Miqdoriy analiz metodining klassifikatsiyasi va mohiyati Dars rejasi: 1.Miqdoriy analiz. Gravimetriya. Titrimetriya. Volyumometriya. Ularga qiyosiy tavsif. 2.Bevosita va bilvosita gravimetrik usullar. 3.Cho'ktirish, haydash va ajratish usullari. 4.Cho'ktiriladigan va tortiladigan shakl. 5.Gravimetriyada xatolarning manbalari. 6.Kristall cho'kmalar. Filtr, yuvadigan suyuqlik, cho'ktiruvchi tanlash 7.Qayta hisoblash faktori. Termogravimetriya. 8.Gravimetriyaning qo'llanilishi va natijalarini hisoblash. . Darsning maqsadi: Miqdoriy analizning mohiyati va usullari haqida tasavvur hosil qilish va ularning fan va amaliyotdagi o'rniga baho berish Darsning qisqacha mazmuni: Miqdoriy analiz, bevosita va bilvosita gravimetrik usullar, cho'ktirish, haydash va ajratish usullari, cho'ktiriladigan va tortiladigan shakl. Gravimetriyaning qo'llanilishi va natijalarini hisoblash. Miqdoriy analiz- tekshiriladigan moddaning tarkibiga kiruvchi moddalar, elementlar, ionlar yoki namuna tarkibidagi ayrim qismlarning miqdorini topishga imkon beradi. Ayrim hollarda berilgan tekshiriluvchi modda tarkibiga kiruvchi har bir element, ion yoki birikmaning miqdorini topish talab etiladi. Masalan, bronza yoki latun singari mis qotishmalari tarkibidagi mis, qalay, qo'rg'oshin, rux va boshqalarni aniqlash. Ayrim hollarda u yoki bu element (ion) ning umumiy miqdorini emas, balki uning har bir ko'rinishining miqdorini aniqlash talab etiladi. Masalan, ruda analiz qilinganda undagi oltingugurtning umumiy miqdoridan tashqari, undagi erkin (S), sulfid (S2-), pirit ([S2]-2) va sulfat (SO42-) holidagi oltingugurt aniqlanadi. Bugungi kunda miqdoriy analiz turli kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy va biologik usullar yordamida bajariladi. Fizikaviy usullar turli xil fizikaviy xossalarni (issiqlik va elektr o'tkazuvchanlik, turli spektrlar va boshqalarni) tekshirishga asoslangan. Fizik-kimyoviy analiz usullari o'lchanadigan fizikaviy xossalar bo'yicha elektrokimyoviy, spektroskopik (optik), xromatografik va boshqa usullarga bo'linadi. Elektrokimyoviy usullarda elektrik kattaliklar (elektr o'tkazuvchanlik, potentsial, diffuzion tok, elektr miqdori va boshqalar) o'lchanadi. Optik usullarda- elektromagnit nurlarining yutilishi, chiqarilishi kabi xossalar tekshiriladi. Biologik usullar tam, hid va boshqa sezgi organlarining xususiyatlariga asoslangan. Kimyoviy usullar gravimetrik va titrimetrik usullarga bo'linadi. Agar gazlar analiz qilinsa volyumometrik analiz to'g'risida gap boradi. 1. Gravimetrik analiz negizida massani aniq o'lchash yotsa, titrimetrik analiz negizida hajmni o'lchash yotadi. 2. Gravimetrik analizda- aniqlanadigan modda yoki tarkibida aniqlanadigan modda (tarkibiy qism) bo'lgan cho'kma (namuna) massasi o'lchanadi. Titrimetrik analizda- esa analiz qilinuvchi modda va u bilan reaksiyaga kirishuvchi reaktiv eritmasining hajmi o'lchanadi. 3. Gravimetrik analizda reaktivlarning taxminiy kontsentratsiyali eritmalari ishlatilsa, titrimetrik analizda ularning aniq kontsentratsiyali eritmalari ishlatiladi. Gravimetriya va titrimetriya usullarining bir-biriga o'xshashlik va farqlilik tomonlari 4. Gravimetrik analizda reaktivlar eritmalari asosan tekshiriladigan eritmaga ortiqcha miqdorda qo'shilsa, titrimetrik analizda qatiy ekvivalent miqdorlarda qo'shiladi. 5. Gravimetrik analizda ekvivalentlik paytining qachon yuzaga kelishi ahamiyatga ega emas, titrimetrik analizda esa ekvivalentlik nuqtasining qayd etilishi juda muhimdir. 6. Gravimetrik analizda moddani cho'ktirish, dekantatsiyalash, filtrlash, cho'kmani yuvish, quritish, kuydirish, tortish amallari uchun ko'p vaqt ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:50:55
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
114.52 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:50 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
114.52 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:58 ]
Arxiv ichida: pptx