Miqdoriy tahlil va uning uslublari

Miqdoriy tahlil va uning uslublari

O'quvchilarga / Kimyo
Miqdoriy tahlil va uning uslublari - rasmi

Material tavsifi

Miqdoriy tahlil va uning uslublari Reja: 1. Tortma (gravimetrik) tahlil 2. Titrimetrik tahlil 1. Tortma (gravimetrik) tahlil Miqdoriy tahlilning vazifasi, kimyoviy birikma yoki aralashma tarkibiga kiradigan elementlar yoki ionlar miqdorini foizlarda aniqlashdan iboratdir. Miqdoriy tahlilni bajarishda kimyoviy uslublar, fizik - kimyoviy va fizikaviy uslublar keng qo'llaniladi. Kimyoviy tahlil uslublari asosan 3 ga bo'linadi. Gravimetrik (tortma) tahlil. Titrimetrik tahlil. 3. Gaz tahlili. Miqdoriy tahlilning aniqlanadigan modda miqdorini tekshiriladigan namuna massasini o'lchash bilan olib boriladigan aniqlash usuliga gravimetrik tahlil usuli deb ataladi. Gravimetrik tahlil ajratish, cho'ktirish va haydash usullariga bo'linadi. Ajratish usulida aniqlanayotgan modda aralashmadan ajratib tozalanadi va massasi analitik tarozida tortiladi. Masalan, temir bilan oltingugurt aralashmasidan temirning magnitga tortilish xususiyatidan foydalaniladi. Cho'ktirish usulida aniqlanadigan modda kimyoviy reaksiya yordamida tarkibi aniq bo'lgan qiyin eriydigan birikma holida cho'ktiriladi va filtrlanib doimiy massaga kelguncha quritiladi va analitik tarozida tortiladi. Haydash usulida aniqlanadigan modda uchuvchan birikma holida haydaladi. Bunda aniqlanadigan modda qizdirish yoki boshqa modda (reaktiv) ta'sirida uchuvchan birikma hosil qiladigan holatga o'tkazish bilan ajratiladi. Gravimetrik tahlilning bajarilish tartibi. Ko'pchilik hollarda yuqorida aytib o'tilgan usullardan biri-cho'ktirish usulidan foydalaniladi. Moddalarning miqdorini tortma tahlilning cho'ktirish usuli bilan aniqlash quyidagi bosqichlardan iborat: tahlil uchun namuna olish; olingan namunani eritish; cho'ktirish shaklini tanlash; cho'ktiruvchi modda (reagent)ni tanlash; cho'ktirish sharoitini tanlash; cho'kmani ajratish (filtrlash), yuvish; cho'kmani quritish va tortiladigan shaklga o'tkazish; tahlil natijalarini hisoblash. Tahlil uchun namuna olish. Tahlil uchun olingan modda miqdori namuna deyiladi. Olinadigan namuna miqdorini aniqlash usuli (makro-, yarimmikro-, mikrotahlil) cho'kmaning xususiyati va tuzilishiga (kristall, amorf) bog'liq. Tajribalar natijasi shuni ko'rsatadiki, hosil bo'ladigan cho'kma kristall tuzilishli bo'lsa, massasi 0,5 g, amorf tuzilishli modda bo'lsa, 0,10,3 g atrofida bo'lishi kerak. Namunaning massasi cho'ktirish reaksiyasining tenglamasi asosida quyidagi formula bilan hisoblanadi: bu yerda: MA - aniqlanadigan moddaning molekulyar massasi; MB - tortiladigan shaklning molekulyar massasi; a, b - reaksiya tenglamasidagi stexiometrik koeffitsiyentlar. Namunaning massasi analitik tarozida 0,001 g, to'rt xona (10-4) aniqlikda tortiladi. Olingan namunani eritish. Namunani eritish uchun zarur bo'lgan tegishli erituvchi oldindan tanlanadi. Modda avval suvda eritiladi, erimasa kislota yoki ishqorda, ba'zan kislota (ishqor) bilan oksidlovchi aralashmasini qizdirib eritiladi. Modda eritmaga o'tkazilgandan keyin aniqlash davom ettiriladi. Cho'ktiriladigan shaklini tanlash. Cho'kmaning tortiladigan shakli uning kimyoviy formulasiga mos bo'lishi kerak. Chunki qizdirish vaqtida ko'pchilik cho'kmalar kimyoviy o'zgarishlarga uchraydi. Shuning uchun tortma tahlilda cho'ktiriladigan va tortiladigan shakl tushunchalari ishlatiladi. Tegishli cho'ktiruvchi (reaktiv) ta'sirida eritmadan cho'ktirilgan birikma cho'ktiriladigan shakl deyiladi. Tahlilning oxirgi natijasini olish uchun tarozida tortiladigan birikma esa tortiladigan shakl deyiladi. Cho'ktiriladigan shaklga qo'yiladigan talablar quyidagilar: -aniq kimyoviy formulaga mos ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 138.34 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 138.34 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga