Miqdoriy analiz usullari

Miqdoriy analiz usullari

O'quvchilarga / Kimyo
Miqdoriy analiz usullari - rasmi

Material tavsifi

Miqdoriy analiz usullari RYeJA: Miqdoriy analizning mohiyati va uning vazifalari. Miqdoriy analiz usullarining sinflanishi. Miqdoriy analizning kimyoviy usullari. Miqdoriy analizdagi xatoliklar. O'RGANILADIGAN ASOSIY TUShUNChALAR Miqdoriy analiz, gravimetrik analiz, cho'kma, cho'ktirish shakli, tortish shakli, filtrlash, titrlash, eritma titri, standart eritma, fiksanal, alikvot qism, ekvivalent nuqta, indikatorlar, titrlash egri chizig'i, absolyut xato, nisbiy xato. MIQDORIY ANALIZ - tekshirilayotgan modda tarkibini tashkil etgan element yoki ionlar qanday miqdoriy nisbatlarda ekanligini aniqlashga imkon beradigan usullarni o'rganadi. Miqdoriy analiz usullarini vazifalari birikmalardagi kimyoviy elementlar yoki ionlar guruhlarini tarkibini miqdoriy jihatdan aniqlashdir. TYeKShIRILAYoTGAN MODDA MIQDORIGA KO'RA MIQDORIY ANALIZ USULLARI MIQDORIY ANALIZNING KIMYoVIY USULLARI Gravimetrik (tortma) analiz -modda massasini tarozida aniq tortish yo'li bilan bajariladigan analiz. Titrimetrik (hajmiy) usul -aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga kirishuvchi, kontsentratsiyasi aniq bo'lgan eritmaning hajmini o'lchashga asoslangan. Gazlar analizi (gazovolyumetrik) - bu usul aniqlanayotgan moddani gaz holatiga o'tkazish va ajralib chiqqan gazning hajmini o'lchashga asoslangan. Masalan, SaSO3 dagi uglerod miqdorini yoki ohaktosh tarkibidagi SaSO3 miqdorini aniqlash uchun, namunani NSl da eritib, ajralib chiqqan SO2 ishqorga yuttiriladi va og'irlikning ortishi bilan aniqlanadi. GRAVIMYeTRIK ANALIZ USULLARI 1.ChO'KTIRISh USULI - aniqlanayotgan modda qiyin eriydigan birikma holda cho'ktiriladi, yuviladi, filtrlanadi, quritiladi yoki qizdiriladi va tarozida tortib miqdori topiladi. 2. HAYDASh USULI - aniqlanayotgan modda uchuvchan holga keltiriladi va haydab bug'latib yuboriladi. Massani kamayishidan yoki biror moddaga shimdirilib, adsorbent massasini ortishidan uning miqdori topiladi. 3.ELYeKTROGRAVIMYeTRIK USUL - modda eritilib elektroliz qilinadi va aniqlanayotgan modda yoki ion elektrodga cho'ktirib natija olinadi. Bu usullar ichida ko'p qo'llaniladigani cho'ktirish usuli hisoblanadi: Modda qaysi holda cho'ktirilsa - cho'ktirish shakli, qaysi holda tarozida tortilsa tortish shakli deyiladi. Sa2+ + SO32- SaSO3 cho'ktirish shakli SaSO3 SaO + SO2 tortish shakli Va2+ + SO42- VaSO4 cho'ktirish va tortish shakli ChO'KTIRISh VA TORTISh ShAKLLARIGA QO'YILADIGAN TALABLAR: Cho'ktirish shakli cho'kma qiyin eriydigan bo'lishi kerak, uning eruvchanlik ko'paytmasi 10-8 dan ortiq bo'lmasligi lozim, cho'ktiruvchi mumkin qadar uchuvchan modda bo'lgani maqsadga muvofiq; cho'kma yirik kristallardan iborat bo'lib, begona ionlardan oson yuvilishi va filtrlanishi kerak; tortiladigan shaklga to'la o'tishi kerak. Tortiladigan shakli tortish shakli moddaning kimyoviy formulasiga aniq javob berishi kerak; iloji boricha turg'un bo'lishi, havodan har xil gazlarni va namlikni yutmasligi kerak; TUPROQNING NAMLIK DARAJASINI ANIQLASh Tortim olish: maydonning turli joylaridan 15-20 sm chuqurlikdagi tuproq namunasidan 1 g olinib, toza, quruq, massasi aniq byuksga solinadi, so'ngra byuks bilan birgalikdagi massasi aniqlanadi. Quritish: tuproq namunasi solingan byuks quritish pechiga qo'yiladi va 100 -105 oS gacha qizdiriladi. Tuproqli byuks 3-4 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 793.58 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:58 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 793.58 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga