishi mumkin. Ulardan 39 tasi sun'iy, 9 tasi tabiiy suvdir. Albatta, bu suvlarning xususiyatlari turlicha bo'lishi mumkin. Bu hali fanga nomalum. Oddiy muzning erish harorati 00S deb qabul qilingan. Qaynash harorati 100S teng. Suv 0,00750S haroratda, bosim 4,6 mm simob ustinini tashkil qilganda qattiq, suyuq va gaz holatida muvozanatda bo'ladi (uchli nuqtasi). 3740S haroratda suyuq holatdan to'lig'icha gaz holatiga o'tib, 57 sm3mol hajmga ega bo'ladi (kritik doimiylik). Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 1 kalgrad·mol, erish issiqligi 80 kalg, bug'lanish issiqligi 538,9 kalg, ebulioskopik doimiyligi 0,52, krioskopik doimiyligi 1,86, solishtirma elektr o'tkazuvchanligi 4·10-8 smsm, elektr dipol momenti 1,84 d, dielektrik o'tkazuvchanligi 00S da 87,8, 250S da 78,8 ga teng. Suv bug'ining bosimi harorat o'zgarishiga qarab o'zgaradi (2-jadval). 2-jadval. Suv bug'ining bosimi Suvning zichligi boshqa moddalarga o'xshab haroratning ortishi bilan kamayib bormasdan, 40S da eng yuqori qiymatga ega bo'ladi, keyin pasaya boshlaydi: Suvning bu xususiyati kurramizning iqlimi, daryo va dengiz hayvonlarning hayotida muhim rol o'ynaydi. Muzning 00Sdagi zichligi 0,91 gsm3: Suv molekulasining tuzilishi ham o'ziga xos. Spektroskopik kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, suvning gaz holatdagi molekulasi bir chiziqda yotmasdan, balki tetraedrik turdagi uchburchakli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 265.38 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 265.38 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga